Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83
3-мавзу маърузаси

164
mANBAShUNOSLIK
islohotchi ma’rifatparvar Abdurauf Fitrat (1886–1937), rus 
sharqshunosi V.L. Vyatkin (1869–1932) va boshqalarning shax-
siy kutubxonalarini misol tariqasida ko‘rsatish mumkin. Xiva 
xonlari kutubxonasi kitoblarining anchagina qismi ham shu 
yerga olib kelingan. Institut xazinasi keyinchalik vaqti-vaq-
ti bilan qadimiy kitoblarni yig‘ish uchun uyushtirib turilgan 
maxsus safarlar davomida aholidan sotib olingan qo‘lyozmalar 
bilan to‘ldirildi hamda ayrim shaxslar tomonidan hadya etilgan 
kitoblar hisobiga boyitib borilmoqda.
Bundan tashqari, dublet jamg‘armada 5237 jild, Hamid 
Sulaymon jamg‘armasida 7586 jild, toshbosma asarlar jam-
g‘armasida 39900 jild kitob saqlanadi. Sharqshunoslik instituti 
jamg‘armasi unda saqlanayotgan yozma yodgorliklar miqdori va 
ularning ilmiy-tarixiy ahamiyati jihatidan dunyoda eng boy va 
betakror xazina hisoblanadi. Uning tarkibida yagona va nodir 
asarlar ham talayginadir. Jumladan, yirik ilohiyotchi, tarixchi 
va tilshunos Abu Hafs Umar an-Nasa
fi
yning (1068–1142) hijriy 
766-yilda (1364–1365) ko‘chirilgan “Matla’ an-nujum va majma’ 
al-ulum” nomli qomusiy asari (inv. 

1462) shunday asarlar 
jumlasiga kiradi. XV asrga oid “Majmua-yi murosalot” (inv. 

2178) deb nomlangan xatlar to‘plamida esa Alisher Navoiyga 
yozilgan 594 maktubning asl nusxalari saqlanadi. Maktublar 
mualli
fl
ari 16 nafardir va ular orasida Abdurahmon Jomiy, Xoja 
Ubaydulloh Ahror (1404–1490) kabi mashhur tarixiy shaxslar 
ham bor. Ibn Miskavayhning (tax. 932–1030) “Tajoribal-umam” 
(“Xalqlar tajribasi”) asarining (inv. 

595) uchinchi jildi 1199-
yil ko‘chirilgan va u eng qadimiy nusxalardan biri hisoblanadi. 
“Kalila va Dimna” asarining (inv. 

3629) 1305-yil Bag‘dodda 
ko‘chirilgan, Qur’oni karimning XIII asrda ko‘chirilgan deb tax-
min qilinadigan qadimiy nusxalaridan biri (inv. 

2008) tadq-
iqotchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Unda arabiy matn satrlari 
turkiy va forsiyga so‘zma-so‘z tarjima qilingan. Yusuf Xos Hojib 
qalamiga mansub “Qutadg‘u bilig” asarining juda noyob nus-



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə