143
MOLIYA TIZIMI RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY
TENDENSIYALARI
(BANK SOHASIDA)
Madaminov Farrux Farxodovich
5A230202 –“Biznesni boshqarish”
(Master of Business Administration-MBA)
“Moliya va moliya texnologiyalari” mutaxassisligi magistranti
Annotatsiya
: maqolada moliya tizimini rivojlantirishda zamonaviy tendensiyalardan
foydalanishning mohiyati haqida fikrlar bayon etilgan.
Kalit so’zlar
: innovatsion iqtisodiyot, milliy innovatsion tizim, inson kapitali, ilmiy-
texnik
taraqqiyot, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi, tatqiqot, mamlakatning innovatsion
salohiyati.
Bugungi kunda respublikamizda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi natijasida,
tijorat banklarining yangi innovatsion elektron xizmatlariga talabi yanada ortgan. Aholi
o‘rtasida bank binosiga bormasdan, birgina telefon, kompyuter yoki boshqa informatsion
texnologiyalar orkali ko‘plab amaliyotlarni bajarish imkoniyati ommalashgan.
SHuningdek, tanlangan tashkilotning mobil ilovasi
yoki rasmiy saytiga kirib, kerakli
malumotni olish, turli to‘lovlarni amalga oshirish, buyurtma
berish va shikoyat yoki
etirozlar yo‘llash mumkin.
Hozirda elektron bazaga jamlangan axborotlarning rakamlashtirilganligi natijasida
avvallari ma’lum muddat kutishga to‘g‘ri keladigan bank amaliyotlarini bir necha soniyada
o‘tkazish imkonini beruvchi dasturlar, qurilmalar yaratilgan.
Hayotimizga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
mana shunday shiddat
bilan kirib kelishi jahon xo‘jalik aloqalarining globallashuvini, tovar va xizmatlar, shu
jumladan, moliyaviy xizmatlarni yetkazib beruvchilar
bozorida raqobatni keskin
kuchaytirib yubordi.
Bank
tizimida
zamon
talablariga
mos
holda
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy qilish va shu orqali ko‘plab bank xizmatlarini avtomatlashtirish
ishlari jadallashgan.
O‘zbekiston Respublikasining 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan bank
144
tizimini isloh qilish strategiyasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
keng
joriy etish, tijorat banklarining biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va masofaviy
bank xizmatlari turlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tijorat
banklarini korporativ transformatsiya qilish jarayonida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida asosiy vazifalar belgilab olingan:
➢
masofaviy bank xizmatlari, shu jumladan, kontaktsiz to‘lovlar soni va
qamrovini
kengaytirish;
➢
avtomatlashtirilgan skoring tizimi, raqamli identifikatsiyalash va kredit
konveyerlaridan keng foydalanish;
➢
bank ma’lumotlari va tizimlarining axborot xavfsizligini kuchaytirish;
➢
bank sohasidagi yangi konsepsiya va texnologiyalarni keng joriy etish
(fintex, raqamli bank).
Bu vazifalarni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad respublikamizda
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish asnosida aholining moliyaviy va huquqiy
savodxonligini
oshirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi integratsiyasini jadallashtirishdan iborat.
O‘zbekiston bank tizimida so‘nggi yillarda bank xizmatlarining sifati va
ko‘lamini oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Lekin jahonda bo‘layotgan
o‘zgarishlar, globallashuv jarayoni, raqobatbardoshlikni haddan ziyod rivojlanishi, tijorat
banklarining transformatsiya jarayonini yanada faollashtirish, mijozlarga ko‘rsatilayotgan
bank xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi.
Respublikamizda so‘nggi 4 yilda bank tizimini transformatsiya qilish hamda
rivojlantirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirga ega maqbul
qaror va farmonlar qabul
qilindi:
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonun (yangi
tahrirda);
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun (yangi tahrirda);
«To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi qonun;
“Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-