Islom diniga doir manba va adabiyotlar


ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83
3-мавзу маърузаси

131
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
Tasavvufning nazariy masalalariga oid asarlar Xoja Mu-
hammad Porso ilmiy merosining asosiy qismini tashkil qiladi 
va ularning aksari fors tilida yozilgan. Masalan, “Az anfozi 
qudsiyai mashoyixi tariqat”, “Risolai kash
fi
ya”, “Maktubi Xoja 
Muhammad Porso ba Mavlono Zaynuddin”, “Risola dar odobi 
murid”, “Risolai mahbubiya”, “Risolai qudsiyya vasoyo suluki 
mashoyix”, “Risol-i tariqat-i Xojagon 

Risola 
fi
z-zikr”, “Suxa-
non-i Xoja Porso”, “Risola 
fi
t-tasavvuf”, “Maktub”, “Risolat al-
haqoiq”, “Qavl 
fi
l-ajviba hazihi al-asilat al-mursala min Hirot 
ila Buxoro” kabi asarlar.
Bulardan tashqari “al-Fusul as-sitta”, “Risola-i vujud” tar-
jimasi” kabi asarlar arab tilida yozilgan.
Bahouddin Naqshband haqida Mavlono Ya’qub Charxiyning 
“Risolai unsiya”, Abul Muhsin Muhammad Boqirning “Maqo-
moti Xoja Bahouddin Naqshband” kabi risolalari mavjud.
Yassaviya tariqati borasida ham qator asarlar yaratilgan. 
Jumladan, yassaviya tariqatining nazariy jihatlarini yoritish 
maqsadida yozilgan va fanda ancha tanish bo‘lgan “Javohir al-
abror”, “Lamahot”, “Hujjat az-zokirin” kabi asarlar bilan bir 
qatorda XVIII asrda Buxoroda yashagan Shayx Xudoydodning 
asarlarini sanab o‘tish mumkin. U yassaviya tariqatining na-
moyandasi sifatida uning g‘oyalarini targ‘ib qilgan va bu sohada 
bir nechta ilmiy asarlar ham yozib, ularda yassaviya tariqati 
ta’limoti, zikr qilish uslublarini ilmiy jihatdan asoslab bergan. 
Uning tasavvufga oid “Bahr al-ulum” (“Ilmlar dengizi”), “Pisandi 
zikri jahr” (“Zikri jahrga e’tibor”), “Firdavs al-ulamo” (“Olimlar 
gulshani”), “Bo‘ston al-muhibbin” (“Do‘stlar bog‘i”), “Tanbeh az-
zolliyn” (“Adashganlarga tanbeh”), “Jomi’ al-bahrayn” (“Ikki den-
gizni birlashtiruvchi”), “Tariqai vusul ilalloh” (“Allohga yetishish 
yo‘li”) nomli asarlaridan avvalgi to‘rttasi bizgacha yetib kelgan.
Markaziy Osiyo tasavvuf tarixi bo‘yicha Alisher Navoiyning 

Nasoim ul-muhabbat”, Faxruddin Ali Sa
fi
yning “Rashahotu 
ayni-l-hayot” kabi asarlari katta ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə