G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

Clonorchis sinensis
ning uzunligi 10-20 mm atrofida bo‘lib, tanasi yassilashgan, ikkita 
so ‘rg ‘ichi bor. Parazitning tuzilishi va rivojlanishi opistorxisnikiga 
o ‘xshash.
B u trem atodaning ham asosiy xo‘jayinlari odam va yirtqich sute­
m izuvchilar hisoblanadi. Asosiy xo‘jayinlarining jigarida, o ct pufagida 
va oshqozon osti bezida parazitlik qiladi.
Parazitning tuxumi sariq-jigarrang boMib, suvga tushganidan keyin 
miratsidiy lichinkasi chiqadi. Lichinka oraliq xo4jayini - suv shilliq- 
qurtlariga (Bithynia) kirib rivojlanishini davom ettiradi. Mollyuska tanasida 
miratsidiydan sporotsista, sporotsistadan rediy, rediydan serkariy kabi 
lichinkalik bosqichlari 2 oy davomida rivojlanadi. Serkariy mollyuska 
tanasidan suvga chiqib, karpsimonlar oilasiga kiruvchi baliqlar va 
qisqichbaqalar tanasiga o‘tib, metatserkariy bosqichiga aylanadi (29-rasm).
2 6 -rasm . X itoy ik k i so‘rg*ichlisi 
(Clonorchis sinensis)
ning tash q i 
k o 'rin ish i va rivojlianish sikli: 1-voyaga yetgani(marita); 
2~asosiy xo‘jayinlari; 3-tuxumi; 4-oraliq xo‘jayini(Bithynia avlodiga 
m ansub mollyuska); 5-miratsidiy; 6-sporotsista; 7-rediy; 8-serkariy; 
8a-mollyuskadan suvga chiqqan serkariy; 9-qo‘shimcha xo‘jayini-
baliqlar; 10-metaserkariy.
139


O dam lar va yirtqich sutemizuvchilar klonorxislar metatserkariylari 
bilan zararlangan baliqlar va qisqichbaqalarni yeyishi natijasida parazit­
ni o 'zlarig a yuqtiradi. Odamlarga m etatserkariylar o'tgandan 4 oydan 
keyin parazit jinsiy voyaga yetib, tuxum qo‘ya boshlaydi. Klonorxis 
odam lar organizm ida 25 yilgacha parazitlik qilib hayot kechirishi 
mumkin.
Klonorxislar asosan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Koreya 
Xalq D em okratik Respublikasida keng tarqalgan boMib, odamlar 
o‘rtasida klonorxoz kasalligini keltirib chiqaradi. M DH da klonorxislar 
A m ur daryosining suv havzalari atrofidagi aholi o'rtasida uchrab turadi. 
Klonorxislarni aniqlash, davolash va oldini olish choralari opistorxis- 
lam ikiga o‘xshash.
M e ta g o n im u sla r (M etagonim us). M etagonim uslardan - 
Metago-
nimus yofcogawai
ning uzunligi 1—2,5 m m atrofida (30-rasm).
3 0 -rasm . M etagonim us 
(Metagonimusyokogawai)ning tuzilishi
:
1-og‘iz so ‘rg‘ichi; 2-ichagi; 3-qorin so‘rg ‘ichi; 4- urug* yo‘li;
5-bachadon; 6-urug‘ qabul qiluvchi; 7-tuxumdon; 8-sariqdonlari;
9-urug‘donlari.
Metagonimus odam, mushuk, it, cho‘chqa va boshqa yirtqich 
sutemizuvchilaming ingichka ichagida parazitlik qiladi. B u parazit bilan
140


kasallangan asosiy x o ‘jayinlari axlatlari orqali tashqi m uhitga tuxum- 
larini chiqaradi. M etagonimusning oraliq xo‘jayinlari chuchuk suv 
shilliqqurtlari va q o ‘shim cha xo‘jayinlari har xil turga kiruvchi baliqlar 
(zog‘ora baliq, leshch, laqqa baliq, do‘ng peshona, gulmoy baliq va 
bosh.) hisoblanadi. M etatserkariylar baliqlaming tangachalarida, suzgich 
qanotlarida, jabralarida va teri osti yog* qavati hujayralarida hamda 
muskullarida joylashadi.
Odam va yirtqich sutemizuvchilar metatserkariylar bilan zarar­
langan baliqlam i iste’mol qilishi natijasida parazitni o ‘zlariga yuqtiradi. 
Metagonimoz q o ‘zg‘atuvchilari bilan asosan Xitoy, Yaponiya, Janubiy 
Koreya, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Filippin orollari 
atrofidagi aholi ko‘proq zararlanadilar. MDH da esa Am ur daryosi suv 
havzalari atrofidagi odamlarda uchrab turadi. Odam lar asosan xom 
baliqlami yeyishlari oqibatida kasallanadi.
M etagonim oz qo'zg'atuvchisini aniqlash, bu parazit bilan kasal­
langan odamlarni davolash va profilaktik chora-tadbirlarni olib borish 
opistorxoznikiga o'xshash. Kasallangan odamlar naftamon va komban- 
tirin kabi dorilar bilan davolanadi.
S h isto so m alar (Schistosom a) ning tuzilishi va biologik xusu- 
siy a tlari. Trematodalar sinfi orasida odam va hayvonlarning xavfli 
parazitlaridan yana bir gum hi qon ikki so‘rg‘ichlilari - shistosomalar 
С

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə