Islom diniga doir manba va adabiyotlar


ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
3-мавзу маърузаси

121
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
(hozirgi Jonboy tumanida joylashgan) bo‘lib, uning taxallusi 
shu qishloqqa nisbatan olingandir. Abu Mansur al-Moturidiy 
dastlabki ta’limni shu qishloqda olib, keyinchalik Movaroun-
nahrning o‘sha davrdagi diniy va ma’ri
fi
y markazi bo‘lgan Sa-
marqandda davom ettiradi.
Al-Moturidiy yashagan davr Somoniylar hukmronlik qilgan 
davrga to‘g‘ri keladi. Samarqand dastlab bu davlatning poytaxti 
bo‘lib, so‘ngra IX asrning oxiridan boshlab poytaxt Buxoroga 
ko‘chirildi. Biroq o‘sha vaqtda ham Samarqand Buxoro bilan bir 
qatorda Movarounnahrning iqtisodiy-madaniy markazi bo‘lib 
qolaverdi.
Abu Mansur al-Moturidiy tug‘ilgan yili haqida aniq ma’-
lumotlar yo‘q. U Samarqandda 944

945-yilda vafot etgan va 
shahar chekkasidagi Chokardiza degan qabristonga dafn etil-
gan.
Ba’zi manbalarda uning Samarqanddagi al-Ayoziy madrasa-
sida ta’lim olgani qayd etilgan. Al-Moturidiy Abu Bakr Ahmad 
al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad al-Iyodiy, Imom A’zam mazha-
bidagi buyuk olim Nasr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn 
al-Fadl kabilarni o‘zining ustozi deb bilgan.
Al-Moturidiy 
fi
qh va kalom masalalari bilan qiziqib, Hana-
fi
ya mazhabi olimlaridan dars olib o‘z bilimini oshiradi. Shu 
vaqt davomida ko‘plab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan 
muloqotda bo‘lgan va munozaralar qilgan. U umri davomida 
shu sohaga oid bir necha asarlar yozib qoldirgan.
Mahmud ibn Sulaymon al-Kafaviyning (vafoti 1582-y.) 
“Katoib ul-a’lom al-axyor 
fi
taboqot va mashaoyix mazhab an-
Nu’mon” (“No‘mon mazhabiga mansub bo‘lgan taniqli alloma 
faqihlar va shayxlar haqidagi kitob”) nomli kitobida al-Mo-
turidiy va uning asarlari haqida ayrim ma’lumotlar beriladi. 
Masalan, quyidagi asarlari nomlari keltirilgan: “Kitabi Tavhid”, 
“Kitab Maqomat”, “Kitab rad avomil lil adila lil ka-biy” (“Ka’biy 
zalolatlarining boshlanishini rad qilishga bag‘ishlangan kitob”), 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə