Islom diniga doir manba va adabiyotlar


SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83
3-мавзу маърузаси

151
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
keltirilgan. Badiiy qo‘lyozmalarda lavhalar juda na
fi
s tasvir-
langan. Odatda, uning markazga naqsh bilan mohirona o‘rab 
olingan asar avvali dagi kichik parcha joylashtirilgan. Bundan 
tashqari, lavhalarga qaraganda kichik hajmli bezak–kichik un-
vonlar qo‘lyozmaga alohida bezak berib turgan: Sharq kitobat 
an’analariga ko‘ra, sahifa yuqori qismining uchdan yoki to‘rtdan 
birini egallagan va asar boshida, ba’zan bob boshida kelgan. 
Hoshiyalar qo‘lyozmada aks etgan boshqa badiiy bezaklarga 
uyg‘un ravishda tilla yoki kumush jimjimalar bilan to‘ldirilgan 
girih

islimiy
yoki bosh qa naqsh turlari bilan bezatilgan, ba’zi 
hollarda voqeaband miniatyuralar, hatto alohida qiyofalar su-
rati bilan boyitilgan. Badiiy muqova qo‘lyozma kitobning qim-
matini belgilaydigan asosiy jihatlardan birini ifodalagan.
Badiiy qo‘lyozma kitobat san’atining rivojlanishi, o‘z navba-
tida, moddiy ta’minot bilan ham bog‘liq bo‘lib, bu holat kitobat 
jarayonidagi uslub va yo‘nalishlarni belgilashda muhim omil-
lardan biri hisoblangan. Xat uslublarining qo‘llanilishi, surat-
larning rangi va yo‘nalishi, tasvirlanayotgan bezak unsurlari 
boshqaruvdagi hukmron doira mafkurasiga mos bo‘lishiga har 
doim harakat qilib kelingan. Kitobat san’atidek qiymati baland 
bo‘lgan san’at turi asosiy madaniyat markazlarida, yuqori dara-
jadagi homiylik ostidagina rivojlana olgan. XIV asr oxiri–XV asr 
davomida Markaziy Osiyoda markazlashgan davlatning yuzaga 
kelishi iqtisodiyot rivojiga, karvon yo‘llari tiklanib, savdo-so-
tiqning kengayishiga, hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligining 
o‘sishiga, madaniy-ma’naviy yuksalishga, jumladan, kitobat 
san’ati Movarounnahr va Xuroson madaniy-ma’naviy hayo-
tida muhim ahamiyat kasb etishiga turtki bo‘ldi. Bu davrda 
kitobat san’atining rivojlanishi hukmdorlarning ma’naviy me-
rosni qadr lash va ehtiyot qilishga intilishlari, kitobga shaxsan 
qiziqishlari, kitobga bo‘lgan e’tibori orqali xalq oldida hurmat-
ga loyiq bo‘lishga harakat qilganligi, turli davlatlar madaniy 
markazlari bilan doimiy aloqalarning keng yo‘lga qo‘yilgani 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə