G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

Teyleriya (Theileria annulata)
ning rivojlanisb sikli:
1-sporozoitlar; 2-3-4 limfotsitlarda rivojlanayotgan ko‘p yadroli davri; 
5-gametositar shakli; 6-7-eritrotsitar shakli; 8-9-10-11-12-13-kana ichak 
bocshligMda ko‘payishi; 14-kana soMak bezlarida ko‘pga boMinib 
ko‘payishi (sporontlar); 15-sporozoitlar.
Teyleriyalar xo‘jay in almashinish bilan rivojlanib, kanalar organiz­
m ida ko‘plab boMinish (gametogoniya) yoMi bilan kocpayadi. Teyleriya 
kanalardan issiq qonli hayvonlar organizmiga tushganda, dastlab limfa 
tizim ida shizogoniya yoMi bilan kocpayadi, anor donachalarini hosil 
qiladi, keyin esa eritrositlarga o ‘tib oladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisini 
asosan voyaga yetgan yaylov kanalari tarqatadi. Tabiiy muhitda eng 
ko‘p kasallangan hayvonlar asosan iyun, iyul va avgust oylariga tocg‘ri 
keladi. Yosh m ollarda teylerioz ogMr kechadi.
Qoramollar teylerioz bilan ko‘proq molxonalarda kasallanadi. Ka­
sallangan qoramollarda inkubatsiya davri 6 -2 5 kunga, odatda, 9 -1 2 kun- 
ga to ‘g ‘ri keladi. Kasallangan hayvonlarda daslab lim fa yoMlari kattala- 
shadi va harorat ko‘tarila boshlaydi, ishtahasi pasayadi, mahsuldorligi 
kam aya boshlaydi. Q on aralash ichi ketadi. Siydik ajralishi qiyinlashadi.
87


M D H da, shu jum ladan, 0 ‘zbekistonda teyleriyalam ing 7 ta turi 
uchraydi. E ng xavflisi Theileria annulata hisoblanadi. B u parazit M arka­
ziy Osiyo respublikalarida ko‘p uchraydi. Tarqatuvchisi Hyalomma 
avlodiga m ansub kanalar hisoblanadi. K asallangan hayvonlam i ulardan 
qon surtmasi tayyorlab, m ikroskop ostida k o ‘rish orqali aniqlanadi.
P iro p la z m id a la r (P iro p lasm id ae) oilasi. K asallangan hayvonlar 
eritrotsitlarida ovalsim on, amyobasimon, halqasim on va ju ft noksimon 
shakldagi piroplazm alar uchraydi. Parazitlar eritrotsitlam ing markazida 
joylashgan. N oksim on shakldagilari yirik bo‘lib eritrositlarni to‘liq 
qoplab olgan boMadi.
Piroplazm idalar oilasi vakillarining kattaligi 2,2 mkm dan 4,5 mkm 
gacha, noksimonlari esa 6 mkm gacha boradi (14-rasm).
Piroplazm alar qoram ollar organizm ida to‘g ‘ridan-to‘g‘ri ikkiga 
boMinib, 2 ta qiz hujayralam i hosil qiladi. Yaylov kanalari kasallangan 
qoram ollam i qonini so ‘rganda, parazit qon orqali kanalar ichagiga tu- 
shadi va shizogoniya usulida ko‘payadi. K eyinchalik parazitlar kanalar- 
ning gem olim fasiga va gem olim fa orqali urg‘ochi kanalarning jinsiy 
organlariga boradi. K analar ko‘paya boshlaganda parazit kanalar tuxumi 
orqali kelgusi avlodiga ham oMadi. Kanalar tuxum idan bahorda pirop- 
lazma bilan kasallangan lichinkalar chiqib qoram ollarga hujum qiladi va 
ulam i kasallantiradi.
14-rasm . Q o ra m o l e ritro ts itla rid a u c h ra y d ig an p iro p lazm a
(Piroplasma bigeminum)
n in g tu r li sh a k lla ri (e ritro tsitla rd a
p a ra z itn in g ik k ig a boMinib k o 'p ay ish i k o ‘rin ib tu rib d i).
O ‘zbekistonda qoram ollarga piroplazmozni asosan bir xo‘jayinli 
kanalardan - Boophilus calcaratus va Ripicephalus bursa yuqtiradi. 
Q oram ollar piroplazmoz bilan asosan tabiiy sharoitda kanalar ko‘p boM­
gan 
yaylovlarda 
zararianadi. 
Shuningdek, 
piroplazmalardan 
— 
Piroplasma caballi otlarda, Piroplasm a ovis m ayda shoxli m ollarda 
parazitlik qiladi.
Shunday qilib, babezid, teylerid v a piroplazm idlarning barcha 
vakillari eritrotsitlarda parazitlik qilib, qoramollar, q o ‘y va echkilar,
88


otlar, tuyalar, cho‘chqalar va itlarga katta zarar yetkazadi. Kasallangan 
hayvon qonini so'rgan kana parazitni o ‘ziga yuqtiradi. Kanalar orga­
nizm ida jinsiy gametalar yetilib, ular o‘zaro qo‘shiladi va zigota- 
ookineta hosil bocladi. Ookineta kana tuxumdoniga va tuxumdonda ri- 
vojlanayotgan tuxum larga o ‘tib sporotsistaga aylanadi. Sporotsista ichi­
d a esa sporozoitlar rivojlanadi. Sporozoitlar kanalarning soMak bezlarida 
ham to ‘planadi. Bunday kanalar sog'lom hayvonlarga yopishib ulaming 
qonini so ‘rganda sporozoitlar kana soMagidan mahsuldor hayvonlar 
qoniga o‘tadi.
Bu kasalliklar chorvachilikka katta iqtisodiy zarar - yetkazadi. 
K asallangan m ollam ing 4 0 -5 0
%
nobud boMadi. Piroplazmidalar 
keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi kurashish uchun uning 
tarqatuvchisi - yaylov kanalarini qirib, kasallangan mollarni davolash 
lozim.
89


M IK S O S P O R ID IY A L A R (M Y X O S P O R ID IA ) Y O K I 
K N ID O S P O R ID IY A L A R (C N ID O S P O R ID IA ) T IP I
M iksosporidiyalar tipi yaqin - yaqinga qadar anikom plekslar tipi 
bilan qo‘shib o‘rganilar edi. Lekin ulam ing tuzilishi va rivojlanish sikli 
har tom onlam a chuqur o ‘rganilgach, m orfologik va fiziologik jihatdan 
anikom plekslardan farq qilishini hisobga olib, miksosporidiyalarni 
mustaqil tip darajasiga ko‘tarishga im kon yaratildi.
Um urtqasiz hayvonlar va tuban umurtqalilar (asosan, halqali 
chuvalchanglar, baliqlar ba’zan sudralib yuruvchilar) tana b o 'sh lig 'i, 
to ‘qimalari va hujayralarida parazitlik qiladi. Hayot sikli parazitlik 
qiluvchi vegetativ stadiya (trofont) va tarqalish uchun xizm at qiluvchi 
sporali stadiyalarni o ‘z ichiga oladi. Parazitlik qiluvchi stadiyasi ikki 
tipdagi (vegetativ va generativ) hujayralardan iborat. M iksosporidiyalar 
asosan jinssiz ko‘payadi. Generativ hujayralardan reduksion (meyoz) 
bo‘linish natijasida ju d a k o ‘p sporalar hosil boMadi. Sporalarda spiral 
o‘ralgan otiluvchi ipchasi, kapsula va amyobasimon, ko‘pincha ikki 
yadroli murtagi (sporozoiti) boMadi. Sporalar xo‘jayin organizmiga 
tushib qolganida otiluvchi iplar kapsuladan otilib chiqib, sporani ichak 
devoriga yopishib olishiga yordam beradi. Shuni ham aytish kerak-ki, 
miksosporidiyalam ing ko‘payishi va tarqalishi uchun xizm at qiladigan 
kapsulli sporalari deyarli ham m a vaqt yetishib turishi bu tip vakillari 
uchun juda xarakterlidir (m a’lumki, anikomplekslar tipining vakillarida 
sporalar ularning oxirgi rivojlanish stadiyasida yetishar edi).
M iksosporidiyalar tipiga 1000 dan ortiq tur kirib, 2 sinfga boMi­
nadi: 1. Aktinomiksidiyalar yoki aktinosporalilar (Actinosporea) sinfi.
2. M iksosporalilar yoki shilim shiq sporalilar (M yxosporea) sinfi.
Aktinomiksidiyalar yoki aktinosporalilar (Actinosporea) sinfiga 20 
dan ortiq tur kirib, asosan halqali chuvalchanglar va sipunkulidlarda 
parazitlik qiladi. U lar m iksosporalilardan sporasining yanada ham 
murakkabroq tuzilishi bilan farq qiladi.
M ik so sp o rid iy alar (M yxosporea) sinfi.
M iksosporalilar yoki shilimshiq sporalilar sinfiga asosan baliq- 
larda, ba’zan sudralib yuruvchilarda parazitlik qiluvchi bir necha yuz tur 
kiradi. Ular tabiatda ju d a keng tarqalgan, ham m a suv havzalarida 
uchraydi. Ayrim m iksosporalilar baliqlar, ayniqsa, ulaning chavoqlari
90


(yosh baliqlar)da ogMr kasallik paydo qiladi va baliqchilik xo'jaliklariga 
katta ziyon keltiradi. MDH da bu sin f vakillarini 
0
‘rgangan olim lar 
V.A. Oogel va S.S. Shulmanlar hisoblanadi.
M iksosporalilar shizogoniya, jinsiy jarayon, sporogoniya davrlari 
va nasllar gallanishining yo’qligi bilan anikomplekslardan farq qiladi.
Shilimshiq sporalilardan M yxobolus pfeifferi turi baliqlam ing har 
xil to‘qima va organlarida (jabralari, terisi, o ‘t pufagi va muskullarida) 
parazitlik qiladi. Baliqlam ing terisida shishlar paydo boMib, ko‘plab, 
ayniqsa, yosh baliqlar qirilib ketadi (15-rasm).
В
15-rasm . M iksosporidiya:
A - 

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə