Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83
3-мавзу маърузаси

126
MANBAShUNOSLIK
bir nechta asarlari bilan O‘rta Osiyo madrasalar ta’lim 
tizimida muhim rol o‘ynagan. Jumladan, kalom ilmiga oid 
“al-aqoid al-azudiya” va “al-mavoqif 
fi
y ilm al-kalom” asar-
lari darslik bo‘lgan. Mantiqqa oid bahs va munozara yuritish 
qonun-qoidalariga bag‘ishlangan “Odob al-munozara” nomli 
mo‘jaz risolachasi mashhur. Unga Sayyid Sharif Jurjoniy kabi 
bir qancha olimlar sharh bitgan. Bahs va munozara yuritish 
qoidalariga oid soha mantiqdan alohida ajralib chiqib, ilmi 
nazar, ilmi munozara, ilmi odobi bahs, shuningdek, ilmi jadal 
va ilmi xilof nomlari bilan atalib rivoj topgan. Ilmi jadal va 
ilmi xilof islom huquqshunosligining nazariy masalalarini 
tadqiq qiladigan usul al-
fi
qh sohasida yordamchi fan sifatida 
qo‘llanilgan.
XVIII asrdan boshlab O‘rta Osiyo madrasalarining so‘nggi 
bosqichlarida mantiq fanidan “Sullam al-ulum” (“Ilmlar nar-
voni”) asari o‘qitila boshlandi. Uning mualli
fi
Muhibbulloh ibn 
Abdushshukur al-Bahoriy al-Hindiy (vafoti 1707-y.) bo‘lib, u 
Hind diyorida qozilik va sadrlik lavozimlarida faoliyat olib bor-
gan olimdir. Mazkur asarga ham bir qancha sharh va hoshiyalar 
bitilgan. Muhibbulloh al-Bahoriy hana
fi
y mazhabi faqihi sifatida 
usul al-
fi
qhga oid “Musallam as-subut” nomli asar ham bitgan.
O‘rta asrlar va undan keyingi davrlarda Markaziy Osiyoda 
ta’lim dasturlariga kiritilgan mantiq faniga oid asarlar va ularga 
bitilgan sharh-hoshiyalarni o‘rganish mazkur hududda ilm-fan 
rivojini tadqiq va tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan mantiqqa oid asarlardan boshqa yana 
o‘nlab qo‘lyozmalar borki, ular o‘z tadqiqotchilarini kutib yotib-
di. Quyida mazkur sohalarga bag‘ishlangan ayrim asarlarning 
qo‘lyozmalari haqida ma’lumotlar taqdim etiladi.
“Xulosat ul-alfoz jomi’ ul-ulum” (Ilmlarning to‘plami – 
so‘zlarning xulosasi) asari fors tilida yozilgan bo‘lib, uning 
mual li
fi
Abu Abdulloh A’louddin Ali ibn Sa’d ibn Ashraf ibn 
Ali al-Qurayshiy al-Husayniy hisoblanadi.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə