Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83
3-мавзу маърузаси

132
MANBAShUNOSLIK
Savol va topshiriqlar
1. Arab yozuvidagi dastlabki manbalar tarixi haqida so‘zlab bering.
2. Arab tilidagi yozma manbalar: Qur’oni Karim va uning tafsirlari
hadislarga oid asarlarni sanab o‘ting.
3. Hadisshunoslik ilmining rivojlanish tarixi haqida ma’lumot bering.
4. Imom al-Buxoriyning ilmiy merosi haqida qanday ma’lumotlarga 
egasiz?
5. Imom at-Termiziy asarlarining mohiyada nimada?
6. Fiqhshunoslikka oid asarlar xususida nimalar bilasiz?
7. Tasavvuf sohasida ijod qilgan allomalarimiz asarlari haqida so‘zlab 
bering.
8. Aqoid deganda nimani tushunasiz?
Manbalar va adabiyotlar
1. 
Абу
 
Жаффар
 
Табарий
.
История
ат
-
Табарий
. – T.: 
Фан
, 1969.
2. 
Абул
 
Фазл
 
Байхаки
.
История
Маъсуда

Перевод
с
персидского

Введение

комментарии
и
приложения

А
.
К

Арендса
. – M., 
1969.
3. 
Ahmedov B.
O‘zbekiston tarixi manbalari (qadimgi zamon va O‘rta 
asrlar). – T., 2001.
4. 
Библиография
арабских
рукописей
. – M., 1982.
5. 
Bo‘riyev O.
Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo. 
– T., 1997.
6. 
История
Узбекистана
в
источниках

Известия
путешествен
-
ников

географов
и
ученых
XVI – 
первой
половины
XIX 
века

Составитель
Б
.
В
.
Лунин
. – T.: 
Фан
, 1988.
7. 
Мир
 
Мухаммад
 
Амин
 
Бухороий
.
Убайдулла
-
наме

Перевод
с
таджикского
с
примечаниями
А

Семенова
. – M., 1957.
8. 
Рашид
 
ад
-
дин
.
Сборник
летописей
// 
Пер

с
персидского
О
.
И
.
Смирновой

Прим

Б
.
И

Панкратова
и
О
.
И

Смирновой

Ред

А
.
А

Семенова
. T.I, 
кн
.2. – M. – 
Л
., 1952.
9. 
Собрание
Восточных
рукописей
Института
востоковедения
АН
РУЗ
. T
т
. I–XI. – T., 1952–1987.
10. 
Халидов
 A.
Б
.
Арабские
рукописи
и
арабская
рукописная
тра
-
диция
. – M., 1985.


133
MARKAZIY OSIYONING O‘RTA
ASRLAR TARIXIGA OID MANBALAR
5-mavzu: 
SHARQ KITOBAT TARIXI,
QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
Sharq kitobat san’ati tarixidan. Amir Temur va Temuriylar 
davrida kitobat san’atining rivojlanishi. Temuriylar davrida 
kitoblarni muqovalash tarixidan. XVI–XIX asrlarda O‘rta 
Osiyoda kitobat. Arab yozuvidagi badiiy qo‘lyozmalarning 
o‘ziga xos xususiyatlari. Arab yozuvidagi kitoblarni
muqovalash tarixidan. O‘zbekistonda saqlanayotgan arab 
yozuvidagi yozma manbalar (O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti, Alisher Navoiy nomidagi davlat
adabiyot muzeyi, Muyi muborak madrasasi, Toshkent
Islom universiteti kutubxonasi, O‘zbekiston Milliy universiteti 
Noyob qo‘lyozma kitoblar muzeyi).
Sharq kitobat san’ati tarixidan. 
Sharq xalqlarining 
ilm-fan va ma’naviy madaniyat sohasida yaratib qoldirgan 
buyuk merosi, bugungi kunga qadar asosan, qo‘lyozma asarlar 
holida yetib kelgan. Arab yozuvida kitobat qilingan arab, fors 
va turkiy tillardagi madaniy meros tufayli Sharq xalqlari aj-
dodlar tomonidan yaratilgan ma’naviy xazinadan bahramand 
bo‘lgan va jahon madaniyati taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha 
olganlar. Barcha musulmonlar uchun yagona bo‘lgan arab 
yozu vi badiiy san’at va bezaklar ifodasi uchun ham universal 
ahamiyatga ega hisoblangan. Albatta, uning bunday mavqeyi 


134
mANBAShUNOSLIK
musulmonlar e’tiqodi, Qur’oni karim ushbu yozuv vositasida 
ifodalanganligi bilan bog‘liq. Arab yozuvida bitilgan kitobat o‘z 
rivojlanish tarixiga ega. Qur’oni karimning VIII–IX asrlarga oid 
ilk nusxalari arab yozuvining dastlabki shakllaridan biri – ku
fi

xatida pergamentga yozilgan, kam miqdorda tilla bilan birga 
turli ranglardan foydalanilgan. Ularda Sharqning qaysi hudu-
dida yaratilganligini ko‘rsatuvchi alohida belgilar ko‘zga tash-
lanmagan. Yozuv materiali sifatida qog‘ozning kashf etilishi va 
ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi kitobat tarixida katta siljishga, 
kitoblarning ko‘payishi, ularning sifat jihatdan yaxshilanishiga 
imkon yaratdi. Kitoblar ko‘payishi bilan birga yozuv an’anasi 
ham rivojlanib, X asr boshlarida ku
fi
y xati zaminida muhaqqaq, 
rayhoniy, suls, nasx, tavqi’, riqo‘ xat turlari yaratildi. Bu holat 
matnni ko‘chirishda uning tavsi
fi
, mazmunidan kelib chiqib, 
turli husnixat usullaridan foydalanishga, sahifalar, titul varag‘i 
va muqova jildida yozuvli bezaklarni ifodalashga ham imkon 
berdi. X–XI asrlarga kelib, Fotimiylar (909–1171) va Saljuqiy-
lar (1037–1194) hukmronligi davrida kitobat uslubida bir qan-
cha o‘zgarishlar kuzatiladi: kitoblar geometrik shakllar bilan 
bezatilgan titul varag‘iga ega bo‘ldi, varaqlar yog‘och asosga 
charm qoplangan jild bilan muqovalandi. XII asrdan Saljuq 
turklari hukmronlik davrida kitobat san’atida me’morchilikka 
xos bezaklardan, masalan, terilgan g‘ishtlarga o‘xshash yoki 
ganchkorlikka xos bezaklardan foydalanishga qiziqish kuchaya-
di. Hamadon amiri Muzaffariddin O‘zbek ibn Muhammadning 
(1191–1211) vaziri Abulqosim Horun ibn Ja’far Dindon kutubxo-
nasi uchun tayyorlangan qo‘lyozma mo‘g‘illar davrigacha ba-
jarilgan Sharq qo‘lyozmalarining go‘zal namunalaridan birini 
ifodalaydi. Tasvirlar bilan bezatilgan dastlabki Markaziy Osiyo 
qo‘lyozmalaridan biri Ayyuqiy (V asr) “Varqa va Gulshoh” dos-
tonining XII asr oxiri – XIII asrga oid nusxasida aks etgan 
miniatyura uslubi islomgacha bo‘lgan davrlardagi devor tasvir-
larini eslatadi.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə