|
Mexanik singdirish qobiliyatiTuproqlar geografiyasi amaliy 8-darsKlassifikatsiyasi
. Cho‘l va bo‘z tuproqlar zonasi asosiy gidromorf tuproqlarining tiplari –
o‘tloq, botqoq va sho‘rxok tuproqlari bo‘lib, ular botqoq-o‘tloq, o‘tloq (tipik), sho‘rxok va
botqoq-sho‘rxok singari tipchalarga ajratiladi. Gidromorf tuproqlar quyidagi avlodlarga: 1-
allyuvial, 2 – uncha rivojlanmagan shag‘alli allyuvial; 3-sho‘rlangan allyuvial; 4- sozli tuproqlar;
5- sho‘rlangan soz; 6 - sho‘rtobli soz tuproqlar kabilarga bo‘linadi.
Sho‘rlanish darajasiga qarab:
sho’rlanmagan, kuchsiz sho’rlangan, o’rtacha sho’rlangan
va kuchli sho’rlangan
tuproqlarga ajratiladi. Gumus miqdoriga ko‘ra och tusli (2 foizgacha
gumus bo‘ladi) va to‘q tusli (2 foizdan ko‘p) turlarga bo‘linadi. Sug‘oriladigan yerlardagi
gidromorf tuproqlar orasida sug‘oriladigan o‘tloq, botqoq-o‘tloq va botqoq (sholipoya)
tuproqlari va ular ham yangidan sug‘oriladigan va qadimdan sug‘oriladigan (voha) tuproqlariga
ajratiladi.
Cho‟l zonasining gidromorf tuproqlari
. Cho‘l zonasining gidromorf tuproqlari daryo
vodiylari va irmoqlarida keng tarqalgan bo‘lib, ularning asosiy qismi allyuvial rejimli tuproqlar
jumlasiga kiradi. Cho‘l zonasi gidromorf tuproqlari Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Atrek
daryolarining vodiylarida va delg‘talarida, shuningdek, Chu daryosining quyi oqimlarida katta
maydonlarni egallaydi Cho‘l zonasining soz rejimli gidromorf tuproqlari asosan Zarafshon,
Murg‘ob, Tajang va So‘x daryolarining yoyilmalarida uchraydi.
Cho‘l zonasining ko‘proq tarqalgan gidromorf tuproqlariga sohil (qayir)-allyuvial,
allyuvial-o‘tloq, to‘qay chimli allyuvial-o‘tloq, botqoq-o‘tloq, o‘tloq-botqoq, sho‘rxokli-botqoq
tuproqlar va va sho‘rxoklar kiradi. Cho‘l zonasi gidromorf tuproqlarining o‘ziga xos xususiyati,
unda gumusning kamligi va turli darajada sho‘rlanganligidir. Cho‘l zonasi chegarasida
sug‘oriladigan yerlar asosan Amudaryoning o‘rta oqimi, Zarafshon vodiysining quyi oqimi,
Sirdaryoning qadimgi va hozirgi delg‘talarida keng tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|