Islom diniga doir manba va adabiyotlar


ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
3-мавзу маърузаси

123
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
Al-Moturidiy ko‘p shogirdlar yetishtirgan bo‘lib, ular ora-
sida Abu-l-Hasan ar-Rustug‘faniy (vafoti 961-y.), Is’hoq ibn Mu-
hammad as-Samarqandiy va Abdu-l-Karim al-Pazdaviy (vafoti 
999-y.), Abu Ahmad al-Iyodiy kabi olimlar islom olamida mash-
hur hisoblanadi.
Al-Moturidiy o‘z davrining islomiy ilmlari sohasida eng 
yetuk bilim sohibi hisoblanib, musulmon dunyosi olimlari to-
monidan tan olingan va hozirda ham turli diniy asarlarda zo‘r 
ehtirom bilan tilga olinadi. Al-Moturidiyni ulug‘lab “Imom al-
Huda” va “Imom al-mutakallimin” (Hidoyat yo‘li imomi va mu-
takallimlar imomi) kabi nomlar bilan ham ataganlar.
Movarounnahr Markaziy Osiyo xalqlari turli falsa
fi
y, ta-
biiy, aniq fanlar, adabiyot, san’at sohalarida dunyoga mashhur 
siymolar, allomalar bilan birga islom nazariyasi, diniy ilm-
lar bo‘yicha al-Moturidiydek butun musulmon olamida nom 
qozongan olimlarni ham yetishtirib chiqardilar.
Keyingi asrlarda islom aqoidi sohasida ko‘plab asarlar 
yaratildi. Biz ulardan misol tarzida quyidagilarni keltirib 
o‘tmoqchimiz.
Aqoid. 
Bu nomdagi asarlar juda ko‘pdir. Asosiylari Qozi 
Azudiddin Abdurrahmon ibn Ahmad al-Iyjiy (vafoti 756/1355-
y.) hamda Shayx Najmuddin Abu Hafs Umar bin Muhammad 
an-Nasa
fi
y (vafoti 537/1142-y.)larning aqida borasida tuzgan 
muxtasar matn kitoblaridir. Madrasa toliblari yana Imomi 
A’zam (vafoti 150/767-y.)ning “Fiqh ul-akbar” hamda Sirojid-
din al-O‘shiyning “Bad’ ul-amoliy” asarlaridan ham keng isti-
foda qilgan. Imom Ahmad bin Muhammad at-Tahoviy (vafoti 
321/933-y.)ning aqida kitobini o‘qish Movarounnahrda odat 
bo‘lmagan.
Mulla Xayoliy.
U Ahmad bin Muso Mavlo Xayoliy asa-
rining muallif nomi bilan atalishi. Bu zot “Sharhi Aqoidi 
Nasa
fi
yya”ning eng mashhur hoshiyasini yozgan. Otasi qozi 
bo‘lgan. Mulla Xayoliy Sulton Muhammadxon davrida Turkiya-



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə