G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

(Taentarynchus saginatus),
keltirib chiqaradigan kasalligi 
esa teniarinxoz deyiladi. Lichinkalik davrida 
(Cysticercus bovis
) hosil 
qiladigan kasallik esa sistiserkoz deb ataladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, 
teniarinxoz bilan asosan odamlar, sistiserkoz bilan esa qoramollar 
kasallanadi.
Teniarinxoz yer yuzida keng tarqalgan. Ayniqsa, Afrika, Janubiy 
Amerika, A vstraliya va Osiyoning ayrim m am lakatlarida odam lar bu 
kasallik biian ko‘proq kasallanadi. M DHda teniarinxoz Kavkaz ortida, 
0 ‘rta Osiyo respublikalarida, QozogMstonda, Rossiyaning shimoliy 
viloyatlarida ko'proq uchraydi. O ‘zbekistonda bu kasallik, ayniqsa, 
X orazm viloyati aholisi o ‘rtasida keng tarqalgan (13%). Buning asosiy 
sababi mahalliy aholi o ‘rtasida milliy taom - mol go‘shti qiymasidan 
tayyorlangan «ijjan»ning (piyoz va garmdori qo‘shilgan xom qiym a mol 
go'shtining) keng iste’mol qilinishidir.
Sistiserkoz kasalligi qoram ollarda uchrab, chorvachilikka katta 
iqtisodiy zarar keltiradi. Chunki sistiserkoz bilan zararlangan g o ‘shtning 
narxi past boMadi. Shunday g o 'sh t faqat zararsizlantirilgandan keyingina 
iste’mol qilishga ruxsat etiladi. Agarda mol sistiserkoz bilan kuchli 
zararlangan bo4Isa, uning go‘shti iste’mol qilishga yaroqsiz hisoblanadi. 
Bunday m ollam ing bir qismi kasallik boshlanishi davrida halok bo‘ ladi.
Qoramollarning sistiserkoz bilan kasallanishi, ayniqsa, xonadon- 
larda boqiladigan shaxsiy m ollarda ko‘proq uchraydi. Chunki ba’zi 
xonadonlarda hojatxonalarning yo‘qligi, agarda boMsa ham sanitariya 
qoidalariga javob bermasligidandir.
Umuman, odamlardagi teniarinxoz va qoram ollardagi sistiserkoz 
kasalliklarining oldini olish uchun, a w a lo , odamlardagi teniarinxoz 
kasalligini tugatish kerak. B uning uchun aholi o ‘rtasida vaqti-vaqti bilan 
ommaviy tekshirishlar olib borish, kasallikning bor-yo‘qligini aniqlash 
lozim. Bemorlami tezda davolash kerak. Teniarinxoz bilan kasallangan 
odamlami fenasal, oshqovoq urugMni berib davolashadi. Kasallik 
odamlardan qoram ollarga yuqmasligi uchun aholi yashaydigan joylarda 
yopiq tipdagi hojatxonalar boMishi va ular toza holda saqlanishi lozim. 
Qoramol go‘shti veterinariya nazoratidan o ‘tkazilishi kerak. Xom yoki
166


chala pishgan qoramol go'shtini yemaslik, xom qiymani tatib ko‘rmaslik 
kerak. Qoramollarda fmnozni davolash uchun prazikvantel qo'llanil- 
moqda.
C ho‘chqa tasm asim on chuvalchangi 
(Taenia solium
). Cho‘chqa 
tasmasimon chuvalchangi ham qoramol tasmasimoni kabi odamlarning 
ingichka ichagida parazitlik qiladi (41-rasm). Uning uzunligi 1,5-3 m, 
ba’zan esa 5 m gacha borib, boshcha, ya’ni skoleks, bo‘yin va 900 
tagacha bo4g‘imlari bor. Boshchasida 4 ta so‘rg‘ichi va xartumida ikki 
qator har xil katta-kichiklikdagi xitinli ilmoqchalari (22-32 tadan) 
joylashgan. Mana shu ilmoqchalarining borligi tufayli cho‘chqa tasma­
simoni qurollangan tasmasimon deb ham ataladi.
41-rasm . Cho4chqa tasm asim on chuvalchangining hayotiy sikli: 
A-asosiy xo‘jayin - odam, B-bosh qismi, l)-germafrodit bo‘g‘im, 
E-yetilgan bo‘g ‘imlar guruhi, F-tuxum, G-oraliq xo‘jayin, H-go‘shtdagi 
flnna, I-odam miyasidagi finnalar, J-odam fakultativ oraliq xo‘jayin
sifatida.
Cho‘chqa tasmasimoni proglottidalarining har birida yuzlab 
urug‘donlar va uch bo‘lakli bitta tuxumdon boMadi. Bu chuvalchangning
167


bachadoni qoramol tasmasimoni bachadonidan farq qilib, 7-12 tagacha 
yon shoxchalar chiqaradi va doimo tuxumlar bilan toMib turadi.
Eng oxirgi yetilgan proglottidalaming uzunligi 10-12 mm va eni 5 
mm atrofida boMadi. Bundan tashqari, cho‘chqa tasmasimonining 
yetilgan bo‘gMmlari strobiladan birdaniga 5 -7 talab uzilib, xo‘jayini 
axlati bilan tashqariga chiqadi va bu bo‘gMmlar harakatsiz boMadi.
Cho‘chqa tasmasimoni lichinkasi ham xuddi qoramol tasmasimoni 
lichinkasi kabi sistitserk deyiladi. Bu lichinka har xil to 4qima va 
organlarda maxsus po‘stlarga o‘ralib parazitlik qiladi. Sistiserk no‘xat 
kattaligidagi pufakcha boMib, ichi tiniq suyuqlik bilan toMgan boMadi, 
uning uchida 4 ta so‘rgMchi va xartumi, ilmoqchalar bilan qurollangan 
skoleksi joylashgan.
Cho‘chqa tasmasimonining asosiy xocjayini odam hisoblanadi. 
Odamning ingichka ichagida voyaga yetgan tasmasimon chuvalchang 
parazitlik qiladi. Cho‘chqa, it, mushuk, tuya va quyonlar bu chuval- 
changning oraliq xo‘jayinlari hisoblanadi. Bunda cho'chqa va yuqorida 
aytilgan hayvonlar suv va har xil oziq-ovqatlar orqali chuvalchangning 
tuxumlari bilan zararlanadi. Oraliq xo‘jayin organizmida tuxumdan 
chiqqan 6 ilmoqli lichinka (onkosfera) qon va limfa tomirlariga o4ib, 
muskul to‘qimasi, miya, ko‘z va boshqa organlarga borib o‘rnashib, 
maxsus po‘stga o‘raladi va 2 -4 oydan keyin ikkinchi lichinkalik davri — 
sistiserkka aylanadi. Sistiserk cho‘chqa tanasida 3 yildan 6 yilgacha 
yashashi mumkin.
Sistiserk finna deb ham ataladi. Odamlar cho‘chqa tasmasimonini 
sistiserkli, y a’ni finnali cho‘chqa go‘shtini yaxshi pishmagan holda 
iste’mol qilishlari orqali o ‘zlariga yuqtiradilar.
Shuni ham aytib o ‘tish joizki, ba’zan odamlar cho‘chqa tasmasi­
monining asosiy xocjayini boMibgina qolmay, balki oraliq xo‘jayini ham 
boMishlari mumkin. Bunda parazitning tuxumi odamga oziq-ovqat, suv 
orqali yuqishi, ayrim hollarda esa ushbu gijja bilan kasallangan odamlar 
o‘qchiganida ichagidagi voyaga yetgan chuvalchanglaming tuxumga 
tola proglottidalari, ya’ni bo‘gMmlari oshqozonga koMarilib, oshqozon 
ichiga mingiab tuxumlar ajralib chiqishi mumkin. Shunday hollarda 
tuxumdan ajralgan lichinkalar-onkosferalar odamlar ichagini teshib 
qonga o ‘tgach, turli organlar - yurak, muskullar, o ‘pka, ko6z va hatto 
bosh miyaga ham borib o ‘mashishi mumkin. Bu yerda ular sistiserkka, 
ya’ni finnaga aylanadi. Finnalaming ayniqsa, ko‘zga o ‘mashib olishi 
xavflidir. Bunda odamlar ko4r boMib qolishlari ham mumkin. Miyaga 
o‘mashib olsa, odamlar oMadi. Ana shunday o ‘z-o‘zidan zararlanish
168


holati autoinvaziya deyiladi. Shu xususiyatiarini hisobga olganda, 
cho‘chqa tasmasimoni eng xavfli tasmasimon chuvalchanglardan biri 
hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir odam, agarda ichagida cho‘chqa 
tasma-simoni borligini sezsa, juda ehtiyot bo‘lishi, ozodalikka qattiq 
rioya qilishi, gijja tushirishda qayt qildiradigan dori ichmasligi kerak.
Cho‘chqa tasmasimonining voyaga yetgan shakli keltirib chiqa- 
radigan kasallik tenioz, lichinkalik davri vujudga keltiradigan kasallik 
esa sistiserkoz deyiladi. Yuqorida aytilganidek, odamlar ham tenioz va 
ham sistiserkoz kasalliklariga yo‘liqishlari mumkin. Cho‘chqalar esa 
faqat sistiserkoz bilan kasallanadi. Cho‘chqa sistiserkozi MDHda, 
ayniqsa, Ukraina, Belorussiya, Ozarbayjon va Rossiyaning markaziy 
qora tuprqq viloyatlarida keng tarqalgan. Bu kasallikning tarqalishini 
asosiy manbai tenioz bilan kasallangan odamlar hisoblanadi.
Cho‘chqa tasmasimoniga qarshi kurashish uchun aw alo, profilakti- 
ka chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak, ya’ni cho‘chqa go‘shtini 
yaxshilab ko4zdan kechirib, sistiserk (finna) bilan kasallangan yoki 
kasallanmaganligini aniqlash lozim. Xom va chala dudlangan chocchqa 
go‘shtini yemaslik hamda cho‘chqalarga gijjalarning yuqmasligi uchun 
ulami sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiq asrash kerak. Cho‘chqa 
tasmasimon chuvalchangi bilan kasallangan odamlami ham fenasal 
dorisi va oshqovoq urugM bilan davolash lozim.
K alta, y a’ni pakana zanjirsim on chuvalchang 

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə