Islom diniga doir manba va adabiyotlar


SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
3-мавзу маърузаси

139
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
asr boshlarida Buxoroda xalq uchun umumiy kutubxona tashkil 
qiladi va u XIX asrgacha faoliyat yuritadi.
Temuriylar davrida muqovalarni badiiy bezatish 
usullari
. Movarounnahr va Xuroson xalqlari arablardan is-
lom dini, arab yozuvini qabul qilish bilan birga, ularga xos 
kitobat, jumladan muqovasozlik texnologiyasi amaliyotidan 
ham foydalandi. Arab muqovalaridagi bezaklar odatda an-
cha ingichka, unchalik botiq bo‘lmagan chiziqlar bilan ajratil-
gan, geometrik bezaklar va mavhum shakllar keng tarqalgan, 
o‘simliksimon bezaklar kam hollarda qo‘llanilgan. Mamluk 
muqovasozligining ilk bosqichlari XIV asrda Misrda o‘zining 
mukammal ko‘rinishiga ega bo‘lgan bo‘lsa, XV asrda Hirotda 
har tomonlama farq qiluvchi boshqa uslub va shakllar bilan 
uyg‘unlashgan holda, rivojlandi. Hirot muqovalarida bezak-
larning shakli va tarkibiy unsurlari o‘zgarib, sathga nisbatan 
chuqur bo‘lishiga urg‘u berildi. Ularda o‘simliksimon bezakning 
bo‘rtib chiqqanligi, fonda aniq aks ettirilishi ko‘zga tashlanadi. 
Dastlab muqova jildlariga har bir bezakni tushirishda alohida 
shaklni ifodalagan temir yoki yog‘ochdan tayyorlangan qoliplar 
yoki asboblardan foydalanib kelingan. Muqovaning turli joylari 
uchun foydalanilgan individual shakl beruvchi muhr asboblar 
bitta jildning o‘zida bir necha o‘n mingni tashkil etgan. Hirotda 
individual qoliplar yoki asboblarni ishlatishga barham berildi. 
Yangi texnologiya kashf etilib, geometrik va o‘simliksimon 
bezaklardan iborat an’anaviy uslubdagi, mayda unsurlardan 
tashkil topgan murakkab tuzilishdagi yaxlit metall blokining 
ishlatilishiga imkon yaratildi.
Hirot muqovasozlik san’atida butunlay 
geometrik 
yoki
 
o‘simliksimon 
dizayndagi muqovalar alohida bir guruhni tash-
kil etadi. Hirotda yaratilgan Shohrux mirzo kutubxonasiga oid 
qo‘lyozmalar muqovalari buning yorqin namunalaridandir. 
Muqova jildining tashqi tomonidan muhr asbob bilan tushiril-
gan sidirg‘a tusdagi va oltin zarvaraqdan foydalanilgan bezak-



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə