Islom diniga doir manba va adabiyotlar


SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83
3-мавзу маърузаси

157
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
gan o‘xshashlik ularni “islom kitob muqovasozligi” deb umum-
lashtirish imkonini beradi. Islom kitob muqovasozligi tarixi 
Misrda xristian diniga e’tiqod qilgan koptlardan (arablar Misrni 
bosib olgandan so‘ng Islom dinini qabul qilmagan misrliklar 
o‘zlarini kopt deb ataganlar) boshlangan. Koptlar dastlab mu-
sulmonlarga xizmat qilib, ular uchun kitob tayyorlagan bo‘lsa, 
keyinchalik bu texnologiyani ularga o‘rgatadi. Kopt uslubining 
kuchli ta’sirida shakllangan islom muqovasozligi o‘zigagina xos 
bo‘lgan uslub asosida takomillashib boradi. Muqova jildidagi 
ilk bezaklar bo‘yoq bilan chizilgan va kopt qabrtoshlari hamda 
matola ridan olingan oddiy geometrik shakllarni ifodalagan. As-
ta-sekin kopt muqovalari bezaklari texnologiyasi takomillashib, 
jildning ichki tomoni na
fi
s kesilgan bezaklar bilan bezatilgan.
Turkiy xalqlarga xos muqovasozlik san’ati Sharqiy Turkis-
ton uyg‘urlariga borib taqaladi. XX asr boshlarida nemis 
ekspeditsiya si tadqiqotlari natijasida Etnologiya muzeyi (Mu-
seum für Völkerkunde) ilmiy xodimi Albert fon Le Kok tomoni-
dan Xara Xoto xarobalaridan topilgan VIII va IX asrlarga oid 
muqova bo‘laklarida ifodalangan geometrik shakllar charmni 
na
fi
s kesish orqali bajarilgan hamda rangli, zarhal charm fon 
ustida aks ettirilgan. Muqova bo‘laklari har ikki mintaqa – Misr 
va Sharqiy Turkistonda na
fi
s kesilgan bezak texnologiyasining 
mavjud bo‘lganligidan dalolat beradi.
1908-yilda Rus Geogra
fi
ya jamiyatining Mo‘g‘ul-Sichuan 
ekspeditsiyasi a’zosi P.K. Kozlov (1863–1935) tomonidan Janu-
biy Mo‘g‘ilistondagi Xara Xoto shahri xarobalaridan topilgan 
muqova qoldiqlari professor S.F. Oldenburg (1863–1934) to-
monidan tahlil qilinib, ularning XIII asrga oidligi aniqlangan. 
Ushbu muqova bezaklari charm iplarni yopishtirish orqali ba-
jarilgan. Jildning markazida chirmashgan chiziqlardan iborat 
bezak medalon vazifasini o‘tagan va uning ko‘rinishi burchak 
qismda ham o‘ziga xos tarzda ifodalangan. Muqovadagi shakl-
lar bir-biriga ulangan aylanacha shakllardan hosil qilingan.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə