G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

(Hymenolepis
папа)
odamlarning, ayniqsa, bolalaming ingichka ichagida parazitlik 
qiladi va gimcnolepidoz kasalligini vujudga keltiradi. Bu parazitning 
odam-larda parazitlik qiladigan boshqa tasmasimon chuvalchanglardan 
farqi shundaki, haqiqatdan bu chuvalchangning uzunligi 1-4,5 sm 
atrofida boMadi. Sharsimon xartumchali boshida ilmoqchalari (bir qator 
joylashgan 24-30 ta ilmoqchalari) va 4 ta so‘rg‘ichi boMadi. Boshidan 
so‘ng ingichka bo'yni, undan keyin esa 150-200 tagacha mayda 
bocg‘imlari5 ya’ni proglottidalari bo‘ladi (42-rasm).
Yetilgan b o ^ im la rid a 180 tagacha tuxumlar bo6ladi. Umuman, 
kalta zanjirsimon chuvalchangning germafrodit bo‘g‘imlarida 3 dona 
sharsimon ko‘rinishdagi urug‘don va bir juft tuxumdon hamda shoxlan- 
magan bachadon joylashgan. Bu chuvalchanglarda jinsiy teshikfar 
proglottida yonidan (faqat bir tomondan) tashqariga ochiladi.
Kalta zanjirsimon chuvalchangning hamma rivojlanish davrlari 
bitta xo‘jayinda, ya’ni odamda o‘tadi. Demak, odam kalta zanjirsimon 
chuvalchang uchun ham asosiy va ham oraliq xo‘jayin hisoblanadi.
169


Bunda aw alo , chuvalchangning tuxumlari suv, sabzavot-mevalar 
va yuvilmagan qo‘llar orqali odamga o‘tadi. Ovqat haztn qilish 
sistemasida tuxumdan 6 ilmoqli onkosfera chiqadi va ingichka ichak 
vorsinkalariga kirib, sistiserkoidga, y a’ni finnaga aylanadi. Bu lichin­
kalik davrida dumsimon kalta o‘simta bo‘ladi va bu bilan ular qoramol 
hamda cho‘chqa tasmasimonlarining sistiserkidan farq qiladi. Oradan 
14-15 kun o4gach, sistiserkoid ichak devoridan ichak bo‘shlig‘iga 
chiqadi va bu yerda jinsiy voyaga yetgan kalta zanjirsimon chuval- 
changga aylanadi. Kalta zanjirsimon chuvalchangning tuxumi odam 
ichagiga tushgandan boshlab 19 kun o ctgach jinsiy voyaga yetadi va 
tuxum qo‘ya boshlaydi.
42-rasm . K alta zanjirsim on chuvalchang 
(Hymenolepis папа)
ning 
rivojlanish sikli: 1-yetuk strobilasi; 2-tuxumlari; 3-tuxumdan chiqqan 
onkosferaning ichak vorsinkasiga kirishi; 4-onkosferadan 
sistitserkoidning rivojlanishi; 5-sistiserkoidning ichak vorsinkalaridan 
ichak bo‘shlig‘iga chiqishi; 6-skoleksi bilan ichak devoriga yopishishi;
7-strobilalaming o ‘s ish i..
Bu tuxumlar tashqi muhitga chiqqach, boshqa odamlar ham 
zararlanishi mumkin. Ammo proglottidalarda yetilgan tuxumlar tashqi 
muhitga chiqmay, ichakning o(zida ham rivojlanishi mumkin, bu 
avtoinvaziya (o‘ziga oczi yuqtirish) deyiladi.
170


Kalta zanjirsimon chuvalchang ayniqsa, yosh bolalarga ko‘p azob 
boradi. Bitta odamning ichagida 1000-1500 tagacha kalta zanjirsimon 
chuvalchang boMishi mumkin. Kichik yoshdagi bolalar shaxsiy gigiyena 
qoidalariga to‘g‘ri rioya qilmasliklari tufayli bu kasallikka juda tez 
chalinadi.
Gimenolepidozga yoMiqqan odamlarning me’da-ichak yoMlari 
yalligManib og‘riydi, ishtahasi buziladi, ich ketish hollari yuz beradi va 
dnrmonsizlanib, mehnat qobiliyati pasayadi. Parazitning o*zidan chiqar- 
gan zaharli moddalari bolaning asab sistemasiga ham salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Shunday odamlami gijja haydaydigan dori-darmonlar (fena- 
sal) berib davolashadi. Kasallik 3-12 yoshdagi bolalarda, ayniqsa, 
sanitariya-gigiyena qoidalari buzilgan bolalar muassasalarida ko‘proq 
uchraydi va tez tarqaladi.
Q o4y miya q u rti 
(Multiceps muiticeps
). Jinsiy voyaga yetgan 
parazitning uzunligi 40-100 sm atrofida boMib, it, tulki, bo‘ri, chiya 
bo‘ri va boshqa yirtqich sutemizuvchilaming ingichka ichagida 
yashaydi. Bu chuvalchangning lichinkalik davri 
(Coenirus cerebralis )
qo‘y, echki, ba’zan qoramollar, tuya, ot, chochqa hamda bug‘ularning 
hosh va orqa miyalarida o‘mashib, senuroz deb ataluvchi kasallikni 
keltirib chiqaradi. Bu kasallik, ba’zan odamlarda ham uchrab turadi.
Voyaga yetgan tasmasimon chuvalchang tanasidagi bo‘g cimlar 
soni 200-250 tagacha boradi. Uning boshchasida (skoleksida) 4 ta 
so'rg‘ichif xartumchasida esa ikki qator har xil kattalikdagi 22-32 
tagacha ilmoqchalari boMadi (43-rasm).
A
A-jinsiy voyaga yetgan davri; 
B-katta va kichik ilmoqchalari (1);
2-germafrodit bo‘gMmi; 
34>nkosferali tuxumi.
171


Yetilgan oxirgi bo‘gim!arida bachadon 16-26 tagacha yon 
shoxchalar chiqaradi va ular tuxum bilan toMgan bo'ladi. Parazitning 
yetilgan proglottidasida 20-60 ming va undan ham ko‘proq tuxumlari 
boMishi mumkin. Tuxumlarga to‘ia yetilgan proglottidalari xo'jayin 
axlati orqali tashqariga chiqariladi. So'ngra bu proglottidalar bir necha 
soat davomida yerda yoki o ‘t!ar orasida harakat qila boshlaydi. Yetilgan 
bo‘g ‘imlaming qisqarishi natijasida ulardan juda ham ko‘p miqdorda 
tuxumlar chiqadi va ular yaylov hamda suvga tushadi. Zararlangan it 
axlati bilan har kuni 20-30 tagacha yetilgan bo‘g‘imlar tashqi muhitga 
chiqaziladi. Ayrim itlar ichagida 200 va undan ham ortiq chuvalchang 
bo'lishi mumkin. It organizmida bu parazit bir necha oy va hatto 2 
yilgacha yashashi mumkin. Q o‘y miya qurti biogelmint bo‘lib, asosiy 
xo‘jayinlari yirtqich sutemizuvchilar va oraliq xo'jayinlari qo‘y va 
echkilar hamda boshqa chorva mollari hisoblanadi.
Bu chuvalchangning oraliq xo‘jayinlari qo‘y miya qurti tuxumlari 
bilan zararlangan yaylovlarda boqilganda, o‘t va suv orqali ushbu 
parazitning tuxumlarini yutib yuboradi. Qo'ylam ing ichagida tuxumdan 
onkosfera lichinkasi chiqadi va qonga o‘tib, qon oqimi bilan orqa va 
bosh miyalariga borib o ‘mashadi hamda rivojlanib, kaptar tuxumidek, 
yong‘oqdek kattalikdagi senur pufagini, ya’ni finnani hosil qiladi 
(44,45- rasmlar).
45-rasm. Scnuroz bilan kasallangan 
44-rasm. Qo‘y miya qurtining qo‘ylarning holati: a-miyachasi zararlangan,
rivojlanish sikli sxemasi.
b-orqa miyasi zararlangan, v-miyaning 
peshona qismi zararlangan, g-miyaning ensa 
va chakka qismi zararlangan, d-miyaning orqa 
qismi zararlangan.
172


Miyasida finna, ya’ni senur boMgan qocylar bezovtalanadi, 
tipirchilaydi, bir joyda turib aylanaveradi. B a’zi qo‘ylar boshini orqasiga 
tashlab yoki pastga egib oldinga yuradi yoki orqasiga tisarila boradi. Bu 
kasalga uchragan hayvon oriqlaydi, yotgan joyidan turolmaydi va oxir- 
oqibat darmonsizlanib o4ladi.
Yuqorida kocrsatilgan belgilarga qarab kasallangan chorva mollar­
ni osongina aniqlash mumkin. Pufak tiniq suv bilan toMgan boMib, uning 
ichki pardasida 100-250 tagacha parazit boshchalari, ya’ni skolekslari 
to‘p-to‘p boMib joylashgan. Bu chuvalchangning pufakchali, ya’ni 
flnnali lichinkasi qo‘zg‘atadigan kasallik senuroz deyiladi va unga 
chalingan mollar halok boMadi yoki majburan go‘shtga topshiriladi.
Umuman, senur, ya’ni pufakli lichinka-finna juda sekin o‘sadi. 
Masalan: qo‘ylar zararlangandan 2 hafta o ‘tgach pufakning diametric 3 - 
5 mm atrofida, 6 hafta o ‘tgach, 2-3 sm va 2-3 oy o ‘tgach 3,5 sm 
atrofida boMadi. Shu davrdan boshlab pufaklaming ichki pardasida 
parazitning boshchalari, ya’ni skolekslari yetishadi.
Asosiy xo‘jayin!ari qo‘y miya qurti bilan kasallangan qocylarning 
va boshqa chorva mollarining bosh va orqa miyalarida joylashgan 
pufakli finnani iste’mol qilishi orqali o ‘zlariga yuqtiradi. So‘ngra 
ularning ichaklarida 41-73 kundan keyin jinsiy voyaga yetgan 
tasmasimon qo‘y miya qurti hosil boMadi. Yuqorida aytganimizdek, 
qo‘ylarning miyasida uchraydigan pufakli finna senuroz kasalligini 
vujudga keltiradi. Senuroz (gir aylanma yoki tentak kasal) - surunkali 
I'ijjii kasnllij'i boMib, u bilan asosan yosh qo‘ylar va echkilar ko4proq 
kasallanadi. Senuroz bilan kasallangan hayvonlarni davolashning 
hlrdan bir usuli jarrohlik yoMi bilan bosh miyadan parazitning pufakli 
llnnnsinl olib tashlashdan iboratdir.
Senuroz kasalligi odamlarda ham uchrab turadi. Uni davolash faqat 
jarroh niahoratiga bogMiq. Hozirgacha senuroz kasalligiga chalingan 
odamlarning soni 42 taga yetgani fanga ma’lum. Bu kasallik Fransiya, 
Angliya, Ispaniya, Meksika va Afrikada, shuningdek, MDH mamlakat- 
laridan Quyi va O crta Volga, Ural, QozogMston, Shimoliy Kavkaz, Sibir, 
0 4rta Osiyo davlatlarida, Ukraina va Kavkazorti davlatlarida uchrab 
turadi.
Exinokokk 

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə