Islom diniga doir manba va adabiyotlar


SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83
3-мавзу маърузаси

153
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
dan boshlab yaratilgan qo‘lyozmalar yuksak saviyasi, xat turi 
xususiyatlari, badiiy bezak ziynatlari, uning qimmatini bel-
gilovchi asosiy bezaklardan – miniatyura, naqshlar va go‘zal 
husnixatning mavjud bo‘lganligi bilan kitobat san’atida alohida 
ajralib turadi.
Badiiy qo‘lyozmani yaratuvchilar – turli soha ustalaridan 
iborat bir guruh saroy kutubxonalardagi ustaxonalarga jalb 
etilgan holda faoliyat yuritgan bo‘lsa, kitobat jarayonida ishtirok 
etuvchi ustalarning boshqa bir guruhi alohida birlashib, ziyo-
lilar va oddiy aholidan iborat kitobxonlar uchun shaxsiy tar-
tibda ishlagan. Chunki yuqori lavozimli shaxslar buyurtmasi 
bo‘yicha tayyorlangan bezaklarga boy kitoblardan tashqari, 
adabiyot, ilm-fan namoyandalari va kitob ishqibozlari uchun 
mo‘ljallangan oddiy kitoblarga ham talab yuqori bo‘lgan.
Dastlabki davrlarda kitoblarning katta qismini tashkil et-
gan diniy mazmundagi asarlarning qo‘lyozma nusxalari aso-
san xattot mehnati natijasida yaratilgan. Keyinchalik XV–XVII 
asr larda badiiy qo‘lyozmalarni yaratishda turli mutaxassislar 
– qog‘ozrez, xattot, lavvoh, muzahhib, musavvir, sahho
fl
arning 
mahorat va qunt bilan ishlashi talab etilgan. Bundan tashqari
hunarmandchilikning boshqa sohalarida mehnat qilgan oltin 
qazuvchilar, loklovchi pardozchilar, charmdan na
fi
s bezak ke-
suvchilar, qog‘oz, lok tayyorlovchilar va boshqa ustalar ham 
kitobat jarayoniga o‘z hissalarini qo‘shgan. Ularning kitob 
yaratishga qaratilgan jamoaviy faoliyati madaniy markazlar 
orasidagi ijodiy tajriba almashishlarga hamda ancha oldin 
qo‘llanilgan an’analarga asoslangan holda amalga oshirilgan. 
Ijodiy mehnatdagi o‘zaro izchillik va mutanosiblikning mav-
judligi esa qo‘lyozma kitob uslubidagi yagonalik, yaxlitlik, 
texnik jihatdan mukammallikni ta’minlagan.
Kitobat jarayonida asosiy ish xattot tomonidan bajarilgan: 
u kitobni badiiy xat turi bilan ko‘chirgan, zarur hollarda tahrir 
qilib, ayrim kichik o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritib bor-



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə