Islom diniga doir manba va adabiyotlar


“Kashf al-mahjub li-arbob al-qulub”



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83
3-мавзу маърузаси

2. “Kashf al-mahjub li-arbob al-qulub” 
(“Qalb sohib-
lari uchun pardani ochish”). Abulhasan Ali ibn Usmon ibn Abu 


129
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
Ali al-Jullobiy al-Hujviriy al-Faznaviy (vafoti 464/1071-y.) qa-
lamiga mansub. Bu shaxs Sharq tasavvu
fi
dagi junaydiyya oqi-
mining nazariyotchilaridan hisoblanadi. Asar fors tilida yozil-
gan tasavvuf tarixi va mohiyati haqidagi dastlabki manbalar-
dandir. Kitob 14 bob; asosiy qismi bo‘lmish 2-bobi “Su
fi
ylar 
tariqatining (sulukining) mohiyati va ta’limoti” deb nomlangan.
“Kashf al-mahjub”ning Samarqandda chop qilingan lito-
g ra
fi
k nusxasi asosida V.A. Jukovskiy tomonidan uning katta 
so‘zboshisi bilan 1926-yili Leningrad (Sankt-Peterburg)da tan-
qidiy matni nashr etilgan. Qisqartirilgan inglizcha tarjimasi 
R.A. Nikolson tomonidan 1911-yilda nashr qilingan.
3. “Manozil as-soirin ila al-haqq” 
(“Haqqa yetuvchi-
larning manzillari”). Asar mualli
fi
Abu Ismoil Abdulloh ibn 
Abu Mansur Muhammad al-Ansoriy al-Hiraviy (396/1006–
471/1088). U yana “Piri Ansor”, “Piri Hiraviy” va “Shayxulis-
lom” deb ham atalgan. Hirotda yashagan. Abdulloh Ansoriy 
tariqat piri va ayni paytda shoir ham edi; fors tilida bitilgan 
adabiy meros qoldirgan.
“Manozil as-soirin ila al-haqq” fors tilida yozilgan nazmiy 
asar. Unda tasavvu
fi
y masalalar, jumladan, solihlarga oyat-
hadislar asosida maslahatlar, nasihatlar beriladi.
4. “Xolisat al-haqoyiq lima 
fi
 yhi min asalib ad-
daqaiq” 
(“Nozik uslublar uchun xolis haqiqatlar”). Asarning 
mualli
fi
Abulqosim Mahmud ibn Ahmad ibn Abulhasan al-
Farobiy (vafoti 607/1209-y.) bo‘lib, 592/1196-yilda arab tilida 
yozilgan. Asarda tasavvuf, axloq-odob va kundalik turmush 
masalalari to‘g‘risida so‘z boradi.

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə