G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

(Drepanidotaenia
lanceolata
): 1-asosiy xo‘j ay in-kasallangan g‘oz; 2-oraliq xo‘jayini- 
siklop parazit tuxumini yutmoqda; 3-g‘o z zararlangan siklopni 
yutmoqda; 4-yetuk shakldagi parazit
Drepanidoteniya 9 turdagi sikloplar ishtirokida rivojlanadi. G ‘oz 
va o‘rdaklarning ingichka ichagidagi jinsiy voyaga yetgan sestoda- 
laming tuxum bilan to‘lgan bo‘g‘imlari parrandalarning tezagi bilan 
tashqi muhitga ajralib chiqib turadi. Drepanidoteniya bo‘g ‘imlarining 
po'sti parrandalarning ichagida yoki tashqi muhitda parchalanib, ichi­
dagi tuxumlari tashqi muhitga tushadi va uni sikloplar yutib yuboradi.
180


Sikloplaming ichaklarida tuxumlaming po‘stloq qavati hazm boMib, 
undan onkosfera ajralib chiqadi va taxminan 6 -7 soatdan keyin siklop 
tanasiga kirib rivojlana boshlaydi. Onkosferaning invazion lichinkasi- 
sistiserkoid davrigacha rivojlanishi 10-30 kun davom etadi. Sistiser- 
koidi boMgan sikloplami g‘oz va o crdaklar yutgandan keyin ulaming 
oshqozonida parchalanadi. Sistiserkoid esa to ‘rtta so‘rgMchi bilan ichak 
shiliq pardasiga yopishib olib, 15-19 sutkada jinsiy voyaga yetgan 
sestodaga aylanadi. Keyin drepanidoteniya yetilgan tuxum bilan toMgan 
bo^gimlarini tezak bilan chiqara boshlaydi.
Drepanidotenioz asosan ikki haftadan 5 oylikkacha boMgan yosh 
o ‘rdak va g ‘oz jo ‘jalarining kasalligi boMib, ular qishlab chiqqan 
invazion sikloplami yutib kasallikni yuqtiradi. Parazitning ayrim oraliq 
xo‘jayinlari bir yilgacha yashaydi va u bilan invazion sistiserkoidlar ham 
saqlanib qoladi.
Sikloplar tanasida invazion sistiserkoid 11-30 sutkada yetiladi. 
Shuning uchun gcoz va o ‘rdaklar hovuzga haydalgandan keyin 12 kun 
o ctgach jo ‘jalari kasallana boshlaydi.
Odatda sikloplar hamma yerda tarqalgan. Ular asosan sekin oqadi- 
gan kichik suvliklarda yoki koMmak suvlarda yashaydi. Bu suvlarda 
faqatgina jo ‘jalari emas, balki katta yoshdagi g ‘oz va o crdaklar ham 
kasallanadi.
Drepanidoteniyalar parrandalar ingichka ichaklarining shiliq par­
dasiga yopishib, so‘rgich va ilmoqchalari bilan ichakni jarohatlaydi. 
Parazit juda ham ko‘p boMsa, ichakda oziqning so‘rilishi sekinlashadi va 
natijada ichak bo‘shligM berkilib, ichaklar buralib yorilib ketishi 
mumkin.
Kasallangan g‘oz va o ‘rdaklar ozadi, yaxshi o‘smaydi, ichi ketadi, 
ba’zan nerv sistemasi buziladi, muvozanatni yuqotadi, tirishadi va 
oqibatta halok boMadi.
Shuningdek, tasmasimon chuvalchanglardan - 
Drepanidotaenia
Drepanidotaenia przewalskii, Hymendlepis gracilis, Hyme-nolepis
paracompressa
turlari g‘oz va o‘rdaklarda; 
Raillietina echinobothrida,
Raillietina tetragena, Davainea proglottina, Davainea meleagrislar
esa 
tovuq va kurkalarda parazitlik qiladi. Parrandalarda parazitlik qiladigan 
tasmasimon chuvalchanglaming oraliq xo‘jayinlari sifatida mayda 
qisqichbaqasimonlar, quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalar va 
hasharotlar aniqlangan.
Tovuq sestodalari. Tovuqlarda 46 turdagi sestodalar parazitlik 
qiladi, shulardan MDH da 12 ta turi aniqlangan. Ular tovuqlaming
181


ingichka ichagida parazitlik qiladi. Keng tarqalgan va tovuqlarga katta 
ziyon keltiradigan sestodozlar qo‘zgotuvchilariga asosan 
Davainea
va 
Railliettina
avlodlari turlari kiradi. Quyida 
Davainea proglottina
turn 
to‘g crisida ma’lumotlar keltirilgan.
Davainea proglottina
2 -5 bo‘gimli kichik sestoda bo‘lib, tanasi­
ning uzunligi 0,5-3,0 mm, eni 0,15-0,18 mm keladi. To‘rtburchak 
shakldagi skoleksining xartumida 60 tadan 95 tagacha mayda ilmoq­
chalari bo‘ladi, 4 ta socrg‘ichi bor. Jinsiy teshigi bo‘gimning oldingi 
qismida uning o ‘ng yoki chap tomonida joylashgan.
Erkaklik jinsiy bursasi (xaltasi) juda uzun va bo‘ginning uchdan 
ikki qismigacha chocziladi. Odatda, 12-15 donadan iborat urugdoni 
bo‘gimining orqasida ikki qator boMib joylashgan. Tuxumining diametri
0,35-0,40 mm bofilib, yetilgan bocgimda alohida-alohida joylashadi.
Davainea proglottina
va boshqa sestodalar oraliq xo‘jayinlar orqali 
rivojlanadi. 
Davainea proglottina
sestodasining oraliq xo‘jayini sifatida 
quruqlikda yashaydigan qorinoyoqli mollyuskalardan -
Umax, Arion,
Agriolimax
kabi shilliqlar va boshqa mollyuskalar (
Zonitoides

Vallonia,
Polygyra)
aniqlangan. Ularning tanasida invazion sistisericoid 20-22 
kunda rivojlanib yetishadi va tovuq organizmiga tushgach sistiserkoid 
taxminan 12-16 sutkada jinsiy voyaga yetadi (50-rasm).
50-rasm. 
Davaineaproglottinaning
rivojlanish sikli sxemasi.
182


Davainea proglottina
har kuni bittadan bo‘gim ajratadi. U tezak 
bilan tashqi muhitga tushib, o ‘tlarga yopishgan holda sudralib yuradi. 
Demak, bir kunda ajratilgan bo‘gimlaming soniga qarab tovuqning 
ichagida qancha nusxa sestoda borligini aniqlash mumkin. Tovuqlarning 
och qolishi sestodalarda bo‘gim ajralishini sekinlashtirishi yoki butunlay 
to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Sestoda onkosferasi quruqlikka chidamsiz, 
0°-li harorat ham kuchli ta ’sir etadi va tez halok bo‘ladi. 0 ‘rtacha 
namlikda onkosfera 5 kungacha yashay oladi, shuning uchun ham zax va 
soyali joylar tovuqlarga to ‘gri kelmaydi. Oraliq xo‘jayin-mollyuskalar 
bir yildan ko‘proq yashaydi va ular bilan birga sistitserkoidlar ham 
qishlab chiqadi.
Davainea proglottina
va boshqa sestodalar, asosan j o ‘jalarda 
ko‘proq uchraydi, tovuqlar ham zararlanishi mumkin. Tovuqlar yaxshi 
boqilmaydigan xo‘jaliklarda sestodozlardan juda ko‘p jo ‘jalar nobud 
boMadi. Aksincha, to‘yimli oziqlar bilan boqiladigan va yaxshi sharoitli 
tovuqxonalarda asralgan parrandalar sestodozlar bilan kam kasallanadi.
Ayrim sestodalar parranda ichagining shilliq pardalarini skoleks 
so‘rg‘ichlari bilan qattiq jarohatlaydi. Ular ko‘p miqdorda to‘planib, 
ichagining tiqilib qolishiga va hatto yorilib, peretonit kasalining 
rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Sestodalar bilan zararlangan tovuqlarning 
oshqozoni buziladi, ozib ketadi, ishtahasi pasayadi, ichi ketadi yoki 
qotadi. Parranda iloji boricha sekin harakat qiladi. Patlari hurpayib, 
qanotlari shalviraydi. Ayrim vaqtlarda eritrotsit bilan gemoglobin 
miqdori juda kamayib ketadi.
Baliq botriotsefalyozi. Botriotsefalyoz invazion kasallik boclib
uni qo‘zg‘tuvchisi 
Bothriocephalus gowkongensis
hisoblanadi.
Botriotsefallar baliqlar va ular chavoqlari (karp, oq amur, oq do‘ng 
peshona) ichaklarida parazitlik qiladi. Bu kasallik ko‘pincha uzoq 
sharqdagi baliqchilik xo‘jaliklarida uchraydi. MDH ning Yevropa 
qismidagi hududlarga botriotsefalyoz Xitoydan kasallangan baliq bilan 
birga XX asming 50-yillarida kelib qolgan. Hozirgi vaqtda karp 
baliqlarining botriotsefalyozi Ukraina, Moldaviya va boshqa davlatlarda 
ko‘proq uchrab, baliqchilik xo‘jaliklariga katta iqtisodiy zarar 
yetkazmoqda.
Botriotsefala strobilasi 5-35 sm bo‘lib, ikkita botriyasi bor skoleks, 
bo‘yin va bo‘g ‘inlardan tashkil topgan. Tuxumi oval shaklda, oq, bir 
uchida qalpoqchasi bor (51-rasm).
Botriotsefallar asosiy (baliqlar) va oraliq (sikloplar) xo‘jayinlar 
ishtirokida rivojlanadi. Ushbu parazitning yetilmagan tuxumlari baliq
183


tezagi bilan suv havzalariga tushadi. Qulay sharoitda (yilning issiq 
davrlarida) 3—5 kundan keyin suvga tushgan tuxumlarida birinchi 
bosqich lichinka - koratsidiy hosil bo‘ladi, u tezda tuxum pardasidan 
chiqib, bir oz vaqt suvda suzib yuradi. Sikloplar koratsidiylarni yutganda 
ichaklarida 5 -7 kundan so‘ng invazion lichinka - protserkoidga 
aylanadi. Yosh baliqlar proserkoid bilan invaziyalangan sikloplami suv 
bilan yutib botriotsefalyozni o'zlariga yuqtiradi. Baliq ichida sikloplar 
hazm boMishi bilan ulardan lichinkalar ajralib chiqadi va uch hafta 
ichida rivojlanib plerotserkoid va so‘ngra jinsiy yetuk botriotsefallar 
paydo boMadi.
51-rasm . K a rp baligM botriotsefalyozi qo‘zg‘atuvchisi- 
Bothriocephalus gowkongensis: A-boshchasi bo‘gMnlari bilan, B-yetuk
bo‘gMnIari.
Baliqlaming botriotsefalyoz bilan zararlanishi ulaming yoshiga, yil 
fasliga, suv havzalardagi sikloplaming ko‘p-ozligiga va ulaming 
invaziyalangan darajasiga bogMiq. Karp baligMning yoshi kattalashib 
borgan sari uning botriotsefalyoz bilan invaziyalanishi kamayadi. 
Masalan, ikki oylik karp baligM 93-100 % , bir yoshlilari 37 %, ikki 
yilliklari 12,5 
%
va uch yilliklari faqatgina 3 -8
%
zararlanganligi 
kuzatilgan. Uch yoshdan katta к а ф baliqlarida botriotsefallar odatda, 
uchramaydi.

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə