Islom diniga doir manba va adabiyotlar


SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83
3-мавзу маърузаси

147
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
dorning nomi ma’lum: Mirzo Yodgor kitobdor va Mirzo Husayn 
kitobdor.
XVII asrning birinchi yarmida Buxoro kitobat maktabi-
dagi ustunlik vaqtinchalik o‘z o‘rnini Samarqand maktabiga 
bo‘shatib bergan. Bu davrda Samarqandda Muhammad Murod 
Samarqandiy va Muhammad Shari
fl
ar ijod qilgan. Badiiy ijodda 
esa satira aks etgan realistik uslub ustun bo‘lgan.
XVII asr kitobat san’atining rivojlanish bosqichidagi yangi 
davr bo‘ldi. Abdulazizxon II hukmronligi davrida (1645–1680) 
saroy kutubxonasi ancha rivojlandi. Abdulazizxon II saroy 
kutubxonasida yaratilgan qo‘lyozmalar oldingilaridan ancha 
Buxoro kitobat san’ati namunasi Al-Xasaniy (vafoti 
taxm. 1465–1466) tomonidan “Daloil ul-xayrot” nomli 
to‘plamning XIX asrda Buxoroda ko‘chirilgan nusxasi.


148
mANBAShUNOSLIK
o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu davr kitobat san’atidagi 
o‘ziga xoslik avvaldan mavjud badiiy yo‘nalishlarni saqlab 
qolgan holda, temuriylar, safaviylar va hind uslublarining 
qorishganligida ko‘zga tashlanadi. Badiiy qo‘lyozmalar doira-
sini avvalgidek Sharq she’riyatining mumtoz asarlari, tarixiy 
asarlar, ba’zan tabiiy fanlarga oid risolalar tashkil etgan. Shu 
bilan birga, xalq og‘zaki ijodiga, afsonaviy yoki ibratomuz-
maishiy sujetlarga murojaat qilish ijodkorlar orasida keng 
yoyilgan. Mumtoz yo‘nalishga amal qiluvchilar orasida esa ro-
mantik uslub ustun bo‘lgan. Bu davrga kelib Buxoroda ko‘plab 
hindlar yashay boshlagan. Ular qimmatbaho toshlar, attor-
lik mahsulotlari, matolar, bo‘yoqlar, oltin iplar bilan savdo 
qilgan. Uchinchi yo‘nalishda aynan hind uslubiga murojaat 
qilinib, kitobatda hind buyumlariga xos bezaklar o‘z ifodasini 
topgan.
XVIII asr O‘rta Osiyo uchun, parokanda va beqaror vaziyat 
tufayli, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan inqiroz asri bo‘ldi. 
XVIII asr oxiri va XIX asrlarda hududda uchta davlat – Buxoro 
amirligi, Xiva va Qo‘qon xonligi mavjud edi. XVIII asr oxiri XIX 
asrdagi siyosiy barqaror vaziyat iqtisodiy va madaniy hayotga 
o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu davrda Qo‘qon, Toshkent kabi shahar-
lar madaniy, iqtisodiy markazlarga aylandi.
XVIII asrdagi tanazzuldan so‘ng XIX asrda kitobat san’ati 
rivojlanishi davom ettirildi. O‘rta Osiyoning qadimiy ma’rifat 
markazlari – Buxoro va Samarqanddan tashqari, Xivada Mu-
hammad Rahim I (1806–1825) va Muhammad Rahim II (1865–
1910) homiyligida, Qo‘qon xonliklari usta Muhammad Sharif 
Dabir boshchiligida kitobat san’ati rivojining yangi davri bosh-
landi. Kitobat san’ati ustalari qo‘lyozma kitoblarni bezatishda 
o‘ziga xos muvaffaqiyatga erishdi. Xalqning siyosiy qarashlari-
dagi o‘zgarishlar qo‘lyozma kitoblar uslubiga ta’sir ko‘rsatdi. 
O‘rta Osiyo o‘zining tashqi aloqalarida Sharq o‘lkalariga ko‘proq 
e’tibor qaratishi natijasida qo‘lyozma kitoblar bezaklarida bu 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə