Islom diniga doir manba va adabiyotlar


SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
3-мавзу маърузаси

143
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
XV asr Hirot muqovasozlarining faoliyati yuqorida keltiril-
gan texnik va dekorativ muvaffaqiyatlar bilan cheklanib qol-
magan. Birinchi bo‘lib Hirotda 
lok tasviriy san’ati 
muqovasoz-
lik san’atiga olib kirilgan. Mazkur holatga muqovasozlardan 
ko‘ra miniatyurist musavvirlar va naqqoshlar ko‘proq ta’sir 
ko‘rsatadi. Yuqorida qayd etilganidek, Hirot kitobat muassasasi 
tashkil topgan birinchi yildayoq Xitoy va temuriylar poytaxti 
o‘rtasida badiiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan edi. Lok texnologiya-
sini temuriylar davlatiga Xitoy hunarmandlarimi yoki Xitoyga 
safar qilgan Hirot musavvirlarimi, kim olib kelganligi aniq 
emas, lekin Husayn Boyqaro kutubxonasiga tegishli 1483-yil-
ga oid ajoyib qo‘lyozma lok tasviriy san’atining muqovasozlik 
san’atida anchadan beri qo‘llanilib kelinganidan dalolat beradi.
Temuriylar davri muqovasozligida qo‘llanilgan texnologiya-
lardan yana biri muqovani 
iplar yordamida tikilgan kashta 
bezaklar bilan bezatish
hisoblanadi. Bu texnologiya sharq 
muqovasozligining tarixiy rivojlanishida shu vaqtgacha ma’lum 
emas edi. Istanbul universiteti kutubxonasida 2782/32-raqam 
bilan saqlanayotgan Alisher Navoiyning “G‘aroyib us-sig‘ar” de-
voni uning zamondoshi Sulton Ali Qoiniy tomonidan taxminan 
905/1500-yillarda Husayn Boyqaro yoki shoirning o‘zi uchun 
tayyorlangan. Muqova jildining tashqi tomonidagi va qopqoq 
qismdagi bezaklarning barchasi ipak va oltin iplar bilan qora 
charmga tikib ishlangan.
Temuriylar davri muqovalarini bezatishda 
yozuv
lardan 
ham foydalanilgan. Muqova jildidagi yozuvlar – muqovalar-
ga ko‘rk bo‘lishi bilan birga, san’atga ajoyiblik va bashanglik 
bag‘ishlovchi bezak sohasidagi erishilgan yutuqlardan hisobla-
nadi. Kitob muqovalari uchun yozuvlar muqovani yuqori san’at 
asari darajasiga olib chiqish maqsadida aks ettirilgan. Puxta va 
astoydil bajarilgan murakkab yozuvlar go‘zal husnixat, naqsh 
namunalari va miniatyuraga ega qo‘lyozma namunalariga mu-
nosib ko‘rilgan.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə