|
Islom diniga doir manba va adabiyotlar3-мавзу маърузаси118
MANBAShUNOSLIK
“Jome’ ar-rumuz”
– Mulla Shamsiddin Ko‘histoniyning
“Jome’ ur-rumuz” nomli asari ba’zi manbalarda muallif nomi
asar nomi sifatida
“Shamsuddin”
zikr qilingan. “Jome’ ar-ru-
muz” mashhur “Muxtasar al-Viqoya”ning arab tilida yozilgan
2 jildlik sharhidir. Uning mualli
fi
Shamsiddin Muhammad
Ko‘histoniy bo‘lib, Buxoro muftiysi bo‘lgan. 962/1554 (yoki
950/1543)-yil vafot etgan. Bahouddin Naqshband hazratlari-
ning yonlariga dafn qilingan. Uning “Sharhi “Fiqhi Kaydoniy”
nomli asari ham bor.
“Fiqhi Kaydoniy”.
Fozil Kaydoniy nomi bilan tanilgan
Lutfulloh an-Nasa
fi
y (XIV asr) asari. Namoz haqida birlamchi
ma’lumotlar beradigan muxtasar risola. Garchi mualli
fi
haqi-
da ma’lumotlar yo‘q bo‘lsada, Movarounnahrda juda mashhur
bo‘lgan. Talabalar o‘qigan, yod olishgan. Namoz masalalari
sakkiz bobga – farz, vojib, sunnat, mustahab, muboh, harom,
makruh va mufsidga bo‘lib tushuntiriladi. Arab tilida yozil-
gan. Unga juda ko‘plab sharhlar arab, fors, turkiy tillarida
bitilgan.
“Asl”.
Hana
fi
y Mazhabi
fi
qhiy masalalari bir qancha
tabaqaga bo‘lib o‘rganiladi. Shulardan birinchisi “Asl ma-
salalari” deyi
ladi va unda zohiri rivoyat tushuniladi. Un-
ing eng asosiysi “al-Mabsut”dir. Uning eng mashhur nusxa-
laridan biri Abu Sulaymon al-Juzjoniy (vafoti 200/815-y.)ga
tegishli va u “al-Asl” deb ataladi. “Mabsut”ning bir qancha
nusxalari mavjud. Shayx ul-islom Abu Bakr Xoharzoda (vafoti
483/1090-y.) asari “Mabsuti Shayx ul-islom” yoki “Katta Mab-
sut” deyiladi. Shams ul-aimma as-Saraxsiy (vafoti 500/1106-
y.) va ustozi Shams ul-aimma al-Halvoiy (vafoti 456/1063-y.)
nusxalari mavjud. Zohiri rivoyat masalalarini to‘plagan Ho-
kim ash-Shahid (vafoti 334/945-y.) “Kitob al-Ko
fi
y” asarini
yozgan va u ham “al-Asl” deb ataladi. Uning Shams ul-aimma
as-Saraxsiy, Shayx ul-islom al-Isbijobiy (vafoti 535/1140-y.)
sharhlari mavjud.
|
|
|