Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83
3-мавзу маърузаси

162
mANBAShUNOSLIK
Sharq xalqlariga xos umumiy sifatlarni ifodalaydi. Umumiy 
mafkura, diniy va dunyoviy qarashlarning badiiy madaniyat 
shakllanishidagi salmog‘i yuqori bo‘lib, Sharq ustalari o‘z asar-
larida ham an’anaviy, ham qo‘shni xalqlarga xos bo‘lgan shakl 
va uslublardan foydalanib kelgan va bular Hirot muqovalarida 
o‘z aksini topgan.
Hirotdan tashqarida turli o‘lkalarda hukmronlik qilgan 
temuriy shahzodalar poytaxtdan namuna olganlar hamda 
shoirlar, musiqachilar, xattotlar, musavvirlar, muqovasozlarga 
e’tibor berish, ularni turli hududlardan jalb etish bilan o‘zlari 
hukmronlik qilgan o‘lkalarning nufuzini oshirishga harakat 
qilganlar. Shubhasiz, mohir ustalar bilan birga, poytaxtga xos 
badiiy uslublarni uzoq o‘lkalarga olib kelish vazifasi shahzoda-
lar tomonidan amalga oshirilgan. Temuriylar saltanati viloyat-
larida bajarilgan muqova namunalarining texnik mahorat va 
dekorativ uslubida Hirotga bog‘liqlik ko‘zga tashlanadi.
1405-yilda asos solingan Hirot kitobat muassasasi Husayn 
Boyqaro hukmronlik davri Alisher Navoiy rahbarligidagi Hirot 
(kitobat muassasasi) faoliyatining rivojlangan va so‘nggi bos-
qichini o‘tkazadi. Yuz yil davomida faoliyat ko‘rsatgan ushbu 
muassasa 1507-yilda shayboniylar tomonidan Hirot egallangan 
vaqtda yo‘q qilindi. Ustalarning bir qismi Yaqin Sharqning turli 
hududlariga tarqab ketdi. Ular o‘zlari bilan Hirotga xos badiiy 
uslublarni ham olib ketdilar. Muqovalar Sharqning qaysi hudu-
dida yaratilgan bo‘lmasin, ularda Hirot uslubiga xos betakror-
lik yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu uslublar keyingi ikki yuz yil 
davomida Hindistondagi Boburiylar davlatiga va Oltin O‘rdadan 
ajralgan Istanbulga ijodiy ilhom bag‘ishlovchi vazifasini bajardi. 
Hirot uslubi XV asrdan boshqa madaniy markazlarda yaratil-
gan badiiy qo‘lyozmalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Muqovasozlik 
san’ati XVI–XVII asrda ham rivojlanishdan to‘xtab qolmadi. Bu 
davrda muqovasozlik texnologiyalari takomillashib, charmni 
istalgan rangga bo‘yash imkoniyatlari kengaydi. Qora va malla 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə