Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83
3-мавзу маърузаси

5. “Hadiqat al-haqiqa” 
(“Haqiqat bog‘i”). Abulfath Mu-
hammad ibn shayxulislom Nasr Ahmad ibn Abulhasan ibn Jarir 
ibn Abdulloh ibn Lays al-Balxiy summa an-Namiqiy al-maruf 
bi-l-Jomiy (vafoti 641/1243–1244-y.) asari; arab tilida.
Muallif o‘z zamonasi ba’zi so‘
fi
ylarining shariat, tariqat va 
haqiqatda noto‘g‘ri yo‘lda borayotgani uchun ularni ogohlan-


130
MANBAShUNOSLIK
tirib, ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish maqsadida mazkur asarni 
yozgan.
6. “Mirsod al-ibod min al-mabda’ ila al-ma’od” 
(“Bandalarning avvaldan oxirgacha istagi”). Muallif – Abubakr 
ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Shohovar al-Asadiy ar-Ro-
ziy; “Najmuddin ad-Doya” laqabi bilan shuhrat topgan (vafoti 
654/1256-y.).
Asar besh bob, qirq bo‘limdan iborat bo‘lib, unda har xil 
toifadagi kishilar baxtli bo‘lishlari uchun nimalar qilishlari, 
qanday hayot kechirishlari kerakligi haqida o‘gitlar keltiril-
gan; tariqatning mohiyati, shayx va muridning majburiyatlari 
hamda boshqa shu kabi tasavvu
fi
y masalalarga ham keng o‘rin 
ajratilgan.
7. “Ravzat al-ulamo va nuzhat al-fuzalo”
(“Olimlar 
bog‘i va fozillar sayri”). Ushbu asar Abu Ali al-Husayn ibn
Yahyo al-Buxoriy az-Zandavistiyning (vafoti 864/1459-y.) ilo-
hiyot, tasavvuf mavzulari bo‘yicha hana
fi
ya mazhabi ruhida
arab tilida yozilgan bo‘lib, u 2 qism, 107 bob va ularning 
fi
h-
ristidan iborat.
Bulardan tashqari keyingi asrlarda Markaziy Osiyoda keng 
tarqalgan Naqshbandiya tariqatining asoslarini bayon qiluvchi 
asarlar ham ko‘plab yozilgan. Ularning asosiylari sifatida tariqat 
asoschisi Bahouddin Naqshbandning (1318–1389) bosh xalifasi, 
tasavvuf ta’limotining XIV asr oxiridagi nazariyotchilaridan biri
Xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik vakili Xoja Muhammad 
Porso nomi bilan mashhur bo‘lgan Muhammad ibn Muhammad 
ibn Mahmud al-Ho
fi
ziy al-Buxoriy (1349–1420) qalamiga man-
sub asarlarni ham keltirib o‘tish maqsadga muvo
fi
qdir.
Xoja Muhammad Porsoning eng katta asarlaridan biri 
“Tahqiqot” bo‘lib, asar tasavvufning nazariy masalalarini ochib 
berishga bag‘ishlangan. Muhammad Porsoning “Risolai qudsi-
ya” asari Xoja Bahouddin Naqshbandning qudsiy kalimalarini 
sharhlashga bag‘ishlangan.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə