G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

(psevdopodiylar)
deb ataladi.
Sarkodalilar kenja tipiga 11000 dan ortiq tur kiradi. Ko‘pchilik 
turlari chuchuk suvlarda, dengiz va okeanlarda ham da tuproqda erkin 
yashaydi. Ayrim turlari parazit . hisoblanadi. Sarkodalilar kenja tipi 
ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar
va 
akantariyalar
kabi sinflarini o ‘z 
ichiga oladi. Bu sinflardan ildizoyoqlilar sinfi orasida parazitlari 
uchraydi.
Ild izo y o q lilar (R hizopoda) sinfi vakillarining soxta oyoqlari 
xilma-xil va harakatchan boMadi. Sitoplazmasi doimiy, ixtisoslashgan 
zonalarga boMinmagan. Bu sin f amyobalar, chig‘anoqli ildizoyoqlilar va 
foraminiferalar turkum lariga boMinadi.
Parazit turlari asosan, amyobalar 
(Amoebina)
turkumi orasida 
uchraydi.
Odam va hayvonlarda am yobalar turkum ining bir necha turlari 
parazitlik qiladi. U lar orasida ichburug* (dizenteriya) amyobasi (
Ento-
moeba histolytica)
odam larning yo‘g ‘on ichagida parazitlik qilib, 
amyobiaz, y a ’ni qonli ichburug1 bilan og‘rishga sabab boMadi. Um u- 
man, odam organizm ida amyobalarining 5 ta turi uchraydi. U lam ing 4 
tasi zararsiz hisoblanib. asosan, yo‘g ‘on va k o ‘r ichaklardagi 
bakteriyalar hisobiga yashaydi. 
Ichak amyobasi
-
Entamoeba coli
xuddi 
shunday 
am yobalardan 
hisoblanadi. 
Uning 
tuzilishi 
ichburag1 
amyobasiga o'xshash, lekin sistasi 8 yadroli boMadi.
56


Dizenteriya amyobasini birinchi marta 1875-yilda rus shifokori 
A.F. Lesh aniqlagan va bu amyobaning patogenli (zararli) bo‘lishini 
isbot lagan. Ichburug* amyobasi ning kattaligi 20-30 mikronga teng (1- 
rasm).
I-rasm . Ic h b u ru g 4 am yobasi h ayot siklining sxem asi:
1-hazim yo‘liga tushgan sista; 2-amyobaning sistadan chiqishi;
3-4-ichak bo‘shlig‘idagi mayda vegetativ shakli; 5,6-yirik vegetativ 
shakli; 6-ichakdagi sistalar; 7-ichakdan chiqqan qon va shilimshiq 
aralash chiqindilarda uchraydigan shakli.
Ichburug4 amyobasining ektoplazmasi ancha qalin boMib, endo- 
plazmadan aniq ajralib turadi. Parazit ko‘p sonli kalta va yo‘g ‘on 
psevdopodiylari yordamida ju d a faol harakat qiladi. Bu psevdopodiylar 
asosan ektoplazma hisobidan hosil bo‘ladi. Ichburug* amyobasi ju d a 
keng tarqalgan. Y er sharining turli hududlarida amyoba bilan 10 foizdan 
30 foizgacha odamlar zararlanishi mumkin. Lekin amyobiaz bilan 
kasallanish belgilari asosan issiq tropik va subtropik hududlarda 
yashovchi xalqlar o ‘rtasida uchraydi.
0 ‘rta va Shimoliy kengliklarda yashovchi aholi ichagida ham 
am yoba uchrab tursada, kasallanish hollari deyarli kuzatilmaydi. Amyo-
57


ba bilan zararlangan, lekin ichburug* bilan kasallanmaydigan odam lar 
am yoba tashuvchilar hisoblanadi.
Ba’zi hollarda, masalan, issiq iqlimda organizm immuniteti kuch- 
sizlanib qolganida am yobalar ichak devoriga kirib, epiteliy hujayralarini 
yemiradi va ogMr qonli ichburug4 kasalligini keltirib chiqaradi.
Am yobalar asosan jarohatdan chiqadigan qondagi eritrotsitlar bilan 
oziqlanadi. K asallik vaqtida davolanm asa surunkali form aga o‘tadi. 
Kasai kishi ju d a ozib ketishi, b a ’zan halok boclishi ham mumkin. 
Ichburug* am yobasi sista orqali tarqaladi. Ovqat qoldigM bilan y o ‘g ‘on 
ichakdan to ‘g‘ri ichakka tushgan am yobalar psevdopodiylarini tortib 
olib, yumaloqlanadi. Ektoplazm a esa yupqa va pishiq qobiq ishlab 
chiqargach, parazit 
sista
davriga o ‘tadi. Shu davrda sista ichidagi 
amyobaning yadrosi ketm a-ket ikki m arta boMinadi va sista ichidagi 
am yoba to ‘rt yadroli boMib qoladi. A xlat bilan tashqariga chiqadigan 
sistalar noqulay sharoit ta ’siriga ju d a chidamli; nam tuproqlarda 2 -3 oy 
davom ida ham yashovchanligini y o ‘qotmasligi mumkin.
Lekin sistalar quruq va issiq m uhit ta ’siriga uzoq chidash berol- 
maydi. Sistalam i pashshalar ham tarqatishi mumkin. Amyoba sistasi suv 
yoki ovqat bilan odam ichagiga tushganida uning qobigM yemiriladi. 
Sitoplazmasi esa yadrolar soniga muvofiq ikki marta boMingach, to ‘rtta 
amyoba hosil boladi. Yosh am yobalar faol oziqlanishga octadi. Ich- 
burug* am yobasining rivojlanish jarayonida sista va vegetativ shakllari 
boMadi. Vegetativ holatining uch xil shakli aniqlangan: a) kichik 
vegetativ shakli; b) to ‘qim a shakli; d) gem atofag yoki eritrofag shakli. 
Amyobaning to ‘qima va eritrofag shakllari ba’zan yirik vegetativ shakl 
deb ham ataladi. Aslida, bu ikki shakl o ‘zaro yashash jo y i ham da 
ovqatlanish usuli bilan farq qiladi. Sista, odatda, yumaloq shaklga ega 
boMib, zich parda - sista qobigM bilan o‘ralgan.
Yetilgan sistada 4 ta, yetilm aganida 1-2 ta yadro boMadi. M ayda 
vegetativ shakli kichkina (1 5 -2 0 m km ) boMib, serharakatdir. Uning 
sitoplazmasi keskin ravishda ikkiga - tiniq oynasimon ektoplazm a va 
donachali endoplazmaga boMinadi. Endoplazm ada sharsim on yadro 
joylashadi. M ayda vegetativ shakli odamning y o ‘g‘on ichagi qavatida 
yashab, bakteriyalar bilan oziqlanadi va odam ga zarar keltirmaydi. N o ­
qulay sharoitda sistalarga aylanishi mumkin. Dizenteriya am yobasining 
to 6qima shakli (20-25 m km) odam ning y o ‘g‘on ichagi devorlarida 
yashab, yaralar hosil qiladi va ichak devoridagi to‘qim alam i yemirib, 
shuning hisobiga oziqlanadi.
58


To-.qima shakli boshqalariga nisbatan eng zararli hisoblanadi. 
Yaralar yalligManib, yiringlaydi va qon tomirlarining shikastlanishi nati­
jasid a yaralardan qon oqadi. Gematofag yoki eritrofag shakllari odatda, 
yaralarga yaqin joylarda topilib, eritrotsitlar bilan fagotsitoz holida 
oziqlanadi.
Dizenteriya amyobasining mayda vegetativ shakli asosiy shakli hi­
soblanadi. Chunki u ko6payib, to ‘qima shakliga — eritrofagga va sistaga 
aylanadi. Sistalar x o cjayin axlati bilan birga tashqariga chiqib turadi. 
Sistalar tashqi muhitga chidamli boMib, hatto, xlorlangan suvda ham 
halok boMmaydi. B ir qancha dizenfeksiyalovchi moddalar ta ’siriga ham 
chidamli boMadi. Dizenteriya amyobasining sistalarida 4 ta yadro 
boMadi. Sistalar bilan ifloslangan suv, sabzavot va mevalar iste’mol 
qilinganda, parazitlar odamning oshqozon-ichak sistemasiga tushadi. 
Ichakda har bir sistadan 4 ta m ayda vegetativ shakl paydo boMadi. 
So‘ngra ular mitoz yoMi bilan boMinib, soni ikki hissa oshadi. Ichagida 
am yobaning faqat m ayda vegetativ shakli boMgan odam lar odatda, 
sogMom boMib qolaveradi. Organizm zaiflashganda amyobalar boshqa 
patogen shakliga, ya’ni to ‘qima shakliga aylanadi. To‘qim a shakli 
o ‘zidan proteolistik ferm ent ajratib, ichak devorida yaralar boMishiga 
olib keladi. Yaralardan qon oqadi, shu sababli bem orlam ing axlatida qon 
boMishi kuzatiladi. Odatda, yaralarga yaqin joylarda dizenteriya 
amyobasining yana bitta shakli — eritrofag shaklini topish mumkin. Bu 
shakl ancha yirik boMib, k o ‘ndalang oMchami 20 -4 0 mkm keladi. Soxta 
oyoqlari kalta boMib, o‘zi esa ancha harakatchan boMadi. Sitoplazmada, 
ko‘pincha, eritrotsitlam i topish mumkin. Shuning uchun u eritrofag yoki 
gematofag (qon bilan oziqlanuvchi) degan nomni olgan. Dizenteriya 
amyobasi odamlarning boshqa a’zolariga (jigar, o‘pka) ham joylashishi 
mumkin. Agarda amyobaning to ‘qim a shakli hosil qilgan yara qon 
tom iriga to‘g‘ri kelib qolsa, u qon orqali to ‘gcri jigarga boradi va jig ar 
absessiga sabab boMadi.
0 ‘pkaning jarohatlanishi esa jig ar absessining o ‘pkaga diafragma 
orqali o ‘tishidan kelib chiqadi. Am yobiaz kasalligining belgilari, asosan, 
qorin og‘rishi, ishtahaning yo‘qolishi, yiring va qon aralash ich 
ketishidan aniqlanadi. Ichburug* amyobasi bilan kasallangan odam bir 
kecha-kunduzda 300 milliontagacha sista chiqarishi mumkin.
Kasallikka tashxis qo(yish uchun bem om ing najasi konservantga 
yigMladi va tekshiriladi. Konservant tarkibi A.A. Turdiyev tomonidan 
tak lif etilgan. Odamda 4 yadroli sistalar va eritrofag topilishi unga 
amyobiaz yuqqanligidan dalolat beradi. Ichburug* amyobasi yer yuzida
59


keng tarqalgan. Turli geografik sharoitlarda odam larning bu parazit 
bilan kasallanishi 10 % dan 30 
%
gacha yetadi. Ichburug* kasalligi 
asosan issiq tropik va subtropik iqlimli m am lakatlarda ko‘p uchraydi. U 
M arkaziy Osiyo davlatlarida, shu jum ladan, 0 ‘zbekistonda ham 
uchraydi.
Ichburug4 amyobasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 
em itin gidroxloridi, xinafan, aminarson, enteroseptol, anitibiotiklar 
(tetrotsiklin, m onam itsin) va boshqa preparatlar qoMlaniladi.
Profilaktika choralariga ovqat iste’m ol qilishdan oldin q o ‘lni yax- 
shilab yuvish, xom ligicha yeyiladigan sabzavot va boshqa m asalliqlam i 
yaxshilab yuvish, pishirilgan ovqat va ichiladigan suvni yopiq idishda 
saqlash, pashshalam i yo‘qotish (chunki ular dizenteriya am yobasining 
sistalarini m exanik ravishda tashiydi), bem or va sista tashuvchilarni 
aniqlash va davolash, umumiy ovqatlanish muassasalarida sanitariya 
holatini va ovqat tayyorlash texnologiyasini nazorat qilib borish va aholi 
o ‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish b o 'y ich a keng 
targMbot ishlarini olib borish kabilar kiradi.
Parazit am yobalar kasallangan tishlam ing kovagi, it, cho‘chqa, ot 
va boshqa hayvonlar ichagida; asalarilam ing malpigi naychalarida ham 
topilgan.
O dam larning ogciz b o ‘shllg‘id a parazitlik qiluvchi 

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə