Islom diniga doir manba va adabiyotlar


ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83
3-мавзу маърузаси

127
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
Mazkur asar muallifning ustozi va shayxi Abu Abdulloh 
Jaloluddin Husayn ibn Ahmad al-Buxoriy al-Hasaniyning 
ilmiy suhbatlarida tilga olingan ilmiy gaplarning izohiga 
bag‘ishlangan. Kitob muqaddimasida ushbu suhbatlarda 178 ta 
ilm borasida ma’lumotlar mavjudligi qayd qilingan va ushbu 
ilm larning nomlari birma-bir sanab o‘tilgan. Ular orasida logi-
ka, arab tilshunosligi, bahs-munozara, bola tarbiya si, odob-ax-
loq, madaniyat kabilar bor. Asarda muallif bilan ustozi o‘rtasida 
bo‘lib o‘tgan ibratli voqealar ham tasvirlangan, suhbatlarda
aytilgan hikmatli gaplar keltirilgan.
“Aqsom ul-ulum al-arabiyya” (Arabiy bilimlarning qismlari) 
asari arab tilida yozilgan. Uning mualli
fi
Sayyid Sharif Ali ibn 
Muhammad ibn Ali al-Jurjoniy (1340–1414) Temuriylar davri-
ning eng ko‘zga ko‘ringan allomalaridan bo‘lib, Samarqand 
va Sheroz shaharlarida ilmiy faoliyat olib borgan. U Samar-
qandda Abu Ya’qub Sirojiddin Yusuf as-Sakkokiy al-Xorazmiy 
(1160–1229) qalamiga mansub “Miftoh al-ulum” asariga sharh 
bitgan. Mazkur sharhdan muallifning “Aqsom ul-ulum al-
arabiyya” nomli risolasi ham o‘rin olgan. Ushbu kichik hajmli 
risola arab tilshunosligi, adabiyoti sohasiga aloqador fanlarga 
bag‘ishlangan. Unda fanlar nomlari va qisqacha mavzusi bayon 
etilgan. Unga ko‘ra arab tilshunosligi va adabiyotida 15 ta ilm 
mavjud bo‘lgan. Asarning yozilgan yili noma’lum, u fanlar mo-
hiyati va ilmlar tasni
fi
ga bag‘ishlangan.
Tasavvu
fi
 y asarlar. 
Islomiy manbalarning katta qismini 
tasavvuf ilmiga oid asarlar tashkil etadi. Abu Tolib al-Mak-
kiyning (vafoti 386/996-y.) “Qut al-qulub” (“Qalblar ozig‘i”), 
Abulhasan Ali ibn Usmon ibn Abu Ali al-Julo ibn al-Hujiriy al-
G‘aznaviyning (vafoti 464/1071-y.) “Kashf al-mahjub li-arbob il-
qulub” (“Qalb sohiblari uchun pardani ochish”), Abu Ismoil Ab-
dulloh ibn Abu Mansur Muhammad al-Ansoriyning (396/1005–
481/1090) “Manozil as-soirin ila-l-haq” (“Haqqa yetuvchilarning 
manzillari”), Abunasr Ahmad ibn Abulhasan an-Nomuqiyning 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə