40
o‘tloq o‘simliklari yaxshi rivojlangan. Doimiy ravishda suv bosadigan o‘tloqi tuproqlarda zang
va ko‘kimtir (zangori) dog‘lar ifodalangan botqoqlanish alomati bor.
Allyuvial chimli o‘tloq tuproqlarda gumus 1-3 foiz atrofida, azot –0,17-0,14 foiz.
Fosfor va
kaliy miqdori ona jinslar tarkibiga bog‘liq bo‘lib, umumiy fosfor 0,12-0,13 foiz, kaliy 1,70-2,15
foizni tashkil etadi. Bu tuproqlarda struktura ancha yaxshi ifodalangan va 0,25 mm dan katta
makrostrukturalar miqdori 25 foizga yetadi. Sho‘rlangan yerlarda struktura yomonroq bo‘ladi.
tuproqlarda suv o‘tkazuvchanlik yaxshi va nam sig‘imi ham yuqori.
Sug‟oriladigan o‟tloq tuproqlar.
Cho‘l zonasida sug‘oriladigan o‘tloq
tuproqlar keng
tarqalgan bo‘lib, qadimgi vohalar shu yerda joylashgan. Jumladan, Xorazm va Chimboy vohalari
hamda Chorjo‘y va Qarshi rayonlari, Amudaryoning o‘rta oqimi vodiylari, Buxoro va Qorako‘l
vohalari doirasida,
Zarafshon daryosi etagida, shuningdek Sirdaryoning qadimgi va hozirgi
delg‘tasida 2,5-3 ming yillar davomida sug‘orilib kelinadigan tuproqlar keng tarqalgan. Uzoq
muddatli sug‘orilib dehqonchilik olib boriladigan yerlar relg‘efi tekis bo‘lib,
tuproqning
morfologik tuzilishi, kimyoviy va fizikaviy xossalari hamda unumdorligida katta o‘zgarishlar
ro‘y bergan. Bu xususiyatlar sug‘orish suvlari keltirib yotqizadigan agroirrigatsiya qatlamining
qalinligiga va tarkibiga qarab o‘zgaradi.
Qadimdan sug‘oriladigan (voha) o‘tloq tuproqlarining genetik
gorizontlari uncha yaxshi
ajralib turmasligi bilan qo‘riq yerdagi shunday tuproqlardan farq qiladi. Odatda voha o‘tloq
tuproqlarda gumusli qatlam cho‘ziq bo‘lib, chirindining umumiy zahirasi ko‘p bo‘ladi.
Namlanish darajasiga qarab allyuvial voha-o‘tloq tuproqlar bilan bir qatorda soz voha-o‘tloq
tuproqlar (Farg‘ona vodiysida) ham tarqalgan. Agroirrigatsiya qatlamining qalinligiga ko‘ra:
qalin bo‘lmagan –<30 sm; o‘rtacha qalinlikdagi 30-70 sm va qalin qatlamli tuproq – 70 sm dan
oshiq kabi avlodlarga bo‘linadi.
Voha-o‘tloq tuproqlarning ayrim agrokimyoviy ko‘rsatkichlari 80 – jadvalda berilgan.
Allyuvial voha-o‘tloq tuproqlarning yuqori gorizontlarida gumus –1-1,3 foiz atrofida bo‘lib
shunga ko‘ra azot (0,06-0,07 foiz), fosfor va kaliy miqdori ham o‘zgaradi. Soz voha-o‘tloq
tuproqlarida gumus (1,67 foiz), azot (0,14 foiz) va ayniqsa harakatchan kaliy miqdori
(300mg/kg) ko‘proq. Allyuvial va soz voha-o‘tloq tuproqlar fizik xossalari bilan ham ancha farq
qiladi. Odatda allyuvial o‘tloqi tuproqlarning strukturasi-chidamsizroq bo‘ladi. Agroirrigatsiya
gorizontining barcha qalinligi bo‘ylab, tuproq zichligi deyarli bir xil (1,40-1,37 g-sm
2
), umumiy
kovaklik 48-50
foiz atrofida, o‘simliklar ildizi o‘sadigan qatlamda nam sig‘imi 23-25 foiz
atrofida.
30>
Dostları ilə paylaş: