Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83
3-мавзу маърузаси

ning rivojlanishi. 
Arab tilida bitilgan kitobat san’atining 
keyingi rivojlanish davri Amir Temur va temuriylar, ular to-


136
mANBAShUNOSLIK
monidan turli mintaqalardan Movarounnahr va Xurosonga olib 
kelingan kitobat san’ati ustalari nomi bilan bog‘liq.
Tarixiy manbalarda keltirilishicha, XIV asr oxiri – XV asr 
boshlarida Samarqandda Amir Temur kutubxonasining ko‘p 
sonli musavvirlariga mashhur bag‘dodlik usta Abdulhay bosh-
chilik qilgan. Amir Temurning katta o‘lchamdagi kitoblarga 
qiziqishi tarixchi Qozi Ahmad Qumiy (tav. 1546) “Gulistoni 
hunar” asarida o‘sha davrning mashhur xattoti Umar O‘qta 
to‘g‘risida hikoyat orqali bayon etiladi. Xattot Qur’oni karimni 
juda mayda xatda bitib, Amir Temurga hadya qiladi, ammo So-
hibqiron unga: “Sen Alloh taoloning so‘zlarini shunday mayda 
har
fl
ar bilan bitishga qanday jur’at etding”, – deydi. Shundan 
so‘ng xattot Qur’oni karimning boshqa bir yirik nusxasini 
tayyor 
lagan, undagi har bir harfning kattaligi yarim gazga 
(0,71 metrga teng uzunlik o‘lchov birligi) teng bo‘lgan. Mushafni 
tayyorlash nihoyasiga yetgach, xattot uni katta aravaga ortib, 
Amir Temur huzuriga borganda, sohibqiron o‘z a’yonlari bilan 
peshvoz chiqib kutib oladi va munosib hadyalar tuhfa etadi. 
Qozi Ahmad Qumiy mazkur kitobning bir varag‘ini Mavlono 
Malik nomli shaxsda ko‘rganligini ham keltirib o‘tadi.
Ibn Arabshoh (vafoti 1450-y.) o‘z kitobida Amir Temur saroyi-
dagi madaniy muhit to‘g‘risida juda qimmatli ma’lumotlarni 
keltiradi. Uning yozishicha, Amir Temurning “
devoni munshiy
”si, 
“sirlar kotibi” mavlono Shamsiddin zamonasining qozisi, o‘z 
davrining fozili bo‘lgan. Qalamining tig‘i o‘z iqlimlari fathida 
(Amir Temur) nayzasidan ham o‘tkir edi. Temur o‘lgandan keyin
u (bu ishdan) o‘zini chetga olib, adabiyot bisotini yig‘ishtirib: 
“mening qiymatimni biladigan odam dunyodan o‘tdi va endi 
men boshqalar xizmatida o‘z hurmatimni ketkazmayman”, – 
degan ekan. Ibn Arabshoh Amir Temur davrining eng mohir 
xattotlari sifatida Ibn Bandgir, Abdulqodir, Tojuddin Salmoniy 
kabilarni keltirib o‘tadi. O‘sha davr atoqli xattoti Xoja Mirali 
Tabriziy (vafoti 1404-y.) nasx va ta’liq yozuvlari asosida yangi 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə