Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83
3-мавзу маърузаси

142
mANBAShUNOSLIK
ko‘chirilgan nusxasining muqovasida birinchi marta inson tas-
viri ifodalanadi. Hirot miniatyurasini xarakterlovchi bunday 
kompozitsiyalar keyinchalik Hirot va Tabrizda hatto gilamlarda 
ham ko‘zga tashlanadi. Bu kabi holatlar, muqovalarda ifodalan-
gan bezaklardan foydalanish Sharqning turli markazlariga tar-
qalgan bo‘lsa ham, san’atning o‘ziga xos uslubining dastlabki 
manbasi Hirot bo‘lib qoldi. Temuriylar davlatining viloyat va 
markazlarida ham muqovasozlik san’atining Hirotga xos uslubi 
dastlab u yerda ijod qilib, turli hududlarda ijodini davom et-
tirgan ustalar tomonidan keng qo‘llanilgan.
Hirot muqovalarining boshqa bir guruhi 
medalon
yo‘nalishi 
bilan ajralib turadi. Asosiy bezakni medalon shakli tashkil et-
gan muqovalarda old va orqa jild markazi bodomsimon yoki 
aylana shaklidagi medalon – 
turunj, shams
bilan bezatilgan
ko‘p hollarda medalonning chorak qismi – 
qo‘shband
har bir 
burchakda qaytarilgan. Medalon shakli jildning ichki tomonida 
charmdan na
fi
s bezak kesish orqali ham aks ettirilgan.
Medalon shaklli kompozitsion uslub arab mamlakatlari 
muqovalarida ancha oldinroq qo‘llanilgan, biroq Hirot makta-
bida yaratilgan yangi uslub – muhr asbob yordamida bajarilgan 
bo‘rtma medalon va burchaklardagi na
fi
s bezaklar ushbu juda 
oddiy dekorativ bezakning qimmatini oshiradi. Markaziy medal-
on, burchakdagi chorakta medalonlar va hoshiyalardan iborat 
kompozitsiyaga ega muqovalarda geometrik shakllar o‘rniga 
o‘simliksimon shakllar keng qo‘llanilgan, medalonlar tabiat 
shakllari bilan uyg‘unlashtirilgan jimjimador nozik chiziqlar-
dan hosil qilingan. Hirot muqovalarining dastlabki namu-
nalarida medalonlar orasidagi joylar bo‘sh qoldirilgan bo‘lsa, 
keyingilarida jild butunlay kompozitsion tasvir bilan qoplan-
gan. Asta-sekin bu kompozitsion tasvir mukammal ko‘rinishga 
ega bo‘lib, hech qanday medalonga joy qoldirilmasdan, muqova 
jildini to‘liq qoplagan. Medalonlardan juda oddiy, badiiy beza-
tilmagan muqovalardagina foydalanilgan.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə