Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
3-мавзу маърузаси

156
mANBAShUNOSLIK
natlovchi vazifasini bajargan. Bu ish o‘z ustasidan nozik did
jiddiy mahorat va ish jarayonida foydalaniladigan materiallarni 
tayyorlashga oid bilimni talab etgan. Uning sahifani bezatish 
bo‘yicha vazifasi quyidagicha bo‘lgan: badiiy qo‘lyozmalarda 
matn boshlanishi oldidan bir yoki ikki betni egallagan naqshli 
lavhani joylashtirgan; ko‘proq o‘simliksimon yoki geometrik 
shakldagi jimjimador naqshlar aks ettirilgan lavhani rangli va 
zarhal bo‘yoqlarda chizgan; qo‘lyozma kitobda bir necha asar 
joy olganda, ularning har biri uchun alohida lavha ishlangan; 
miniatyura aks etgan sahifalarda tasvirning hoshiyasini in-
gichka naqsh bilan bezagan; matn boshiga unvon joylashtir-
gan, turli ranglarda va zarhal bo‘yoqlarda chizilgan naqshning 
chetlarini ingichka qora rangda aylantirib chiqqan.
Lavvoh qo‘lyozmalarda matn yozilgan oq qog‘ozni hoshiya 
vazifasini bajaruvchi boshqa rangli qog‘ozga mohirlik bilan
yopishtirgan. Birikkan joylarni yashirish uchun zarhal yoki 
rang 
li bir necha yonma-yon chiziqlardan foydalangan. Turli 
rangdagi chiziqlarning bir qismi matn yozilgan oq qog‘ozga, 
yana bir qismi hoshiyaga to‘g‘ri kelgan.
Hoshiyalarga bo‘yoqlarda rang berishdan tashqari, ba’zan 
sof oltin bilan na
fi
s o‘simlik tasvirlari chizilgan. Ba’zida ho-
shiya turli ranglar bilan bo‘yalgan yoki o‘simliksimon naqshlar 
o‘rniga ko‘proq yirik yoki mayda oltin zarrachalar, jimjimalar 
bilan bezatilgan. Qo‘lyozma xattot, musavvir, lavvoh mehna-
tidan so‘ng sahhof qo‘liga o‘tib, tayyor kitob holiga keltirilgan 
va qo‘lyozma kitob uzoq saqlanishi uchun muqova bilan qop-
langan. Muqovasozlik o‘rta asrlarda badiiy ijodning mustaqil 
sohalaridan biri hisoblangan.
Arab yozuvidagi kitoblarni muqovalash tarixidan

Kitobni muqovalash tarixining xronologiyasi VII asrdan bosh-
lanib, geogra
fi
k jihatdan Yaman va Ispaniyadan tortib Marka-
ziy Osiyogacha bo‘lgan katta hududni qamrab oladi. Bezaklari, 
kelib chiqish manbalari turlicha bo‘lgan muqovalarda ifodalan-



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə