Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
3-мавзу маърузаси

154
mANBAShUNOSLIK
gan. Avvalo matnni yozish uchun yaxshi qog‘oz tanlagan. XV–
XVII asrlarda Buxoro va Samarqand qog‘oz ishlab chiqarish-
ning yirik markazlaridan bo‘lgan. Badiiy qo‘lyozmalar uchun, 
odatda, qog‘ozning ikki turi – “qog‘ozi abreshimiy” (aralash-
malar qo‘shilmasdan faqat ipakdan tayyorlangan juda pishiq
chiroyli va silliq qog‘oz) va “qog‘ozi nimkatoniy” (ipak va kanop 
tolasining taxminan ellik foiz aralashmasidan tay 
yorlangan 
pishiq, salmoqli qog‘oz) ishlatilgan. Matn ko‘chirishda siyoh, 
qamish qalam, mistar (chiziqsiz qog‘ozga xat yozganda satrlar 
to‘g‘ri chiqishi uchun qog‘oz tagiga qo‘yiladigan ip tortib tay-
yorlangan qog‘oz), qalamqati (qamish qalamning uchini ke-
sish uchun suyakdan yasalgan maxsus ish quroli), siyohdon va 
boshqa asboblar xattotning ish quroli hisoblangan. Ish qurollari 
Xattotlik san’ati Ko‘
fi
 y, nasx xati turlari


155
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
saqlangan maxsus qalamdonda xato yozilgan har
fl
arni yuvish 
uchun kichkina yumshoq abr (bulut – gubka), siyohdonga so-
lishga mo‘ljallangan bir qancha “ipak los”lar ham bo‘lgan.
Xattot
qo‘lyozmani ko‘chirishga kirishishdan avval muqova-
lanishga mos tarzda qog‘oz dastalarni tayyorlab, varaqda satrlar 
necha qator bo‘lishi, matn qanday joylashtirilishini aniqlagan-
dan so‘ng, mistardan foydalangan. Mistar qalin qog‘oz (kar-
ton)ga matnning yozilish tartibini aks ettirib, oraliqlari bir xil 
bo‘lgan yonma-yon yoki qiya qilib ipak iplarni tortib tuzilgan. 
Xattot mistarni qog‘ozning ostiga qo‘yib, qo‘li bilan bosganda
qog‘ozga iplarning izi tushgan va ana shu bu izlar bo‘yicha matn 
ko‘chirilgan.
Xattot ish jarayonida miniatyurada aks etadigan voqeaband 
tasvirni belgilab, tegishli sahifalarda bo‘sh joylarni qoldirgan 
va matnning o‘sha parchasini yozmasdan ketgan. Musavvir o‘zi 
yaratayotgan tasvirda xattot tomonidan qoldirib ketilgan matn 
parchasini yozish uchun joy ajratib, to‘g‘ri burchakli chiziqlar 
bilan hoshiyalagan hamda o‘sha joyga miniatyurada aks et-
gan tasvirni ifodalovchi parchani qo‘shib qo‘ygan. Miniatyu-
raga biriktirilgan matn parchasi tasvirni izohlash bilan birga, 
sahifalardagi matn bilan miniatyura orasidagi bog‘liqlikni 
ko‘rsatgan. 
Musavvir
xattot tomonidan bo‘sh qoldirilgan sa-
hifa yoki yarim sahifa o‘rinlarni voqeaband tasvirlar bilan 
bezashda dastlab nozik qalam bilan rasmning badiiy tuzilish 
negizini chizib, ingichka mo‘yqalam yordamida rangli bo‘yoq, 
lozim bo‘lganda oltin va kumush bo‘yoq bilan ziynatlagan. 
Tasvir, o‘quvchi matn bilan tanish bo‘lmasdan turib, asarning 
ayrim epizodlari va umumiy mazmuni haqida tasavvur etish 
imkonini bergan. Asar mavzusiga ko‘ra chizilgan tasvir kitob 
bezagi bo‘lishi bilan birga, musavvir yashab, ijod etgan davrni
u xizmat qilgan ijtimoiy doiraning mafkurasini ham ifodalagan.
Musavvir o‘z ishini yakunlagach, ishni 
lavvoh
davom et-
tirgan. U qo‘lyozma kitobni badiiy bezatishda naqqosh va ziy-



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə