Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83
3-мавзу маърузаси

158
mANBAShUNOSLIK
Sharqiy Turkiston turklarining islom dinini qabul qilishi 
muqovasozlikning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Musul-
monlar yozuv va kitobni muqaddas deb hisoblagani sababli 
kitobga bo‘lgan talab, ijodkorning kitobni muqovalash va beza-
tishga bo‘lgan qiziqishini orttirdi. Uyg‘ur turklari IX asrda ab-
bosiylardan bo‘lgan xalifa Mu’tasim Billah (833–842) himoyasi 
va homiyligi ostida Tigr daryosi bo‘yida bunyod etilgan Samara 
shahriga kelib o‘rnashib, bu san’atni islom olamiga keng tar-
qatadi, ular ta’sirida Iroq va Xuroson shaharlari muqovasozlik 
san’atining rivojlangan markazlariga aylanadi.
Tulinidlar davriga (VIII–IX asrlar) oid islom muqovalari-
ning dastlabki namunalaridan biri katta hajmdagi (49,3
×
67 sm) 
Qur’oni karim muqovasi hisoblanadi. Undagi geometrik bezak-
lar kopt muqovalariga o‘xshash bo‘lib, yagona farqi jild asosi 
papirus kartondan emas, kedr daraxti yog‘ochidan yasalgan, 
jild 
fi
l suyaklari, turli xil daraxt bo‘laklari qadab bezatilgan. 
(Bugungi kunda ushbu muqova Berlinda Islom san’ati muzeyida 
(Museum für islamische Kunst) saqlanadi.)
Arab muqovalari hijratning ilk asrlarida yog‘och va teri-
dan yasalgan. Ulardagi o‘ta oddiy geometrik bezaklar asosan 
urib ishlatiladigan asboblar yordamida tushirilgan. Qog‘oz 
ishlab chiqarishning kengayishi bilan yog‘och o‘rniga karton-
dan foydalanilgan. Bezaklarda aynan oldingi geometrik shakl-
larni qo‘llash davom etib kelsa-da, bu shakllarning bir-biriga 
chirmashgan, sertugun na
fi
s bezaklar bilan uyg‘unlashgan 
yaxlit birliklar jildning o‘ziga xosligini ko‘rsatadi. Kayruandagi 
Sidi Uqba masjididan topilgan gorizontal ko‘rinishdagi 12 ta jild 
ham islom muqovasozlikning ilk ko‘rinishlari sifatida ma’lum. 
Kayruan muqovasozligi namunalaridan biri XI asrga oid bo‘lib, 
terak yog‘ochidan yasalgan jildga chilvir iplarni yopishtirib, go-
rizontal joylashtirilgan 
arabeska (
geometrik va o‘simliksimon 
shakllarning uyg‘unlashtirilgan naqsh turi) bezaklardan hosil 
qilingan.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə