37
sabab jinslarda karbonatlarning ko‘pligi va gurunt suvlarining
tarkibida ohak va magniy
tuzlarining (qattiq suv) ko‘p bo‘lishidir. Gurunt suvlari yuqoriga ko‘tarilayotganda biroz isiydi
va natijada pastki gorizontlarda ohak (kalg‘tsiy karbonat) cho‘kmaga tushadi, karbonatli
«sho‘x», ohakchil (mergelg‘) va turli o‘lcham va shakldagi konkretsiyalar (har xil shakldagi
yangi hosilalar) holidagi qatlamlar vujudga keladi.
Kuchsiz minerallashgan gidrokarbonatli gurunt suvlari uchraydigan xududlarda o‘tloq
jarayon tuproqlarning karbonat kalg‘tsiyli va karbonat magniyli sho‘rlanishi
bilan birgalikda
kechadi. Bu tipdagi sho‘rlanishni Zarafshon va Farg‘ona vodiylarida birinchi bo‘lib
D.M.Kuchuchkov (1951) aniqlagan. O‘tloq tuproq paydo bo‘lish jarayonining doimiy yo‘ldoshi
– bu sizot suvi ishg‘ol etgan pastki qatlamlarda sodir bo‘ladigan botqoqlanishdir, ya‘ni
qaytarilish jarayonining kuchli bo‘lganligi (anaerob sharoitda) ko‘pincha gley (berch)
qatlamning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Botqoqlanish darajasi gurunt suvlarning chuqurligiga
va rejimiga bog‘liqdir. O‘tloq tuproqlardagi gley (berch) qatlam gurunt suvlarining sathiga
bog‘liq bo‘lib, har xil chuqurliklarda uchraydi. Gleylanish loyli guruntlarda juda kuchli namoyon
bo‘ladi. Berch qatlamda va uning ustida temir oksidlari qo‘ng‘ir tusdagi dog‘
holida ajralib
chiqadi. Bu havoning kirishi tufayli temir chala oksidlari (zakislari) ning temir oksidlariga
aylanishidir.
Minerallashgan gurunt suvlari yuza joylashgan yerlarda tuzlar tuproqning ustki
qatlamlarida to‘planib, tuproqni sho‘rlantiradi. O‘tloq tuproq paydo bo‘lish
jarayoni sharoitiini
aniqlovchi, namlik rejimi va biologik jarayonning jadalligi va o‘zgaruvchanligiga olib keladi.
Jarayon gidromorflilikni kuchaytirishi mumkin, bunda o‘tloq tuproqlar botqoq tuproqlarga,
sho‘rlangan tuproqlar esa sho‘rxoklarga o‘tishi mumkin, yoki dasht (quruq)lashishiga olib kelib,
qoldiq o‘tloq va botqoqlanish
belgilarini saqlagan, zonal avtomorf tuproqlarga aylanishi
mumkin. Ayniqsa tuproqlar evolyutsiyasining tabiiy yo‘nalishiga sug‘orish melioratsiyasi va
agrotexnik tadbirlar kuchli ta‘sir etadi.
Gidrogeologik sharoitlariga qarab sizot suvlarining rejimi, minerallanishi va tuproqlarning
tuz rejimlari keskin farq qiladi. Shuning uchun gidromorf tuproqlar orasida ularning namlanish
sharoitlariga qarab allyuvial rejimdagi va soz rejimli tuproqlar ajratiladi.
Allyuvial rejim daryo
vodiylarida sizot suvlari barqaror bo‘lmagan sharoitda yuzaga keladi. Soz rejimi tog‘oldi qiya
tekisliklarda va yoyilmalarda tog‘lardan sizib oqayotgan bosimli sizot suvlarining barqaror
bo‘lgan sharoitida hosil bo‘ladi.
Har ikkala rejimda ham o‘tloq, botqoq-o‘tloq, botqoq tuproqlar va sho‘rxoklar hosil
bo‘ladi. Yer osti suvlari yaxshi oqib ketadigan sharoitda sizot suvlari odatda kam minerallashgan
bo‘lib, bo‘z tuproqlarning yuqori zonalari uchun va tog‘ viloyatlariga xosdir.
Odatda bunday
sharoitda sho‘rlanmagan gidromorf tuproqlar hosil bo‘ladi. Yer osti suvlari kam oqib ketadigan
joylarda sizot suvlarining minerallashuvi yuqori bo‘lganligi sababli, cho‘l zonasidagi va qisman
bo‘z tuproqlarning quyi zonalaridagi gidromorf tuproqlar turli darajada sho‘rlangandir. Sug‘orib
dehqonchilik qilinadigan maydonlarda, sug‘orish suvlari ta‘sirida yer osti sizot suvlarining qayta
ko‘tarilishi va kam oqib ketishi ro‘y beradigan sharoitda avtomorf tuproqlardan gidromorf
tuproqlar ham hosil bo‘ladi. Bunda bo‘z tuproqlarning o‘tloq tuproqlarga o‘tishi uchun ancha
uzoq vaqt kerak bo‘ladi. Yer osti suvlari pasaygan sharoitda gidromorf tuproqlar zonal – taqir va
bo‘z tuproqlar singarilarga aylanadi. Bu ham uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, gidromorf
tuproqlardan avtomorf tuproqlarga o‘tuvchi turoqlar jumlasiga o‘tloq-bo‘z, o‘tloq-taqir
tuproq
kabilar kiradi.
38
Turli tuproq zonalarining gidromorf tuproqlari bir-biridan farq qiladi. Chunki bu
tuproqlarning rivojlanishiga sizot suvlaridan tashqari har bir zonaning tabiiy sharoitlari- iqlimi,
tuproq paydo
qiluvchi ona jinslar tarkibi, o‘simliklar qoplami va boshqalar katta ta‘sir etadi.
Shuning uchun ham zonal joylashuviga ko‘ra, cho‘l zonasining va bo‘z tuproqlar zonasining
gidromorf tuproqlariga ajratiladi. Har ikkala zonaning gidromorf tuproqlari namlanish sharoitiga
ko‘ra allyuvial va soz rejimli bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: