Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
3-мавзу маърузаси

146
mANBAShUNOSLIK
madaniy aloqalar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. XVI asrgacha 
O‘rta Osiyo san’atida fors madaniyatining ta’sirini kuzatish 
mumkin bo‘lsa, safaviylar shia mazhabini rasmiy ravishda tan 
olgandan so‘ng Eron bilan badiiy san’at sohasidagi aloqalarga 
chek qo‘yildi. Qo‘shni davlatlar, ayniqsa, Shimoliy Hindiston 
boburiylar davlati bilan badiiy aloqalar mahsuli bo‘lgan yangi 
qo‘lyozmalar turkumi paydo bo‘ladi. Buning sababi boburiylar 
asli Movarounnahrdan bo‘lganligi uchungina emas, O‘rta Osiyo 
va shimoliy Hindiston hududlarida tarixiy taraqqiyotning sha-
roitlari, ijodkorlarning badiiy qarashlari va xalqning tafakkur 
doirasi bir-biriga yaqin ekanligi edi. 1570–1580-yillarda Abdul-
laxoni soniy va boburiy hukmdor Akbar (1556–1605) o‘rtasida 
diplomatik aloqalar keng yo‘lga qo‘yildi. Natijada madaniy so-
hada shoirlar, olimlar, ustalar o‘rtasida safarlar uyushtirildi. 
O‘sha davr O‘rta Osiyo kitobat san’atida ham hind uslubiga xos 
jihatlar ko‘zga tashlanadi.
XVI asrning oxirgi o‘n yilligi Eron va Movarounnahr muno-
sabatlarida o‘zaro dushmanlik, harbiy to‘qnashuvlar bilan izoh-
lanadi. 1574-yilda Abdullaxoni soniy tomonidan Hirot to‘qqiz 
oy qamal qilinadi. 1598-yilda uning o‘g‘li Mashhadni vayron 
qilishi natijada Mashhad kutubxonasi, temuriylar va safaviylar 
qo‘lyozmalari Buxoroga olib kelinadi. Ayni vaqtda Movaroun-
nahr qo‘lyozmalarida Eronning ta’siri, xususan, Sheroz kitobat 
maktabi faoliyatining tugatilishi tufayli Sheroz uslubiga xos ji-
hatlar ko‘zga tashlanadi.
XVII asrda ashtarxoniylarning (1601–1753) hokimiyatga 
kelishi mamlakatning ijtimoiy hayotida o‘zgarishlarga sabab 
bo‘lmadi. XVII asrning birinchi yarmi va o‘rtalarida madaniy 
sohada birmuncha ijodiy yutuqlarga erishildi, Samarqand va 
Buxoroda yirik qurilishlar bo‘ldi (Registon, Labi hovuz), saroy-
da she’riyat, tarixnavislik, musiqa rivojlandi, kitobat san’atiga 
homiylik qo‘llab-quvvatlandi. Buxoroda ashtarxoniy Imomqu-
lixon (1611–1641) kutubxonasida faoliyat olib borgan ikki kitob-



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə