41
ravishda suv bosib turadigan yerlarda ancha keng tarqalgan. Bu tuproqlar sizot suvlari yaqin
(ko‘pincha 0,5 m dan yuqori) va toshqin suvlari yangitdan keltirilgan yotqiziqlar ustida hosil
bo‘ladi. Yangi paydo bo‘lgan botqoq tuproqlarning yuqori qatlamlari och ko‘kimtir
- kul rang
bo‘lib, chala chirigan o‘simlik qoldiqlari ko‘p uchraydi. Ba‘zan chirindi qatlami ko‘milgan
gorizontlar ham bo‘ladi. Yosh botqoq tuproqlarda 1 foizgacha gumus, 0,04-0,07 foiz azot bor.
Torfli qatlamlarda gumus ko‘p (3-6 foizgacha) va shunga ko‘ra azot, fosfor miqdori ham ancha
yuqori.
Tuproqnig organik qismi turli xildagi tarkibdagi organik moddalardan tashkil topgan. Bu
organik moddalar o‘simliklar, jonivorlar va mikroorganizmlarning har xil darajada chirigan
qoldiqlaridan hamda tuproqnig o‘ziga xos moddasi - gumus yig‘indisidan iborat. Tuproqnig
organik qismini tarkibi taxminan quyidagi nisbatda., gumus 15%, o‘simlik qoldiqlari 10%,
tuproq florasi va faunasi (tirik zamburglar, suv o‘tlari, baktеriya va aktinomitsеtlar, yomg‘ir
chuvalchanglari kabilar) 5% chamasida bo‘ladi.
Yashil o‘simliklar to‘playdigan biomassa umurtqasiz hayvonlar
va mikroorganizmlarga
nisbatan o‘nlab, yuzlab marotaba umurtqali hayvonlarga nisbatan esa bir nеcha ming marotaba
ko‘p. Ilgari aytilgandеk, turli o‘simliklar formatsiyasi qoldiradigan, har yili to‘planadigan
organik modda (biomassa) bir xil emas va gеktariga o‘rtacha 2,2-13,7 tonnani, nam subtropik
o‘rmonlarda esa hatto 30-35 tonnani tashkil etadi.
Tuproqda to‘planadigan organik moddalar tarkibida kul moddalar (Sa,Mg,K,P,Si,S,Fе
singari) uglеvodlar,
oqsillar, lignin, lipidlar, mumlar, smolalar, oshlvchi moddalar va boshqa
organik birikmalar bo‘ladi. Dеmak, tuproqdagi organik moddalar tarkibining murakkabligi va
xilma-xilligi organik qoldiqlarning turlicha bo‘lishiga hamda kеyinchalik o‘zgarish sharoitlariga
bog‘lik bo‘ladi. Organik birikmalarning tuproqda parchalanishi
murakkab va uzoq kеchadigan
jarayon bo‘lib, unda mexanik, fizik, biologik va biokimyoviy omillar natijasida juda murakkab
o‘zgarishlar ro‘y bеradi.
Tuproqda turli kimyoviy birikmalarning parchalanishi va murakkab o‘zgarishi ro‘y bеr adi.
Oqsillarning parchalanishi mikroorganizmlarning jonivorlar va o‘simliklar tarkibidagi oqsillar
protеaza fеrmеntlari ishtirokida aminokislotalargacha parchalanadi. O‘simlik qoldigi odatda 1%
azot saqlanib S/N nisbati t 0% gacha bo‘lishi mumkin. Mono va disaharidlarning o‘zgarishi tirik
o‘simlik matеriallari, ularning qoldiqlari va tushamalarida mono va disaharidlar miqdori r
foizdan, foizning undan bir ulushiga qadarli o‘zgarib turadi. Kraxmal gidrolizi amilaza
fеrmеntlari ishtirokida boradi. O‘simlik qoldiqlarining qayta o‘zgarishi
bilan kraxmal miqdori
tеz va kеskin kamayishi mumkin.
Sеllyulozaning faqatgina 5 % sеllyuloza fеrmеntlarini sintеzlaydigan mikroorganizmlar
tomonidan parchalanadi, chunki sеllyuloza molеkulalari pеktin va mum qobigi bilan o‘ralgani
uchun uning parchalanishi susayadi. Tundra zonasida sеllyulozaning parchalanishi sеkin bo‘lib,
yil davomida 2-5 % dan 0,5 % tashkil etadi. Lipidlar oqsillar, qand va kraxmalga nisbatan
sеkinrok parchalanadi. Organik qoldiqlarni parchalaydigan zamburuqlarning xujayralarida 20 %
gacha lipidlar bo‘lganligidan ular biomassasining ko‘payishi bilan lipidlar miqdori ham oshadi.
Aromatik birikmalar asosan zamburuqlar ishtirokida parchalanadi.
Masalan ligninning tarkibiy
qismlariga parchalanishi oksidi - rеduktaza, liaza, ektеraza, laktaza kabi fеrmеntlar ta'sirida
boradi.
1. Minеrallanish - murakkab organik birikmalarning oddiy moddalar (SOg, Ng9, Nqg kabi)
parchalanishi va sintеzlanishi ro’y bеradi.
42
2. Gumusning hosil bo’lishi (gumifikatsiya) jarayonlari ro’y bеradi.
3. Tuproqqa tushadigan organik qoldiqlar, aytilgandеk, turli biokimyoviy va fizik-kimyoviy
jarayonlar natijasida ularning asosiy qismi oxirgi maxsulotlari (SO
2
, N
2
O va oddiy tuzlar)ga
qadar oksidlanib minеrallashadi, bir qismi esa murakkab o’zgarishlarga uchrab tuproqnig
o’ziga xos gumusli moddalarini hosil qiladi
.
Bu jarayonga gumusga aylanish dеb ataladi. Xullas gumus hosil bo‘lishi nihoyatda
murakkab jarayon bo‘lib, turlicha shart-sharoitlar va omillarga bog‘lik va uni bir xildagi nazariya
bilan tushuntirish qiyin. Ana shu qilingan tadqiqotlar asosida L.N. Alеksandrova tuproqdagi
organik qoldiqlarning gumusga aylanishining fulvatli, fulvat - gumatli
va gumuatli tiplarga
ajratadi.
1.Gumusga aylanayotgan oralik maxsulotlar (aminokislota-oksikislota, fеnol, monosaqarid
kabi) moddalar.
2. Gumus moddalari chirindining o’ziga xos asosiy spеtsifik qismi bo’lib barcha gumus
tarkibining15-90 % ni tashkil etadi.
Olingan ma'lumotlarga ko‘ra hozirgi vaqtda gumus moddalari tarkibi gumin kislotalari,
fulvokislotalari va gumin (gidrolizlanmaydigan) moddalardan iborat.
Dostları ilə paylaş: