G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

(Paragonimus westermani).
Bu parazit ham 
odam, it, mushuk, cho‘chqa va boshqa yirtqich sutemizuvchilaming 
o‘pkasida, ba’zan esa jigar, miya, oshqozon osti bezida parazitlik qiladi.
0 ‘pka so‘rg‘ichlisi, asosan, Xitoy, Koreya, Filippin, Tailand, Ne­
pal, Hindiston va G ‘arbiy Afrikada krab va qisqichbaqalami yeb hayot 
kechiradigan odam va yirtqich hayvonlarning o‘pkasida parazitlik qilib, 
paragonim oz kasalligini tarqatadi. MDH da Uzoq Sharqda kamdan-kam 
odam lar bu kasallikka chalinib turadi.
0 ‘pka so‘rgMchlisining tanasi oval, tuxumsimon shaklda, rangi 
qizg‘ish-jigarrang boMib, uzunligi 10-16 mm keladi. Butun tanasi sirtqi 
tomondan tikanaklar bilan qoplangan boMadi. 0 ‘pka so'rgMchlisining 
o ‘ziga xos belgilaridan biri tanasining o‘rtasida qorin so'rgMchi, uning 
atrofida esa bachadon bilan tuxumdonlar joylashgan. Ulardan pastroqda 
ikkita boMakchali urug‘donlar yotadi. Tanasining oldingi qism ida ogMz 
so ‘rgMchi bilan o‘ralgan og‘zi joylashgan. O g'zidan halqum, so ‘ng qisqa 
qizilo‘ngach davom etadi. Ichaklari ikki shoxli boMib, tanasining orqa 
qism igacha boradi va berk holda tugaydi.
0 ‘pka so'rgMchlisining rivojlanishi oraliq va q o ‘shim cha xo‘ja- 
yinlar orqali boradi. Asosiy xo‘jayinlari odam, it, mushuk, yoMbars, 
cho‘chqa va boshqa yirtqich hayvonlar hisoblanadi.
Parazit tuxumlari asosiy xo(jayinining balg‘ami (o‘pkada parazitlik 
qilganda) yoki axlati (ichak paragonimozi) bilan tashqariga chiqadi va 
bu tuxum lam ing rivojlanishi suvda kechadi.
137


O epka so ‘rg 6ichIisining oraliq xo‘jayini ikkita: birinchisi Semisul- 
cospira, M elania urug‘lariga kiradigan mollyuskalar, ikkinchisi Pota- 
m on, Eriocheir avlodlariga kiradigan chuchuk suv krablari va Cam ba- 
roides urug‘iga kiruvchi qisqichbaqalar hisoblanadi. Parazit tuxumlari 
suvga tushgach, bir necha kundan keyin tuxum dan lichinka - miratsidiy 
chiqadi.
M iratsidiylar suvda faol suzib yurib, o‘zining birinchi oraliq 
x o cjayini - suv shilliqqurtini topib, uning tanasiga kiradi va keyingi 
lichinkalik davri - sporotsistaga aylanadi.
Keyinchalik sporotsistalardan rediylar rivojlanadi, rediylardan esa 
serkariy lar taraqqiy etadi.
Serkariylarda rudim ent holdagi dumi va tesha oladigan kutikulyar 
stileti boMadi. M ollyuskalardan suvga chiqqan serkariylar suvda suz- 
masdan, balki suv havzalari tubida sekin harakatlanadi va faol ravishda 
ikkinchi oraliq xo‘jayinlari bo‘lmish chuchuk suv krablari va qisqich­
baqalar organizm iga kiradi. Serkariylar xo‘jayinlarining muskullari
jigari va jabralarida yashab, o ‘rta hisobda 6 hafta ichida yuqumli holatga 
ega bo‘lgan lichinkalik bosqichi» metatserkariyga aylanadi. M etatser­
kariy bosqichida dumi b o ‘lmaydi, ancha mustahkam qobiqqa o‘ralgan 
bo'ladi. Asosiy xo‘jayinlari, ya’ni odam, it, mushuk, cho‘chqa, to‘n g ‘iz 
cho‘chqa, yoMbars, qoplon, y o w o y i m ushuk va boshqa yirtqich sutemi- 
zuvchilar m etatserkariy bilan zararlangan krablam i va qisqichbaqalam i 
xom ligicha yeganda parazitlam i o'zlariga yuqtiradi. A sosiy xo‘jayini 
ichiga kirgan m etatserkariylar 12 barmoqli ichak devorini teshib, tana 
bo‘shlig‘iga o ‘tadi, so ‘ng diafragma va plevra orqali o‘pkaga boradi. 
Asosiy xo‘jayini zararlanishidan to parazitlam ing tuxumi chiqqungacha 
bo‘lgan vaqt 3 oyga to ‘g‘ri keladi.
Vesterm an so ‘rg ‘ichlisining odam uchun xavfli tomoni - o ‘pkada 
ko‘plab tugunlar hosil qiladi, natijada k o 'krak og‘riydi, nafas siqiladi, 
yo€tal paydo bo‘ladi va o cpkadan qon keladi. Bunday tugunlar bosh 
miyada ham hosil boMishi mumkin. Odamlarni davolash uchun turli 
dorilar ishlab chiqilgan (bitionol), lekin og‘ir hollarda faqat jarrohlik 
yoMi bilan davolash mumkin. A gar bemorning o ‘pka va miyasida parazit 
tugunlari haddan tashqari ko‘payib ketsa, jarrohlik yo‘Ii ham foyda 
bermaydi.
Paragonim oz kasalligini aniqlash uchun bem orning balg‘ami va 
axlati tekshirilib, parazit tuxum lari aniqlanadi.
Asosiy profilaktik choralarga yaxshi pishirilm agan krab va qis­
qichbaqalami yem aslik, suv havzalariga hayvonlar axlatining tushishiga
138


y o 4l q o ‘ym aslik hamda aholi o ‘rtasida gigiyena qoidalariga rioya qilish 
to 6g‘risida targ‘ibot ishlarini olib borishdir.
K lo n o rx isla r (C lonorchis). Klonorxislardan - 

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə