G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

(Echinococcus granulosus
). Mahsuldor hayvonlarga 
va odamlarga juda katta zarar keltiradigan tasmasimon chuvalchang- 
lardan yana biri exinokokk (Echinococcus granulosus) hisoblanadi. 
Voyaga yetgan exinokokkning shakli tasmasimon boMib, uzunligi 2-6 
mm atrofida, tanasi skoieks va 3 -4 bo‘gMmdan iborat. Skoleksida 4 ta
173


so‘rg‘ichi va xartumi bor. Xartumi ikki qator joylashgan, 28 tacha xitinli 
ilmoqchalar bilan qurollangan. Skoleksdan keyingi birinchi va ikkinchi 
bo‘g‘imlari germafrodit bo'lib, unda 50 ga yaqin urug'don, urug‘ 
tashuvchi naycha, jinsiy bursa, tuxumdon, melis tanachasi va qin 
joylashgan. Oxirgi yetilgan bo‘g‘imi 400-800 ta tuxum bilan to'lgan 
bo‘ladi (46-rasm).
46-rasm . Exinokokk 
(Echinococcusgranulosus)
ning rivojlanish
sikli sxemasi.
Voyaga yetgan tasmasimon exinokokk it va boshqa go‘shtxo‘r 
yirtqich hayvonlaming ichagida 6 oy, ba’zan 1 yilgacha yashashi mum­
kin. Exinokokkning yetilgan oxirgi bo‘g ‘imlari asosiy xo'jayini axlati 
bilan tashqariga chiqariladi va bu bo‘g ‘imlar faol harakat qilib, 5-25 sm 
gacha bo'lgan masofani bosib o ‘tib, yem-xashak hamda boshqa narsa- 
larga o ‘z tuxumlarini sochadi.
Oraliq xo‘jayin!ar, ya’ni qo‘y, echki, qoramol, tuya, cho‘chqa va 
boshqa o ‘txo‘r hayvonlar exinokokk tuxumlarini yem-xashak bilan 
yutib, bu parazitni o'zlariga yuqtiradi.
Mazkur hayvonlar ichagida tuxumdan ajralgan 6 ilmoqli lichinka -
onkosfera tezda ichakni teshib qonga o'tadi, so‘ng hayvonlaming 
o'pkasi, jigari, buyragi va boshqa organlariga borib joylashadi. Bu 
organlarda exinokokk pufagi hosil bo'ladi. U juda sekin va uzoq o ‘sib, 
tobora kattalashib boradi.
174


Exinokokkning pufakli shakli 10-30 yilgacha ham o‘sishi mumkin. 
Pufak ichida exinokokk lichinkasi taraqqiy etadi va bosh qismi ichka- 
risiga qayrilgan ilmoqchali shakllar hosil boMadi. Exinokokk pufaklari 
bilan zararlangan organlaming hajmi kattalashib, shakllari o‘zgarib 
ketadi.
Exinokokk pufaklari no‘xatdek, yong‘oqdek, olmadek, yosh bola 
boshiga teng keladiganlari va undan ham katta bo‘ladi. Masalan, exi­
nokokk pufagi bilan zararlangan sigir o ‘pkasida og‘irligi 32 kg, jigarida 
esa 64 kg keladigan finna topilganligi va bunday finnadan 43 litrdan 
ortiq suyuqlik olinganligi fanga ma’lum. Bunday miqdordagi suyuqlik 
xo‘jayinining organizmini albatta kuchli zaharlaydi. Demak, exinokokk 
pufagi, birinchidan, hajmining katta bo‘lishi, ikkinchidan, birinchi pufak 
ichida ko‘p miqdorda ikkinchi tartibdagi mayda pufakchalarining bo‘li- 
shi va har qaysi pufakchaning ichida bir nechtadan bo‘lajak tasmasimon 
exinokokkning boshlari - skolekslari bo'lishi bilan boshqa tasmasi- 
monlaming finnasidan farq qiladi.
Xullas, pufak va pufak ichidagi qiz pufakchalarda lichinkalaming 
soni 10 tadan. 1000 tagacha bo‘Iadi. Asosiy xocjayinlari exinokokk 
pufagi bilan zararlangan organiami iste’mol qilish natijasida ularning 
ichaklarida exinokokk pufakchalaridagi skolekslardan jinsiy voyaga 
yetgan tasmasimon exinokokk hosil boMadi.
Exinokokk asosiy xo‘jayini ichagiga tushgandan 70-100 kundan 
keyin jinsiy voyaga yetadi va tuxumlarini chiqaradi. Exinokokk keltirib 
chiqiirndignn kasallik exinokokkoz deb ataladi. Bu kasaliik yer yuzining 
initi minlaqalarida keng tarqalgan. MDH mamlakatlarida hamma 
rcspublikalar ehorvachilik xo‘jaliklarida keng tarqalgan va chorva- 
chilikka hamda inson sogMigiga katta zarar yetkazadi. Ilmiy ma’lumot- 
larga qaraganda, exinokokk bilan kasallangan bir bosh qo‘ydan ocrtacha 
2,5 kg go‘sht, 300 g yog‘, 100 g jigar va 400 g ocpka hamda jun 
mahsulotlari kam olinadi. Exinokokkning lichinkali (pufakli) shakli 
odamlarda ham ko‘plab uchraydi. Masalan, Urugvayda 10 yil mobay- 
nida 3780 odam exinokokkoz bilan kasallangan. MDHda exinokokkoz 
Ukraina, Gruziya, Ozarbayjonda va 0 ‘rta Osiyo mamlakatlarida 
odamlarda uchrab turadi. Exinokokkning pufakli shakli faqat jarrohlik 
yo‘li bilan olib tashlanib davolanadi. Shuning uchun ham bu kasallikka 
qarshi kurashishning yagona choralaridan biri - profilaktika tadbirlari, 
ya’ni kasallikning kelib chiqishiga yo4l qo‘ymaslikdir. Buning uchun 
daydi va qarovsiz itlaming sonini kamaytirish kerak. Chorvachilik 
xo‘jaligidagi hamda ov itlarini muntazam ravishda degelmintizatsiya
175


qilish, y a’ni gijjaga qarshi dorilar berib turish kerak. So‘yilgan mollar- 
ning exinokokk pufaklari bilan kasallangan organlarini itga bermasdan, 
yo‘qotish hamda zararsizlantirish lozim.
Odamlar aksariyat hollarda itlarga yaqinlashganda, ulami 
silaganda, boshqa go‘shtxo‘r hayvonlami ovlaganda, terisini shilganda 
exinokokk tuxumini o‘ziga yuqtirib oladi. Chunki itlaming va boshqa 
go‘shtxo‘r hayvonlarning junida ko‘plab exinokokk tuxumlari boMadi. 
Shuning uchun ham odamlar sanitariya-gigiyena qoidalariga qattiq rioya 
qilishlari hamda itga ehtiyot boMib muomala qilishlari kerak. Exino- 
kokkozni aniqlash asosan immunologik usullar orqali olib boriladi. Bu 
kasallik rentgen usulida ham aniqlanadi.
Yuqorida qayd etlgan tasmasimon chuvalchanglardan tashqari, 
anoplosefalida (A noplocephalidae) oilasiga mansub chuvalchang­
lardan ham chorva mollari katta zarar ko‘radi. Bu oilaning vakillari ham 
voyaga yetgan davrida tuyoqli sut emizuvchilarning, jumladan, chorva 
mollardan - qo‘y, echki, qoramol, ot va tuyalaning ichagida parazitlik 
qiladi.
Respublikamizning turli mintaqalarida chorva mollaming ichagida 
anoplosefalidalar oilasiga kiruvchi: Moniezia, Thysaniezia, Avitellina, 
Anoplocephala, Paranoplocephala va Stilesia avlodlari turlari parazitlik 
qiladi. Monieziyalardan — 

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə