Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83
3-мавзу маърузаси

166
mANBAShUNOSLIK
xalqdan sotib olingan va hadya qilingan qo‘lyozma va bosma 
kitoblar hisobiga boyitilgan. Hozir kutubxonada 20 mingga 
yaqin kitoblar saqlanadi. Shulardan 3 mingga yaqinini nodir 
qo‘lyozmalar tashkil etadi. Kutubxonada saqlanayotgan eng no-
dir kitob kiyik terisiga yozilgan Usmon roziyallohu anhu Mu-
sha
fi
hisoblanadi. Usmon musha
fi
uzoq yillar Nodir devonbegi 
madrasasida saqlangan. 1868-yilda Peterburgga olib ketilgan va 
1917-yilgacha imperator kutubxonasida saqlangan. So‘ng Ros-
siya musulmonlarining Ufadagi idorasiga berilgan. 1924-yilda 
Hazrati Usmon musha
fi
yana O‘zbekistonga qaytarilgan va 
1941-yilgacha Turkiston islom jamiyati qoshidagi masjidda, 
1989-yilgacha O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlan-
gan. 1989-yildan buyon Mushaf Mo‘yi Muborak kutubxonasida 
saqlanmoqda.
Kutubxonada saqlanayotgan yana bir nodir qo‘lyozma “Lan-
gar Qur’oni” nomi bilan mashhur mushafning 13 sahifasi hisob-
lanadi. Langar Qur’oni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 
Langar qishlog‘idagi “Langar ota” masjidida saqlanib kelgan, 
hozirgi kunda qolgan sahifalarning 1 tasi Abu Rayhon Beruniy 
nomidagi Qo‘lyozmalar markazida, 2 tasi Ibn Sino nomidagi 
Buxoro viloyat kutubxonasida, 81 tasi Rossiya Fanlar aka-
demiyasi Sankt-Peterburg bo‘limida saqlanadi. Langar Qur’oni 
varaqlari o‘lchami 52x32 sm, har bir sahifadagi yozuv 23–26 
satrni tashkil qiladi.
Noyob manbalar qatoridan Qur’oni karimning turli davr-
larda ko‘chirilgan nusxalari, Mas’ud ibn Umar at-Taftazoniy-
ning “Sharh al-Mutavval” (XIV asr), Husayn Voiz Koshi
fi
yning 
“Ravzat ush-shuhado” (XIV asr), Burhoniddin Marg‘inoniyning 
“al-Hidoya” (XVIII asr), Mahmud Zamaxshariyning “al-Kash-
shof”, Jurjoniyning tabobat ilmiga oid “Zahirat ul-Xorazmshoh” 
(XVII asr) qo‘lyozmalari saqlanadi.

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə