G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

(Diphyllobothrium
latum)
n in g rivojlanish b o sq ich lari: 1- serbar tasmasimon 
chuvalchangning voyaga yetgan shakli; 2-asosiy xo‘jayinlari; 3-parazit 
tuxumi; 4-koratsidiy lichinkasi; 5-birinchi oraliq xo'jayini-siklop;
6-proserkoid lichinkasi; 7-ikkinchi oraliq xo‘jayin (baliqlar);
8-pleroserkoid lichinkasi; 9-baliq muskulidagi pleroserkoidlar.
Sikloplar ichida koratsidiylar kipriklarini yo‘qotadi va onkosferalar 
ichak devorini teshib' tana bo‘shlig‘iga o ‘tadi. Bu joyda onkosfera 
keyingi lichinkalik stadiyasi - proserkoidga aylanadi.
Proserkoidning bosh qism ida 6 ilmoqli yumaloq, kichkina o‘sim ta 
boMadi. Proserkoidning rivojlanishi 3 haftacha davom etadi. Keyin­
chalik bunday lichinkalar bilan zararlangan sikloplami cho‘rtan, nalim 
va ba’zi losossimon baliqlar yutib yuboradi. Proserkoidlar baliq 
oshqozonidan muskullar, jig a r va boshqa organlariga o ‘tadi hamda
160


keyingi lichinkalik davri - pleroserkoidga aylanadi. Pleroserkoidning 
uzunligi 10-15 mm boMib, bosh qism ida so‘rgMchlar - botriylari aniq 
shakllangandir. B u lichinkalik stadiya yuqumli hisoblanadi.
O dam lar xom va chala pishirilgan pleroserkoidli baliq go‘shtini 
yoki ikrasini iste’mol qilganda, serbar tasmasimon chuvalchangni 
o'zlarig a yuqtiradilar. Odam organizmida 21 -3 6 kundan keyin plerotser- 
koiddan 8-1 5 , ba’zan 20 m uzunlikdagi jinsiy voyaga yetgan keng 
tasm asim on chuvalchang yetishadi. Shuni ham aytib o-tish kerakki, 6u 
parazitning rivojlanishida asosiy xo‘jayin va ikkita oraliq xo‘jayindan 
tashqari, ayrim hollarda, yana rezervuar xo‘jayin ham ishtirok etishi 
mumkin. Sunday rezervuar xo‘jayinlar har xil yirtqich baliqlar boMib, 
ular plerotserkoid bilan zararlangan mayda baliqlami yutib yuboradi. 
Bunda m ayda baliqlardagi plerotserkoid yirtqich baliqlar muskullariga 
va boshqa organlariga o‘mashadi va o‘zining tiriklik holatini saqlab 
qoladi. Masalan, bitta cho‘rtan baliqda 250 tagacha plerotserkoid 
uchraganligi aniqlangan. B ir sutkada kasallangan odam yoki hayvon 
ichagidagi parazit tashqi m uhitga 2,1 mln. gacha tuxum chiqaradi.
Serbar tasmasimon chuvalchang keltirib chiqaradigan kasallik 
difillobotrioz deb ataladi. Bu parazit odam ichagida 15 yilgacha va 
undan ham ko‘proq yashashi mumkin. U lar yirik boMganligi uchun ju d a 
ko‘p ovqatni iste’mol qiladi. B ir odam ichagida 143 tagacha parazit 
uchraganligi m a’lum. Difillobotrioz bilan kasallangan odamlarda bosh 
og‘rishi, ish qobiliyatining pasayishi, ko‘ngli behuzur boMishi, ich 
yurishining o‘zgarishi kabi holatlar kuzatiladi. Odamda gemoglobin va 
eritrotsitlar miqdori kamayib ketadi, bu esa kamqonlik kasalligini 
tug‘diradi. Parazit o ‘zidan turli zaharli moddalar ajratib chiqarib 
organizmni zaharlaydi.
Serbar tasmasimon chuvalchang daiyo va koMlar bo‘yidagi aholisi 
ko‘pincha baliq bilan oziqlanadigan hududlarda keng tarqalgan (masa­
lan, Kareliyada, Sankt-Peterburg viloyatida, Boltiq bo‘yida, Sibirda, 
Irtish, Ob, Lena, Yenisey, Amur, Pechora, N eva, Volga havzalarida, 
Baykal koMi atrofida yashaydigan aholi va yirtqich hayvonlar ko‘p 
zararlangan). Difillobotrioz kasalligiga qarshi yalpi kurash tadbirlari 
ko‘riladi. Jumladan, kasallangan odamlarani davolash, suv havzalarining 
ifloslanishini 
oldini olish, zararlangan baliqlam i, ya’ni yaxshi 
tuzlanmagan va yangi muzlatilgan baliqlami, ulam ing ikralarini iste’mol 
qilmaslik, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kabi tadbirlar am alga 
oshiriladi. Kasallangan odamlar fenasal va oshqovoq urugM bilan 
davolanadi.
161


K a m a r c h u v a lc h an g yoki ligula 

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə