G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

equorum
), qo‘ylarda — qo‘y askaridasi 
(Ascaris ovis),
qoramollarda — 
qoramol neoaskaridasi 
(Neoascaris vitulorum)
parazitlik qiladi.
Tovuq askaridasi 
(Ascaris galli
). Askarida ingichka ichakda 
parazitlik qiladi. Tovuqlardan tashqari u kurka, tovus va sesarkalarda 
ham uchraydi.
Askaridoz hamma parrandachilik xo‘jaliklarida keng tarqalgan 
kasallik boMib, bunda yosh jo ‘jalar o ‘sishdan va rivojlanishdan orqada 
qoladi hamda ko‘plab nobud boMadi. 0 ‘zbekiston sharoitida tovuqlar 
yoshiga qarab 55% dan 100% gacha askaridioz bilan kasallanadi.
Askarida tovuqlarda parazitlik qiluvchi nematodlar orasida eng 
yirigi hisoblanadi. Uning uzunligi 2,5 sm dan 12 sm gagacha yetadi. 
Gelmintning boshi uchta katta lab bilan o‘ralgan. Erkagining uzunligi 
2,5-7 sm boMib, dumida dumaloq yoki birmuncha oval shaklli 
xitinlashgan jinsiy so‘rgMchi bor. Urg‘ochisining uzunligi 6,5-12 sm, 
vulvasi (jinsiy teshigi) tanasining o ‘rtasidan pastki tomoniga ochiladi. 
Tuxumi oval shaklida boMib, uzunligi 0,070-0,086 mm, eni 0,047-0,051 
mm. Tovuq askaridasining rivojlanishi t o ^ r i d a n - t o ^ r i (56-rasm).
Urg‘ochi askarida urugMangandan keyin tovuqning ingichka 
ichagiga tuxum qo‘yadi. Tuxum ingichka va yo‘gon ichak orqali tashqi 
muhitga chiqarib tashlanadi. Tashqi muhitda issiqlik va namlik yetarli 
boMsa, tuxum rivojlanib lichinka paydo boMadi va tullagandan keyin 
yetilib, invazion davriga aylanadi. Yetilgan invazion tuxumni oziq yoki 
suv bilan birga yutib yuborgan tovuq askaridoz qo‘zg‘tuvchisi bilan 
zararlanadi.
Tovuqning muskulli va bezli oshqozoniga tushganda tuxum po‘sti 
yorilib, ichidan lichinka chidadi va bu lichinka ichak bo‘ylab harakat
202


qiladi, ammo ko‘pchilik qismi ingichka ichakning birinchi yarmida 
joylashadi. Tovuq invazion tuxumni yutib yuborgandan keyin 1-2 soat 
o‘tgach, uning lichinkalari liberkyun bezining ichiga kirib oladi. U yerda 
lichinka taxminan 20 kun davomida rivojlanib, yana ingichka ichakka 
chiqib jinsiy voyaga yetgan urg‘ochi va erkak askaridaga aylanadi. 
Tovuq askaridaning invazion tuxumini yutgan vaqtdan boshlab to uning 
ingichka ichagida jinsiy voyaga yetgan gelmintga aylanguncha taxminan 
35-38 kun o‘tadi.
Askaridioz bilan asosan ikki oydan 8-10 oygacha bo‘lgan jo 6jalar 
kasallanadi. Bir yoshdagi tovuqlar odatda kasallanmaydi, lekin kasallik 
manbai bo‘lishi mumkin. Suv yoki oziq-ovqat bilan askaridaning 
invazion tuxumini yutganda kasallik yuqadi. Gelmint tuxumi invazion 
davrida harorat 17-30°C va nisbiy namlik 100% boMgandagina 
rivojlanadi. Tovuq tezagidagi askarida tuxumi 1-1,5 kunda quyosh nuri 
ta’sirida zararsizlanadi.
56-rasm . T ovuq askaridasi 
(Ascaris galli)
ning rivojlanish sikli
sxemasi.
Shunday qilib, askarida bilan kasallangan tovuqlar va qishdan tirik 
chiqqan askarida tuxumlari jo ‘jalarga askaridoz kasalligini yuqtiradigan 
asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Askarida parrandalar ichagida 9-14 oy 
yashaydi.
Askarida lichinkalari ichak shilliq pardalarini teshib, ichak so‘r- 
gichlarini qitiqlab, liberkyun bezlarini jarohatlaydi. Natijada ichak 
devorlariga don quyiladi, yalliglanadi, patogen mikrob va viruslar uchun
203


yoM ochiladi. Voyaga yetgan askaridalaming ko‘pligidan ichak tiqilib 
devori yorilib ketishi ham mumkin.
Askaridalar toksik modda ajratib tovuq organizmini surunkali 
zaharlaydi. Natijada, jo ‘jalam ing o ‘sishi v a rivojlanishi sekinlashadi
tovuqlar kam tuxum qo‘yadi. Kasallangan j o ‘jalam ing toji oqaradi, ichi 
ketadi yoki qotadi, bo‘shashib patlari huфayadi va ozib ketadi. Odatda, 
katta yoshli tovuqlar ichagida askarida o z bocladi. Shuning uchun 
kasallikning klinik belgilari ularda sezilmaydi.
0 ‘rd a k la r p o rro tsek u m lari (

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə