Islom diniga doir manba va adabiyotlar


ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83
3-мавзу маърузаси

125
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
Samarqandlik mutafakkirlardan biri Asiriddin al-Abhariy 
nomi bilan tanilgan Mufazzal ibn Umar ibn Mufazzal al-Ab-
hariy as-Samarqandiy (vafoti 1264-y.) o‘zining “Isog‘uchi” asari 
bilan tanilgan. U mashhur olim Faxriddin ar-Roziy (1150–1210) 
talabasi hisoblanadi.
“Isog‘uchi”, aslida, “Isogoge” bo‘lib, lotin tilidan arab ti-
liga o‘ziga xos tarjima hisoblanadi. U lotin tilida “Kirish” de-
gan ma’noni bildirgan. “Isog‘uchi” XX asr boshigacha madra-
salarda mantiq fanidan eng asosiy darslik vazifasini o‘tagan 
va “ash-Shamsiya”dan oldin o‘qitilgan. Asiruddin al-Abhariy 
mantiq, falsafa, astronomiya sohalarida yetuk alloma bo‘lgan. 
Uning mantiqqa oid bir necha asarlaridan tashqari “Hidoyat 
al-hikmat”, “Risolat al-usturlob”, “Muxtasar 
fi
y ilm al-hay’at”, 
“Diroyat al-a
fl
ok”, “az-Zij ash-shomil”, “az-Zij al-ixtiyoriy” (“Ziji 
Asiriy”) kabi asarlari bo‘lgan. “Isog‘uchi” o‘zbek tiliga tarjima 
qilingan.
Najmiddin Dabiron laqabi bilan tanilgan Abu-l-Maoliy 
(Abu-l-Hasan) Ali ibn Umar ibn Ali al-Kotibiy al-Qazviniy 
(1203–1277) mantiq ilmining eng taniqli olimlaridan bo‘lib,
uning “ash-Shamsiya” va “Hikmat al-ayn” asarlari madrasalar-
da 800 yil davomida darslik vazifasini o‘tab kelgan. Uning teo-
logiyaga oid “Isboti vojib al-vujud” asari ham shuhrat qozongan. 
Mazkur uchta asarga o‘nlab sharhlar va sharhlarga hoshiyalar 
bitilgani tabiiy, albatta. Uning ikkita sharhi mashhur, birinchi-
sini Nasiriddin at-Tusiyning shogirdi Qutbiddin Muhammad ar-
Roziy (1295–1365), ikkinchisini Sa’duddin at-Taftazoniy bitgan. 
Qutbiddin Roziyning “Tahrir al-qavoid al-mantiqiya 
fi
y sharh 
ash-Shamsiya” nomli mazkur sharhiga Sayyid Sharif Jurjoniy 
hoshiya bog‘lagan. Natijada, ushbu sharh va hoshiya “Qutbiya” 
va “Shari
fi
ya” nomi bilan ko‘proq mashhurlikka erishgan. “ash-
Shamsiya” ham o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Azudiddin al-Ijiy nomi bilan tanilgan Abu-l-Fazl Abdur-
rahmon ibn Ahmad ibn Abdulg‘affor (vafoti 1355-y.) o‘zining 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə