G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

Schistosoma, Orientobilharzia
va boshqalar) hisoblanadi. Shistosoma­
lar qon parazitlari boMib, odam va hayvonlarning qorin bo‘shlig‘idagi 
yirik vena qon tomirlarida, shuningdek, buyrak, qovuq venalarida para­
zitlik qiladi. Asosan issiq iqlimli mamlakatlarda, ya’ni Afrika, Osiyo va 
Janubiy Amerikada keng tarqalgan.
Ular ayrim jinsliligi bilan boshqa trematodalardan farq qiladi. 
Erkagining tanasi ancha yo‘g ‘on, 10-15 mm uzunlikda boMadi, ulam ing 
qorin tom onida maxsus tam ovsim on chuqurchasi boMib, unga uzun (20 
mm dan ortiq) va ingichka urg'ochisini joylashtirib birga yashaydi. 
Shistosomalarning so'rgMchlari kuchsiz rivojlangan yoki butunlay 
boMmaydi.
Shistosomalar, ya’ni qon ikki so ‘rgMchlilari biogelmintlar boMib, 
ulam ing rivojlanishida oraliq xo‘jay in sifatida planorbis urugMga 
mansub suv mollyuskalari qatnashadi (31-rasm).
U rg‘ochi chuvalchang odam qon tomiri devorini yem irib, qovuq 
devorining biriktiruvchi to'qim asiga tuxum qo‘yadi. Buning natijasida 
qovuq yalligManadi va kasallanadi. Miratsidiy lichinkasi boMgan 
tuxumlari ichak va siydik pufagi devorlarini teshib, uning bo'shligMga,
141


undan xocjay in axlati va siydigi orqali tashqariga chiqadi. Suvga tushgan 
tuxum lardan m iratsidiy chiqib, oraliq xo‘jayini - qorinoyoqli mollyuska­
lar tanasiga kirib oladi.
b
31-rasm . S histosom atoz q o ‘zg‘a tu v ch ilari 
(Schistosoma sp
.)ning
riv o jlan ish sikli: 
a-asosiy xo‘jayin; la-urg‘ochi va erkak parazitlam ing kopulyatsiyasi; 
lb-parazitning tuxum i; 2-miratsidiy; b-rivojlanish sikli namunasi; 
3-Planorbis urug‘iga m ansub qorinoyoqli moliyuska; 3a-birinchi 
yoshdagi sporotsista; 3b-ikkinchi yoshdagi sporotsista; 4-serkariy.
Shundan so‘ng, m ollyuskalar jigarida dastlab ona sporotsistalar, 
keyin q iz sporotsistalar, rediylar va oxiri esa dumlari ayrisimon hara- 
katchan serkariylar hosil boMadi. M oliyuska organizm ida bitta miratsi- 
diydan 200 m ingtagacha serkariylar yetishadi.
Serkariy asosiy xo‘jayinga, y a ’ni odam ga cho‘m ilish paytida yoki 
serkariylar mavjud bo‘lgan botqoqliklarda ishlayotganda (sholipoyada) 
serkariylar stileti yordam ida xo‘jayini terisini teshib qon aylanish
142


sistemasiga o ‘tadi va butun organizm boc у lab migratsiyalanadi. Parazit 
43-55 kundan keyin jinsiy voyaga yetib tuxum qo‘ya boshlaydi. 
Shistosomalar keltirib chiqaradigan kasallik shistosomoz deyiladi. Jahon 
sogMiqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda yer yuzida 
700 mln. dan ortiq odamlar shistosomoz kasalligidan azob chekadi.
Odamlarda, asosan Schistosoma mansoni, Schistosoma haemato­
bium, Schitosoma japonicum kabi turlari ko‘proq parazitlik qiladi. 
Braziliyada Schistosoma mansoni turi bilan 4 mln. dan ortiq kishi, Misr 
va boshqa arab mamlakatlarida Schistosoma haematobium turi bilan 16 
mln. kishi kasallangan. Braziliyada 50-70 % aholi ichak shistosomozi 
bilan kasallangan. M isrda ba’zi qishloqlarda aholining 60 - 95 % ushbu 
kasallik bilan zararlangan. Shistosomalar bemorlar tanasida 5-10 
yilgacha parazitlik qiladi.
Shistosomalar odamlarning qovuq, buyrak va siydik nayining 
devorini jarohatlashi tufayli siydik bilan birga qon ham ajraladi. 
Zararlangan organlam ing yalligManishi va parazit tuxumlari atrofida 
fosforli tuzlam ing to‘planishi tufayli qovuqda tosh hosil boMishiga olib 
kelishi mumkin. Bu parazitlar bilan kasallangan odamlarga ambilgar, 
antiomalin, miratsil-D, ginanton, metrifonat kabi dorilar qoMlaniladi. 
Chorva mollarining ichak, jigar, oshqozon osti bezi kabi organlari qon 
tomirlarida parazitlik qiladigan qon ikki so‘rgMchlilariga - Oriento- 
bilgartsiya kiradi.
Bu parazitni birinchi m arta 1913-yili akademik K.I. Skryabin 
topgan. Parazitning keltirib chiqaradigan kasalligi orientobilgartsioz 
deyiladi. Bu kasallik asosan Iroq, Eron, Hindiston, Pokiston, Turkiya va 
M o‘g ‘iliston davlatlarida keng tarqalgan. MDHda esa 0 ‘rta Osiyo 
mamlakatlarida, Ozarbayjon va Uzoq Sharqda uchraydi. O czbekistonda 
bu parazit asosan Xorazm viloyati va QoraqalpogMston Respublikasida 
keng tarqalgan.

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə