G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

(Prosthogonimus')
uru- 
gMning vakillari, ayniqsa, 
Prosthogonimus ovatus
va 
Prosthogonimus
cuneatus
turlari tovuq, kurka, o ‘rdak, g‘o z va boshqa y ow oyi 
parrandalarning fabritsiyev xaltasi va tuxumdonlarida parazitlik qilib, 
prostogonimoz kasalligini keltirib chiqaradi.
B u parazitning tanasi noksim on shaklda, dorzoventral tomondan 
yassilangan. Uzunligi 3 -6 mm, eni esa 1-2 mm keladi. Ichaklari ogMz 
so'rgMchi bilan qorin so ‘rgMchi oraligMda ikkiga shoxlangan. Qorin 
so‘rg‘ichi ogMz so‘rgMchiga nisbatan ancha yirik. U rug‘donlari ikkita, 
ovalsim on ko'rinishda, asosan tanasining orqa yarmida joylashgan. 
Tuxumdoni qorin so‘rgMchining yuqorisida, sariqlik bezlari tananing 
ikki yon tomonida, bachadoni esa tanasining orqa tom onida joylashgan. 
Prostogonimning rivojlanishi uchta xo‘jayinda ketadi (27-rasm).
Birinchi oraliq xo'jayini chuchuk suvda yashovchi 
Bithynia
va 
Gyraulus
urugMga mansub molluskalar, ikkinchi oraliq xocjayinlari, 
y a ’ni qo‘shimcha xo‘jayinlari har xil turga kiruvchi ninachilar 
(
Libellula

Anax, Sympetrum
va boshqa urugMar turlari) va asosiy 
xo‘jayinlari esa parrandalar hisoblanadi.
Parazitning tuxumlari parrandalarning tezagi bilan tashqi muhitga
suvga tushgandan 8 -1 4 kundan keyin tuxumdan m iratsidiy lichinkasi 
chiqadi va faol harakat qilib, birinchi oraliq xo'jayini - molluskalarning 
ichiga kiradi. M ollyuska jigarida miratsidiy sporotsistaga aylanadi va 
sporotsista ichida uzun dumli serkariylar yetiladi va ular mollyuskadan 
suvga chiqadi. Keyinchalik serkariylar ikkinchi oraliq xo‘jay in -
ninachilar lichinkasining ichiga kirib oladi.
133


27 -rasm . P rostogonim us 
(Prosthogonimus ovatus)
ning tuzilishi va 
rivojlanish sikli: 
ArProsthogonimus ovatusmng
tuzilishi: 
1-jinsiy teshiklar; 2-og‘iz so‘rg‘ichi; 3-tomoq; 4-qizilo‘ngach; 5-bursa;
6-bachadon; 7-ichak; 8-tuxumdon; 9-qorin so‘rg‘ichi; 10-sariqlik bezi;
11 -urug‘donlar; B- P ro sth o g o n im u s ovatus/iing riv o jlan ish sikli:
I. Asosiy xo‘jayin-tovuq; II. Birinchi oraliq xo‘jay in - mollyuskalar; 
III. Ikkinchi oraliq x o ‘jay in - ninachi; a-jinsiy voyaga yetgan parazit; 
b-tuxum; d-sporotsista; e-serkariy; f-g-metatserkariylar.
Bu yerda serkariy ninachi lichinkasi ichagining devorini teshib, 
qorin 
muskuli 
oralig‘iga 
kelib joylashadi 
va to ‘rtinchi 
kuni 
metatserkariyga aylanadi. M etatserkariy kapsulaga o‘ralib, 70 kundan 
keyin yuqumli (invazion) holatga aylanadi. Asosiy xo‘jayinlari — 
parrandalar metatserkariy bilan zararlangan ninachilar va ulam ing 
lichinkalarini yeyishi bilan parazitni o ‘zlariga yuqtiradi. Parranda 
ichagidan metatserkariy kloaka orqali tuxum y o ‘Ii va fabritsiyev 
xaltasiga o ‘tadi va taxm inan ikki hafladan keyin jinsiy voyaga yetadi.
Parrandalar yoshidan q at’iy nazar prostogonimoz bilan kasallanadi. 
Kasallik, ayniqsa, tuxum qiladigan tovuqlarda ju d a og‘ir kechadi. Ka- 
sallik manbai prostogonimoz bilan kasallangan uy va y o w o y i parran­
dalar hisoblanadi. Prostogonim oz bilan kasallangan parrandalam ing 
tuxum don yoMlari y allig ian ad i, natijada tuxum po‘stlog‘ini hosil qiluv-
134


chi qismining ish faoliyati buzilib, parranda, shu jum ladan, tovuq 
po‘st!oqsiz yoki yupqa po‘st!oqli yumshoq tuxum qo‘yadi.
Prostogonimozga qarshi kurashish uchun a w a lo , kasallangan 
parrandalami geksaxioretan va uglerod (IV ) - xlorid preparatlari bilan 
davolash kerak. Parazitning tarqalishiga yo‘l qo‘ymasiik uchun parran- 
dachilik fermasi binolarini suvga yaqin joyga qurmaslik, parrandalami 
botqoq yaylovlar va yom g‘ir yog‘gandan keyin yayratish maydon- 
chasiga chiqarmaslik, parrandalami invaziyaga gumon qilingan suv 
havzalaridan sug‘ormaslik kerak.
0 ‘r d a k va g4oz. M u sh u k ik k i so‘rg ‘ichIisi 

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə