Islom diniga doir manba va adabiyotlar


SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83
3-мавзу маърузаси

145
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
asarining 1507-yillarga oid nusxasi (Abu Rayhon Beruniy nomi-
dagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi 5369-raqamli 
qo‘lyozmasi) shayboniylar hukmronligining dastlabki davrlariga 
oid badiiy qo‘lyozma namunalaridan hisoblanadi.
Shayboniyxon vafotidan so‘ng 1533-yilgacha Samarqand,
1533–1539-yillarda Buxoro poytaxt deb tan olingan. 1540–1551-
yillarda Samarqand va Buxoroning maqomi bir xil bo‘lgan. 
1520–1530-yillarda Buxoro shahrida kitobat san’atining rivoji 
Ubaydullaxon (1533–1540) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u Hirotga 
bir necha marta yurishlar qilganda, u yerdan kitobat san’ati 
ustalarini olib kelgan. Shu davrdan Buxoro kitobat san’ati Hirot 
uslubi ta’siriga tushadi. Mirzo Muhammad Xaydar (1499–1551) 
Ubaydullaxon to‘g‘risida shunday yozadi: “Ubaydullaxon yetti 
qism birla xat futur erdi ... aning tiriklik vaqtida Buxorodagi 
fuzalo va bulag‘olar, xaloyiq va aloyiqlarning hammasi Hirotdin 
Mirzo Sulton Husayn zamonin yod berur”.
XVI asr o‘rtalarida Buxoroda Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdu-
lazizxon I (1540–1550) kutubxonasi faoliyat yuritgan. Abdullaxo-
ni soniy (1583–1598) hukmronligi davrida uzoq davom etgan 
urushlardan (1557–1582) so‘ng Movarounnahrni birlashtiradi, 
Toshkent va Turkistonni bo‘ysundiradi, 1584-yilda Badaxshon 
va Ko‘lob, 1588-yilda Hirot egallandi. Hirot ustalarining Buxo-
roda Abdullaxoni soniy kutubxonasidagi faoliyati O‘rta Osiyo 
kitobat san’atining rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. Kitobat 
san’ati ba’zan an’anaviy, ba’zan yangicha uslublarni o‘zlashtirgan 
holda rivojlanishni davom ettirdi. Bu davrdagi an’anaviylik 
Xuroson va Movarounnahrga xos umumiy madaniy merosga
temuriylar davrining boy madaniyatiga qiziqishga asoslangan 
edi. 1520–1590-yillarda Buxoro kitob miniatyuralarining uch 
yo‘nalishi qayd etilgan: Hirot uslubi, Hirot-Buxoro uslubi va 
Buxoro uslubi.
Kitobat san’atida yangicha uslublarning yaratilishiga 1570–
1590-yillarda boshqa o‘lkalar bilan o‘zaro siyosiy, iqtisodiy, 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə