G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

I
i i
I I
iih
I
i
 
orqali boradi.
Nematodalar tanasidagi hujayralar soni doimiy bo‘Iishi bilan 
bovhqa chuvalchanglardan farq qiladi. Masalan, askaridaning jinsiy 
NlNtomosi 162, markaziy nerv sistemasi 149 hujayradan iborat. Nema- 
todnlurda yangi hujayralarning hosil bo‘lishi jarayoni ular lichinkasi 
rivojlanishining dastlabki davrlarida to‘xtaydi va shundan so‘ng 
luijayralar soni umr bo‘yi doimiy bo‘lib qoladi. Bu xususiyat faqat 
nematodalar va boshaylangichlilar uchun xos.
Nematodalaming tana uzunligi ham har xil. Ko‘pchilik erkin 
yushovchi nematodalar odatda, mikroskopik kattalikda (0,05mm dan 
5mm gacha); ayrim turlari 2 -3 sm keladi. Parazit nematodalar erkin 
ynihovchi turlariga nisbatan ancha yirik, 20-40 sm, ba’zan 1 m va hatto 
К in dim ham ortadi(kashalotlar yocldoshi paraziti - 
Placentonema
glgantteslma
ning uzunligi 8,4 m gacha boradi).
I lozirgi vaqtda nematodalar sinfiga 18-20 mingga yaqin tur kiiich- 
llgl aniqlangan. Shulardan 5000 dan ortiq turlari odam va hayvonlarda
2000 turi esa o ‘simliklarda parazitlik qiladi. Ammo, bir qator mutaxassis 
olimlarning fikricha sayoramizda nematodalar sinfining 100 mingdan 1 
mln. tagacha turi bo‘lishi mumkin.
Nematodalar sinfi o‘z navbatida 2 ta kenja sinfga bo‘linadi.
1. 
Adenoforalar (Adenophorea) 
kenja sinfi. 2. 
Setsementalar 
(Secementea) kenja sinfi.
Adenoforalar kenja sinfi vakillari, asosan dengiz, chuchuk suv, 
ba'zan tuproqda erkin hayot kechiradi. Ko‘pchilik turlari faqat kislorod 
yctarli bo‘lgan sharoitda yashaydi. Kutikulasi o ‘tkazuvchan boiganidan 
nematodani zararli moddalar ta’siridan toMiq himoya qilaolmaydi.
Adenoforalar kenja sinfiga kiruvchi Trixosefalidalar (Trichocepha- 
lida) va Dioktofimidalar (Dioctophymida) turkumlari vakillari turli 
umurtqali hayvonlarda: baliqlar, amfibiyalar, sudralib yuruvchilar
qushlar va sutemizuvchilarda parazitlik qiladi. Masalan: 
Gigant svaynik
fDioctophyme renale) itlar va boshqa yirtqich hayvonlar, ba'zan odam 
buyragida parazitlik qiladi, uzunligi 1 m gacha boradi. Qilbosh 
chuvalchanglar va trixinellalar sutemizuvchilarda parazitlik qiladi.
Setsementlar (Secementea) kenja sinfi vakillari asosan, o‘simlik- 
larda, hayvonlarda va odamlarda parazitlik qiladigan turlami o‘z ichiga 
oladi.
197


Setsementlar kenja sinfiga tilenxidalar (Tylenchida), strongilidalar 
(StrongyJida), oksiuridalar (Oxyurida), askarididalar (Ascaridida), spi- 
ruridalar (Spirurida) va boshqa turkumlar kiradi. Ularning ko‘pchiligi 
mahsuldor hayvonlar va odamlarda parazitlik qilib, ogMr kasalliklami 
keltirib chiqaradi. Madaniy o ‘simliklarga esa ayniqsa, bo‘rtma 
nematodlari, bug‘doy nematodasi, kartoshka poya nematodasi, sholi 
nematodasi, lavlagi nematodasi va boshqa vakillari katta zarar yetkazadi.
Quyida odam, hayvon va o ‘simliklarda parazitlik qiladigan va 
ularga katta zarar keltiradigan nematodalar vakillari to ‘g‘risida 
ma’lumotlar keltiriladi.
O dam askaridasi 
{A scar is lumbricoides)
yer yuzida deyarli 
barcha mamlakatlarda tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda, masalan, 
Yaponiyada aholining deyarli hammasi askarida bilan zararlangan. 
Chunki Yaponiyada qishloq xo‘jaligida odam ekskerementidan organik
o-gMt sifatida sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan maydonlarda keng 
miqyosda foydalaniladi.
Askarida ayrim jinsli, erkagi urg‘ochisidan ancha kalta, ya’ni 
erkagining uzunligi 15-25 sm, urgbochisiniki esa 25-40 sm boMadi (54- 
rasm).
Bundan tashqari, erkak askarida xipcha va dumi qorin tomoniga 
spiral kabi buralgan boMadi. Urg‘ochisining esa tanasi yo‘g‘on va dumi 
to‘g cri. Chuvalchangning oidingi uchida 3 ta labli ogMz, unda juda 
mayda ko‘z ilg‘amaydigan so‘rgMchlar boMadi. Gavdasining keyingi 
uchiga yetmasdan, qorin tomonida orqa chiqaruv teshigi joylashgan. Bu 
teshikdan keyingi qismi dumi hisoblanadi.
Jinsiy organlari sodda tuzilishga ega. Erkaklarida jinsiy teshik 
tananing orqa uchiga yaqin joyida joylashgan. U ichkarisiga cho‘zilib 
ketgan bittagina naydan iborat. Urg‘ochilarining jinsiy teshigi tananing 
oldingi yarim qismida, qorin tomonidan tashqariga ochiladi. Bu 
teshikdan bitta nay ketgan boMib, u uzoqqa cho‘zi!may ikkita shoxchaga 
ajraladi. Shoxchalaming ingichka ipsimon uchi - tuxumdon, asta 
yo‘g‘onlashib borgan qismi — tuxum yoMi, eng yo‘g‘on qismi esa, 
bachadon deb ataladi.
Askarida odamlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Ichagida 
askarida boMgan kishi parazitni yuqtiradigan va tarqatadigan manba 
boMib hisoblanadi. Bitta urg‘ochi askarida bir kecha-kunduzda 200-250 
mingtagacha tuxum qo‘yadi (bitta askarida kamida 200 kun yashaydi), 
hayoti davomida esa bir necha 10 mln. tuxum qo‘yadi (250000x200 -
q 50000000).
198


1
M -nwni. Asknridaniii}» icliki tuzilishi: A -urg‘ochisi. B -erkagi:
I -lablar; 2-qi/ilo‘ngach; 3-ichak; 4-haIqum nerv halqasi; 5-qorin nervi;
6-ayirish sistemasi nayi; 7-fagotsitar hujayralar; 8-tuxumdon; 9-tuxum 
yo‘Ii; 10-bachadon; 11-jinsiy qin; 12-anal teshigi; 13-urug‘don;
14-urug‘ yoMi; 15-urag‘ chiqarish nayi.
Askarida tuxumi ustidan uch qavat po‘st bilan o ‘ralgan bo‘ladi, 
ainnio yangi qo‘yilgan, ya’ni kasal kishidan endi chiqqan askarida 
tuxumi zararlash imkoniga ega emas, u zararlash imkoniga ega bo‘lishi 
uchun tashqarida nam muhitda kamida 15-25 kun bo‘lishi zarur, shu 
muddat ichida zararlash qobiliyatiga ega bo‘lgan lichinka yetiladi.
Odam askaridasi oraliq xocjayinsiz rivojlanadi, ya’ni yagona 
xo‘jayini odam hisoblanadi. Tashqi muhitda askarida tuxumi 10 yil-
199


gacha tiriklik xususiyatini saqlashi mumkin. Ichida lichinkasi bo‘Igan 
bunday tuxumni qaynatilmagan suv, yuvilmagan meva-sabzavot, 
ayniqsa, qulupnay, usti ochiq qolgan ovqatlarni iste’mol qilish orqali 
odam o‘ziga yuqtiradi. Oshqozonga tushgan tuxumning pardasi osh­
qozon shiralari (fermentlari) ta’sirida erib ketadi, lichinka esa ichak 
devori orqali qonga o'tib, 10 kun davomida migratsiya qilib, jigar, 
yurak, o'pkaga borib aylanib yuradi.
Lichinka o'pkaga kelganda, odamda o ‘pka shamollashi hodisasi 
kabi o‘zgarish bo‘lib, yo‘tal paydo boMadi va yo'taiganda o‘pkada, 
ko‘krakda og‘riq paydo boMadi, ayrim vaqtlarda harorat ko‘tariladi. 
Yo‘talganda lichinkalar bronxlar va kekirdak orqali yuqoriga, ya’ni 
ogMz bo‘shligMga keladi. U yerdan soMak bilan qayta yutib yuborilganda 
lichinkalar oshqozon orqali ingichka ichakka tushib, uning devorlariga 
yopishadi va 2,5 oy mobaynida voyaga yetgan askaridaga aylanadi (55- 
rasm). Ular o‘z vaqtida otalanib yana tuxum qo‘yadi. Askaridalar 
ichakda odam organizmi uchun eng qimmatli boMgan ovqatlar va 
vitaminlar bilan oziqlanib, odamlarda avitaminoz paydo qiladi, natijada 
odam boshqa turli yuqumli kasalliklarga beriluvchan boMib qoladi.
55-rasm. O dam askaridasi 

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə