Islom diniga doir manba va adabiyotlar


SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83
3-мавзу маърузаси

137
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
nasta’liq yozuv turini ixtiro qilgan va bu yozuv turli mutaxas-
sislar tomonidan “xatlar kelinchagi” deb atalib, she’riy, tarixiy 
asarlar qo‘lyozmalari uchun asosiy yozuv turiga aylangan.
Amir Temurdan so‘ng temuriylar hukmronligi davrida 
kitobat san’atiga e’tibor yanada oshdi. Temuriylar davlatining 
Movarounnahr va Xurosonga bo‘linishi mintaqadagi madaniy 
hayotga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Biroq hukmdorlar va 
shahzodalarning ilm-fan, madaniyat va san’atning turli so-
halariga homiyligi madaniy-ma’naviy hayotning rivojlanishiga 
zamin yaratdi. Bu davrda Sheroz (Shohrux mirzo (1405–1447) 
va uning o‘g‘illari davrida), Hirot (G‘iyosiddin Boysunqur ibn 
Shohrux (1397–1433) va Sulton Husayn Boyqaro (1469–1506) 
davrlarida) Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining siyosiy va 
madaniy markazlari sifatida tanildi.
Bugungi Afg‘oniston, Eron hamda O‘rta Osiyo bir davlat si-
fatida temuriylar tomonidan idora etilgani uchun turkiy xalq-
lar, shu jumladan, o‘zbek xalqi madaniyati qisman Xurosonda, 
ayniqsa poytaxti bo‘lmish Hirotda taraqqiy etgan, ayni paytda 
uning madaniyatining eng porloq davrlaridan biri hisoblanadi. 
Bu davrda Hirot bilan bir qatorda, Buxoro, Tabriz, Mashhad, 
Sheroz, Bog‘dod kabi san’at markazlarida ham temuriylar davri 
badiiy qo‘lyozmalarining eng go‘zal namunalari yaratildi.
Temuriy hukmdor Shohrux mirzo davrida mamlakat marka-
zida kitobat san’atining Hirot uslubi yaratilishi uchun ilk qad-
amlar qo‘yildi va Boysunqur mirzo (hukmronligi rahbarligida) 
Hirot kitobat san’ati markazi sifatida rivojlandi. Temuriylar ning 
saroy kutubxonasi o‘zida kitob ishlab chiqarish markazini ifo-
dalagan bo‘lib, adabiyotlarda unga akademiya, nigorxona sifa-
tida nisbat beriladi. Boysunqur mirzo kutubxonasida kitobat 
san’atining turli soha mutaxassislari to‘planib, kitobat san’ati 
durdonalarini yaratganlar. Ustalarning ko‘pchiligi Boysunquriy 
nisbasi bilan ijod qilgan. Kutubxonaning bosh xattoti Kamolid-
din Jaf’ar Ali Boysunquriy Tabriziy (vafoti 1433-y.) vaqti-vaqti 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə