Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
3-мавзу маърузаси

152
mANBAShUNOSLIK
hamda shahar madaniyatidagi yuksalish bilan chambarchas 
bog‘liq bo‘lgan. Ilm-fan, mumtoz she’riyat, san’at hamda kitobga 
bo‘lgan qiziqish va talabning ortishi natijasida qo‘lyozma kitob 
tayyorlash jadallik bilan rivojlanib, asta-sekin badiiy ijodning 
yetakchi sohalaridan biriga aylangan. Ayni vaqtda Sharq mam-
lakatlarida shahar madaniyatining rivojlanishi jamiyatdagi asl-
zoda kishilarning dunyoviy mazmundagi, tarixiy-qahramonlik, 
lirik muhabbat va falsa
fi
y-axloqiy mavzulardagi mumtoz sharq 
she’riyati ijodkorlarining asarlarga qiziqishini kuchaytirgan, 
she’riy bayozlar, zamonaviy ijodkorlarning g‘azallar majmuyi, 
lirik va falsa
fi
y-axloqiy asarlarni ifodalagan alohida kitoblar 
yaratila boshlagan.
Qur’oni karim hamda diniy mazmundagi asarlar odatda 
yirik o‘lchamdagi xat turlari – ku
fi
y, nasx, rayhoniy yoki suls 
xatlarida bajarilgan; ilmiy, tarixiy, adabiy-badiiy asar matnlari 
XIV asrgacha nasx, ta’liq xatlarida ko‘chirilgan. Nasx va ta’liq 
xatlari asosida hosil qilingan nasta’liq xati dastlab hasham-
dor qo‘lyozmalarda foydalanilgan va asta-sekin ommalashib, 
XIV asr oxirlari–XV asrdan asosiy xat turiga aylangan. Nasx, 
suls xatlari diniy mazmundagi asarlarda hamda sarlavhalardagi-
na ishlatilgan. Ko‘p joyni talab etmaydigan nasta’liq xatining keng 
qo‘llanilishi kitob hajmi va o‘lchamining kichrayishiga, sahifalar-
ga bezak berishda yangi usullarning paydo bo‘lishiga olib kelgan. 
Dunyoviy mazmundagi nazmiy asarlarda minia tyuraning na
fi

jihatlari bilan badiiy uyg‘unlik kasb etib, badiiy qo‘lyozmalarda 
ham bezak sifatida muvaffaqiyat bilan qo‘llanilgan.
Sharq xalqlari Islom dini qoidalaridan kelib chiqib, kitobni 
bezatishda, asosan, voqeaband tasvirlardan emas, o‘simliksimon, 
epigra
fi
k naqshlardan, geometrik shakllardan iborat bezaklar-
dan foydalanib kelgan. Amir Temur va temuriylar davri kito-
bat san’atida geometrik shakldagi naqshlar ikkinchi darajali 
sanalib, murakkab shakldagi, bir-biriga chirmashgan naqshli 
yozuv, voqeaband tasvir asosiy bezaklardan sanalgan. XV asr-



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə