Islom diniga doir manba va adabiyotlar


SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
3-мавзу маърузаси

149
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
o‘lkalarning ta’siri sezila boshladi. An’anaviy kitob ayirboshlash 
davom etdi, qator Sharq mamlakatlarida kitob tayyorlash rivoj-
landi, bu esa turli mamlakatlardan O‘rta Osiyoga kitob yetkazib 
berilishini kuchaytirdi. O‘rta Sharqning qator davlatlari uchun 
Bombey, Kanpur, Laknou, Lahor shaharlari kitob eksport qiluv-
chi markazlarga aylandi.
XIX asrga kelib, ayniqsa, O‘rta Osiyoning Rossiya bilan iqti-
sodiy va siyosiy aloqalari kuchaya borgan sari madaniy hayotda 
yana o‘zgarish ro‘y berdi. Turkiston general-gubernatorligining 
tashkil topishi kitobat san’atida yana bir yangi bosqichni bosh-
lab berdi. Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi yangi o‘zgarishlar O‘rta 
Osiyo qo‘lyozmalarining tashqi ko‘rinishiga ta’sir o‘tkazdi. 
XVIII–XIX asrlarda yaratilgan qo‘lyozmalar saviyasi va ish-
latilgan ashyolari bilan ajralib turadi. Zamon ko‘p miqdorda 
arzon bo‘lgan kitoblarni ishlab chiqarishni talab qila boshladi. 
Kitobni arzon qilish uchun yangi materiallarni ishlatish urf 
bo‘ldi. Arzon materiallarning ishlatilishi qo‘lyozma kitob sifa-
tining buzilishiga olib kelmadi, balki o‘sha davrga mos ravishda 
o‘ziga xos uslub yaratildi. Qo‘lyozma kitoblar bir xil o‘lcham va 
ko‘rinishga ega bo‘ldi, badiiy bezatilish umumiy darajasi bu-
tunlay tushib ketdi: ishlatilgan materiallar, ziynat va bezaklar 
o‘rtamiyona, ammo yetarli san’at asari va ilm-fan uchun be-
malol foydalansa bo‘ladigan manba saviyasida yaratildi. Dast-
labki va so‘nggi varaq ko‘rinishining soddalashuvi, ichki jildda 
bezakning yo‘qligi, ancha arzon materiallardan qo‘llanilganligi 
bu davr qo‘lyozmalariga xos xususiyatdir. Charm muqovalar 
o‘rnini yarmi charm muqovalar egalladi. Muqova jildi uchun 
bo‘yalgan va loklangan qog‘oz qo‘llanildi. Charm muqovalar 
faqat Xorazmda yasalgan, boshqa hududlarda muqovaning o‘zak 
qismi qoplamasi charmdan bo‘lgan. Bu davrda ipak va yarmi 
ipak qog‘ozlarni ishlab chiqarish to‘xtatilgan bo‘lib, qog‘ozlar 
chigitli paxtadan tayyorlangan. Ko‘proq fabrika qog‘ozlaridan 
foydalanilgan.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə