Islom diniga doir manba va adabiyotlar


SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83
3-мавзу маърузаси

165
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
xasi (inv. 

6093) va Bahouddin ar-Rumiyning qo‘lyozmalari 
ham noyob nusxalardan hisoblanadi. “Qalandarnoma” asari 
(inv. 

11668) (XIV asrda ko‘chirilgan).
Shuningdek, fondda ko‘plab nodir asarlar qatorida Abdurah-
mon Jomiyning o‘z qo‘li bilan ko‘chirilgan dastxat “Kulliyoti”, 
Alisher Navoiyning Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Haraviy, Ab-
duljamil kotiblar tomonidan ko‘chirilgan bir qancha devonlari, 
arab tilida yozilgan tabobatga oid “Al-Iktifo” asarining yagona 
nusxasi saqlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ali-
sher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
O‘zbe-
kiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomi-
dagi Davlat adabiyot muzeyi tarkibida ham qo‘lyozmalar 
fondi tashkil etilgan bo‘lib, unda 17000 dan ziyod qo‘lyozma, 
toshbosma, litogra
fi
k va nodir nashrlar mavjud. Shuningdek, 
50000 ga yaqin yozuvchi va shoirlarning arxivlari saqlan-
moqda. Qo‘lyozmalar orasida Sa’diy Sheroziyning 1636-yili 
ko‘chirilgan devoni, Abdurahmon Jomiyning “Tuhfat ul-ahror” 
qo‘lyozmasining 1578-yili ko‘chirilgan nusxasi, Nizomiy Ganja-
viyning XVI asrga oid “Maxsan ul-asror”, Xusrav Dehlaviyning 
1575-yilda ko‘chirilgan “Xamsa”si, Fig‘oniy, Nozim Hiraviy, Ab-
dullo Hoti
fi
y, Husayn Koshi
fi
y, Temurshoh Afg‘oniy va boshqa 
yozuvchi va shoirlar asarlarining qadimiy qo‘lyozma nusxalari 
alohida ajralib turadi.
Mo‘yi muborak madrasasi
. Mo‘yi muborak madrasasi 
taxminan XVI asrda qurilgan bo‘lib, kim tomonidan, aniq qaysi 
sanada barpo etilgani haqida ma’lumotlar yo‘q. Bugungi kunda 
madrasa o‘rnida qad rostlagan Sharq qo‘lyozmalari saqlanayot-
gan xazina Mo‘yi muborak kutubxonasi deb yuritiladi. O‘rta 
Osiyo musulmonlar diniy idorasi tashkil etilgan dastlabki yil-
larda uning raisi muftiy Eshon Boboxonning shaxsiy kutubxo-
nasidagi mingdan ziyod nodir qo‘lyozma kitoblar idora kutub-
xonasiga taqdim qilingan. Kutubxona fondi 1943–1970-yillarda 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə