Islom diniga doir manba va adabiyotlar


SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83
3-мавзу маърузаси

161
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
o‘zi mohir xattot va musavvir bo‘lib, turk, arab, fors tillarida 
she’rlar ham yozar edi. 1420-yilda otasining qo‘llab-quvvatlashi 
bilan Hirotda kutubxona tashkil etdi. Saltanatning turli hudud-
laridan kelgan kitobat san’ati ustalari uning homiyligi va rah-
barligi ostida birlashadi. Keyinchalik Husayn Boyqaro, Alisher 
Navoiylar ham uning ishini davom ettiradi.
Ma’lumki, temuriylar va Xitoy o‘rtasida diplomatik aloqalar 
keng yo‘lga qo‘yilgan, elchiliklar natijasida nafaqat siyosiy, balki 
madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu 
diplomatik aloqalarda Hirot kitobat san’ati ustalari ham ishtirok 
etgan. Xitoy elchilari to‘rt marta (1409, 1412, 1417, 1419-yil-
larda) Hirotga kelib ketadi. Bu holat Hirot kutubxonasi faoliya-
tiga ta’sir etib, unda ijod qilgan ustalar ijodida Uzoq Sharqqa 
xos sifatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. 1419–1422-yillarda 
Xitoyga yuborilgan Shohrux mirzo elchiligida Boysunqur mir-
zoning ikki vakilidan biri Xo‘ja G‘iyosiddin Naqqosh (XIV asr-
ning ikkinchi yarmi) ishtirok etib, Hirotga qaytgandan so‘ng 
safar kundaliklarini taqdim etadi. Keyinchalik Ho
fi
zi Abru 
(1361–1430) ushbu kundalikni o‘zining tarixiy asari “Zubdat 
ut-tavorix” tarkibiga kiritadi.
Boysunqur mirzo kutubxonasida 1420-yildan faoliyat 
yuritgan kitobat san’ati ustalaridan Qavomiddin Mujallid Ta-
briziy tomonidan muqovasozlikdagi bo‘rtma tasvirli bezaklar 
ixtiro qilinadi. Kutubxonada ustalarning ko‘pchiligi Boysun-
quriy nisbasi bilan ijod qilib, kitobat san’ati durdonalarini 
yaratganlar. 
Hirotda bajarilgan go‘zal husnixat, zarhal va rangli bezaklar-
ga ega qo‘lyozma namunalarining muqovalari ushbu san’atning 
oltin asridan, davrning hamda ularni yaratgan yuqori malakali 
doiraning yuksak badiiy ma’naviyatidan, shuningdek, ustalar-
ning ajoyib ijodkor kuch, mukammal yaratuvchi bo‘lganligidan 
dalolat beradi. Bu muqovalar barcha davr va xalqlar san’ati 
orasida texnik-badiiy xususiyatlari bilan ajralib turadi hamda 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə