Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83
3-мавзу маърузаси

160
mANBAShUNOSLIK
kitobat san’ati ustalarini o‘z saroylarida tashkil etilgan ku-
tubxonalarga jamlab, mahalliy ustalar bilan birgalikda faoliyat 
olib borgan. Muqovasozlarning ustaxonalari bozorlarda ham 
joylashgan. Sahho
fl
ar do‘koni ba’zi hollarda kitob va san’at 
ixlosmandlari to‘planadigan joy vazifasini o‘tagan. Zayniddin 
Vosi
fi
y bu haqda quyidagilarni yozadi: “Bir kuni Samarqand-
ning attorlar bozorida bir to‘da shoiru fozillar bilan Mullozoda 
Mujallid do‘konida o‘ldirgan edik. Jildlangan kitob varaqlari 
singari bir-birimizga inoqlik sherozasi bilan bog‘lanib, badeha 
va mushoira suhbatin o‘rtaga qo‘yib, samimiy va hushdil suh-
bat maydonida mutoyiba bayrog‘in baland qilib o‘tirgan edik. 
Nogoh bozorning bir tara
fi
da g‘ulg‘ula va to‘polon ovozi keldi”.
Temuriylar davrida yaratilgan yuksak madaniyat faqat 
qo‘shni bo‘lib qolmasdan, uzoq vaqt davomida yagona boshqa-
ruvga ega bo‘lgan Eron, O‘rta Osiyo, Kavkazda yashagan turli 
xalqlar va madaniy birliklarning murakkab hamda ko‘p asr lik 
mahsuli hisoblanadi. Amir Temur tomonidan Misrdan, Eron 
viloyatlaridan taklif qilingan ustalar faoliyati Shohrux mirzon-
ing 42 yillik hukmronligi davrida va homiyligi ostida Hirotda 
Sharq muqovasozligini yuqori darajada rivojlantirdi. Shohrux 
mirzo Hirotda 50–51 yil davomida istiqomat qildi. Samar-
qand davlat poytaxti bo‘lsa-da, uning hukmronligi davrida 
Hirot o‘z hunarmandchiligi va san’ati bilan shuhrat qozongan 
yirik, chiroyli shaharlardan biri sifatida dastlab temuriylar-
ning, keyinchalik butun O‘rta Sharq ning madaniy markaziga 
aylandi. Mirzo Ulug‘bek boshqaruvidagi Samar qanddan farqli 
ravishda, bu yerda aniq fanlarga emas, ko‘proq ijtimoiy fan-
larni rivojlantirishga, san’at, adabiyot va tarixga katta e’tibor 
qaratilgan.
Shohrux mirzoning o‘g‘li, islom olamida kitob shinavan-
dasi sifatida tanilgan shahzoda Boysunqur mirzo Sharq kito-
bat san’ati taraqqiyotida yangi davrni boshlab bergan saroy 
ilmiy muassasasi va kutubxonasiga asos soldi. Boysunqurning 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə